{"id":108037,"date":"2023-09-23T11:51:48","date_gmt":"2023-09-23T08:51:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108037"},"modified":"2023-09-23T11:51:51","modified_gmt":"2023-09-23T08:51:51","slug":"huquq-normasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/huquq-normasi\/","title":{"rendered":"Huquq normasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Huquq normasi &#8211; davlat tomonidan belgilanadigan, muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy yurish-turish qoidasi. Huquq normasi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, huquq manbaining boshqa turlari shaklida namoyon bo&#8217;ladi. Huquq tarmoqlariga bog&#8217;liq holda ma&#8217;muriy-huquqiy, jinoiy-huquqiy huquq normalari, mehnat, ekologiya, xalqaro, konstitusiyaviy, xo&#8217;jalik va huquqning boshqa tarmoqlariga oid huquq normalari farqlanadi. Amal qilish vaqtiga ko&#8217;ra, doimiy (rasmiy bekor qilingunga qadar amal qiladigan) va vaqtinchalik (faqat muayyan vaqt oralig&#8217;ida amalda bo&#8217;luvchi) Huquq normasi bo&#8217;ladi. Huquq normasi amal qilish hududiga qarab, umumiy va mahalliy normalarga bo&#8217;linadi, bunda birinchisi butun mamlakat hududida amal qilsa, ikkinchisiga kiradigan normalar ma&#8217;lum hududlarda amal qilishi mumkin. Huquq normasi sub&#8217;yektlariga qarab, umumiy va maxsus normalarga ajraladi, bunda birinchisi hamma huquq sub&#8217;yektlari uchun, ikkinchisi esa, aholining muayyan guruhi yoki aniq belgilangan doiradagi sub&#8217;yektlar (pensionerlar, nogironlar, ichki ishlar xodimlari va shu kabilar) uchun taalluqli bo&#8217;ladi. Bulardan tashqari, Huquq normasini boshqa qator mezonlar asosida tasniflashlar ham mavjud. Huquq normasi o&#8217;z ichki tuzilishiga ega bo&#8217;lib, 3 qismdan iboratdir: gipoteza, dispozisiya, sanktsiya. Gipotezada Huquq normasida belgilanadigan qoida qanday sharoitda va holatda kim tomonidan amalga oshirilishi ko&#8217;rsatiladi. Dispozisiyada gipotezada ko&#8217;rsatilgan hollardagi munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari ifodalanadi. Sanktsiya dispozisiyada ko&#8217;rsatilgan qoidani buzgan shaxsga nisbatan davlat organi qo&#8217;llashi mumkin bo&#8217;lgan ta&#8217;sir chorasini belgilaydi. Konstitutsiyaviy normalar 3 qismdan emas, asosan gipoteza va dispozisiyadan iborat bo&#8217;ladi. Jinoiy va ma&#8217;muriy javobgarlikni ko&#8217;zda tutuvchi normalar esa \u2014 asosan dispozisiya va sanktsiyadan iborat bo&#8217;ladi (masalan, Jinoyat va ma&#8217;muriy javobgarlik to&#8217;g&#8217;risidagi kodekslarning maxsus qismi normalari). Mahmud Najimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Huquq normasi &#8211; davlat tomonidan belgilanadigan, muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy yurish-turish qoidasi. Huquq normasi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, huquq manbaining boshqa turlari shaklida namoyon bo&#8217;ladi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/huquq-normasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108037","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108037","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108037"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108037\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108046,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108037\/revisions\/108046"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108037"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108037"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108037"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}