{"id":10804,"date":"2021-11-17T14:10:34","date_gmt":"2021-11-17T11:10:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10804"},"modified":"2025-10-30T09:25:17","modified_gmt":"2025-10-30T06:25:17","slug":"asiruddin-axsikatiy-kim-bolgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asiruddin-axsikatiy-kim-bolgan\/","title":{"rendered":"ASIRUDDIN AXSIKATIY kim bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>ASIRUDDIN AXSIKATIY (to&#8217;liq ismi Abulfazl Muhammad Tohir Asiruddin Axsikatiy) (1108-1110, Axsikat shahri \u2013 1196\/1198, Janubiy Ozarbayjon Xalxol shahri) \u2014 shoir. Boshlang&#8217;ich ma&#8217;lumotni Axsikatda olgach, Balx, Hirot, Marvga borib, riyoziyot, tabobat, kimyo, nujum, falsafa va boshqa fanlarni o&#8217;rganadi. Ko&#8217;chmanchi o&#8217;g&#8217;uz qabilalarining 1156 yilgi qo&#8217;zg&#8217;olonidan keyin Sulton Sanjar saltanati inqirozga uchragach, Asiruddin Axsikatiy Xurosondan Ajam Iroqi (G&#8217;arbiy Eron) ga keladi. U yerda Arslon ibn Tug&#8217;ral (1160 \u2014 79) va Qizil Arslon (1185 \u2014 91) saroyida xizmat qildi. Qizil Arslon davrida Malik ush-shuaro unvoniga musharraf bo&#8217;ldi. Lekin ko&#8217;p o&#8217;tmay, tuhmatga uchrab saroydan haydaladi. Asiruddin Axsikatiy ijodiy merosi 120 qasida, 220 g&#8217;azal, 80 qit&#8217;a, 80 ruboiy, 4 tarkibband va tarje&#8217;band, 24 qit&#8217;adan iborat. 1313 yilda xaggot Abdulmo&#8217;min tarafidan ko&#8217;chirilgan devoni 13300 misradan tashkil topgan. G&#8217;azallarida muhabbat, tabiat go&#8217;zalliklari, Vatanni qo&#8217;msash, shohlarni insof-adolatga chaqirish g&#8217;oyasi asosiy o&#8217;rinni egallaydi. Ba&#8217;zi asarlarida zamona nosozligi, ayrim amaldorlarning ta&#8217;magirligidan shikoyat qilgan. Devoni Tehronda nashr etilgan (1958), qo&#8217;lyozmasi hoz. Londondagi &#8220;India offis&#8221; kutubxonasida saqlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASIRUDDIN AXSIKATIY (to&#8217;liq ismi Abulfazl Muhammad Tohir Asiruddin Axsikatiy) (1108-1110, Axsikat shahri \u2013 1196\/1198, Janubiy Ozarbayjon Xalxol shahri) \u2014 shoir. Boshlang&#8217;ich ma&#8217;lumotni Axsikatda olgach, Balx, Hirot, Marvga borib, riyoziyot, tabobat, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asiruddin-axsikatiy-kim-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10804","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10804","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10804"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10804\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163064,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10804\/revisions\/163064"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10804"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10804"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10804"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}