{"id":108022,"date":"2023-09-22T19:41:53","date_gmt":"2023-09-22T16:41:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108022"},"modified":"2023-09-22T19:41:57","modified_gmt":"2023-09-22T16:41:57","slug":"huquqiy-ong","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/huquqiy-ong\/","title":{"rendered":"Huquqiy ong"},"content":{"rendered":"\n<p>Huquqiy ong &#8211; ijtimoiy ong shakli; jamiyat a&#8217;zolarining mavjud huquqiy munosabatlar va huquqni tushunishi, huquq-tartibot haqidagi tasavvurida o&#8217;z aksini topadi. Huquqiy ong nafaqat amaldagi huquq, balki uning tarixi, shuningdek boshqa jamiyatlardagi voqeliklarni bilishni ham o&#8217;z ichiga oladi. Alohida shaxs, guruh va jamiyatning Huquqiy ongi ajratib ko&#8217;rsatiladi. Huquqiy ong huquqiy mafkura va huquqiy psixologiyadan tashkil topgan. Huquqiy mafkura \u2014 har xil huquqiy hodisalar haqidagi nuqtai nazar, tushuncha, g&#8217;oya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan tizimidan iborat. Huquqiy ongning huquqiy mafkura qismida aksini topgan huquqiy hodisalar huquqqa bag&#8217;ishlangan maxsus nazariy izlanishlarda o&#8217;z rivojini topib, ilmiy darajada anglab yetiladi. Bunday ilmiy asarlarning mazmuni odamlar ma&#8217;naviy mulkiga aylanib, ularning ongiga aniq huquqiy bilimlarni, mulohazalarni, e&#8217;tiqod va kayfiyatni olib kiradi. Huquqiy mafkura \u2014 shaxsning Huquqiy ongini ilmiy asosda shakllantira borib, huquqqa, odamning huquqqa bo&#8217;lgan munosabatiga hal qiluvchi ta&#8217;sir qiladi. Huquqiy psixologiya \u2014 huquqiy hodisalarni hissiyot bilan anglashdir. Odam ijtimoiy hodisalarni, jumladan, huquqiy munosabatlarni nafaqat aql bilan, balki sezgi bilan ham tushunib etadi. Huquqiy ong darajasi jamiyat a&#8217;zolarining huquqiy ma&#8217;lumotlariga ham bog&#8217;liqdir. Shunga ko&#8217;ra, fuqarolarning huquqiy madaniyat darajasini ko&#8217;tarishga ko&#8217;mak beradigan huquqiy axborot tizimini tashkil qilishning ahamiyati katta. Huquqiy madaniyatning darajasiga qarab, Huquqiy ong 3 turga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy. Oddiy Huquqiy ong, odatda, o&#8217;z-o&#8217;zidan vujudga keladi va odamning shaxsiy tajribasi, huquqiy hodisalar bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan hayotiy vaziyatlar haqidagi tushunchasi bilan belgilanadi. Bunga odamning ishga joylashuvidagi yoki oliy o&#8217;quv yurtiga kirish qoidalari yo bo&#8217;lmasa yo&#8217;l qoidasini buzganligi uchun javobgarligi haqidagi bilimlar misol bo&#8217;la oladi. Huquqiy ong borliq haqidagi oddiy tushunchalar chegarasida qolib ketmaydi, doimo rivojlana borib, nazariy, ilmiy tushunchaga aylanadi. Ilmiy Huquqiy ong ijtimoiy huquqiy haqiqatni u yo bu darajada to&#8217;g&#8217;ri aks ettiruvchi bilimlar tizimini o&#8217;z ichiga oladi. Kasbiy Huquqiy ong esa yuridik oliy o&#8217;quv yurtlarida o&#8217;qish natijasida shakllanadi, so&#8217;ngra, huquqiy amaliyot jarayonida sayqallanadi. Huquqiy fanlar vakillari, huquqshunos amaliyotchilar uning sub&#8217;yektlari hisoblanadi. Huquqiy ong jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sharoitlari, uning madaniy-huquqiy, demokratik yoki avtoritar an&#8217;analari bilan belgilanadi. Nurali Javliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Huquqiy ong &#8211; ijtimoiy ong shakli; jamiyat a&#8217;zolarining mavjud huquqiy munosabatlar va huquqni tushunishi, huquq-tartibot haqidagi tasavvurida o&#8217;z aksini topadi. Huquqiy ong nafaqat amaldagi huquq, balki uning tarixi, shuningdek boshqa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/huquqiy-ong\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108022","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108022","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108022"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108022\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108026,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108022\/revisions\/108026"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108022"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108022"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108022"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}