{"id":108076,"date":"2023-09-23T11:57:36","date_gmt":"2023-09-23T08:57:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108076"},"modified":"2023-09-23T11:57:39","modified_gmt":"2023-09-23T08:57:39","slug":"hujayra-nazariyasi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hujayra-nazariyasi-2\/","title":{"rendered":"Hujayra nazariyasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Hujayra nazariyasi &#8211; barcha organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi va kelib chiqishidagi umumiylikni ko&#8217;rsatuvchi yirik biologik nazariyalardan biri. Hujayra nazariyasiga binoan hujayra bakteriyalar, zamburug&#8217;lar, o&#8217;simliklar va hayvonlarning eng kichik tuzilish birligi. Hujayra nazariyasi tiriklik olamining birligi va uning tarixiy rivojlanishi haqidagi evolyutsion tasavvurni tasdiqlaydi. Hujayra nazariyasi Ch.Darvinning evolyusion ta&#8217;limoti va energiyaning o&#8217;zgarishi qonuni bilan bir qatorda 19-asrda tabiatshunoslik sohasida qilingan 3 buyuk kashfiyotdan biridir. Hujayralarning kashf etilishi va hujayra nazariyasining yaratilishi tarixan bir davrga to&#8217;g&#8217;ri kelmaydi. O&#8217;simlik hujayrasi tuzilishini dastlab tirik o&#8217;simlik poyasi va po&#8217;kaklardan tayyorlangan kesmada ingliz olimi Robert Guk o&#8217;zi yasagan mikroskop orqali kuzatgan va tadqiqot xulosalarini &#8220;Mikrografiya&#8221; nomli asarida bayon etgan (1665). Ingliz botanigi N.Gryu hujayra qobig&#8217;i xuddi mato (gazlama)ga o&#8217;xshash tolalardan tashkil topganligini taxmin qilgan. 18-asr falsafiy g&#8217;oyalar ta&#8217;sirida fanda tirik tabiatning birligi haqidagi fikrlar paydo bo&#8217;la boshladi. K.Volf o&#8217;simlik va hayvonlarning tuzilishidagi qandaydir umumiylikni aniqlashga harakat qildi. Uning &#8220;hujayra&#8221;, &#8220;donachalar&#8221; va &#8220;Pufakchalar&#8221; kabi tushunchalari, shuningdek, nemis olimi L.Okenning organizmlar &#8220;pufakchalar&#8221; yoki &#8220;infuzoriyalar&#8221; dan tashkil topgan, degan fikrlari fanda hujayra nazariyasi to&#8217;g&#8217;risidagi dastlabki tushunchalar bo&#8217;lgan. 19-asr boshlarida o&#8217;simliklarni mikroskop yordamida o&#8217;rganish borasida erishilgan yutuqlar tufayli hujayra \u2014 o&#8217;simlik moddalari umumiy massasining bo&#8217;shliq qismi emas, balki o&#8217;z qobig&#8217;iga ega bo&#8217;lgan va bir-biridan ajralib turadigan strukturaviy tuzilma ekanligi aniqlandi. 19-asrning 30-yillari oxirida o&#8217;simliklarning deyarli barcha organlari hujayraviy tuzilishga ega ekanligi aniqlandi va nemis olimi F.Meyenning &#8220;Botanika&#8221; (1830) kitobida hujayra o&#8217;simlik to&#8217;qimalarining umumiy tuzilish birligi sifatida e&#8217;tirof etildi. Lekin shundan keyin ham hujayra bu bir bo&#8217;shliq, asosiy qismini qobiq tashkil qiladi; uning ichidagi narsalar esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi to&#8217;g&#8217;risidagi tushuncha uzoq vaqt saqlanib qoldi. O&#8217;simlik hujayrasi yadrosi ingliz olimi R.Braun tomonidan kashf etilgan (1831), ammo nemis olimi M.Shleyden yadroni hujayrani hosil qiluvchi, ya&#8217;ni tsitoblast deb hisoblagan. Shleyden ta&#8217;biricha donador substantsiyadan yadrocha hosil bo&#8217;lib, uning atrofida esa hujayra vujudga keladi; keyinchalik hujayraning hosil bo&#8217;lishi jarayonida yadro yo&#8217;q bo&#8217;lib ketadi. 19-asrning 2-choragi boshlarida Chex olimi Ya.Purkine maktabining tadqiqotlari hayvon organizmi to&#8217;qimalarining mikroskopik tuzilishi bo&#8217;yicha juda ko&#8217;p ma&#8217;lumotlar berdi. Lekin Ya.Purkine o&#8217;zining &#8220;donachalar nazariyasi&#8221;da &#8220;donachalar&#8221; (u hujayrani shunday deb atagan edi), yadro va boshqa qismlardan tashkil topganligini yozadi. Hujayra nazariyasini rasmiylashtirishda T.Shvann (1839) xizmatlari juda katta. U o&#8217;zi olgan ma&#8217;lumotlar, Shleyden va Ya. Purkine maktabi va boshqa olimlarning tadqiqotlariga asoslanib, hujayra nazariyasini yaratdi; o&#8217;simlik va hayvon to&#8217;qimalari tuzilishini taqqoslab ular uchun umumiy hisoblangan hujayraviy tuzilish tamoyillarini ko&#8217;rsatib berdi. Ammo Shvann ham xuddi Shleyden singari hujayraning asosiy qismi uning po&#8217;sti va hujayra strukturasiz shiradan hosil bo&#8217;ladi, deb hisoblagan. Hujayra nazariyasining bundan keyingi rivojlanishi protoplazma va hujayra bo&#8217;linishining kashf etilishi bilan bog&#8217;liq. Nemis olimi R.Virxov (1958) &#8220;hujayra patologiyasi&#8221; asarida hujayra nazariyasini patologik hodisalarga tatbiq etib, yadro hujayrada yetakchi ahamiyatga ega ekanligiga e&#8217;tibor qaratdi va hujayraning bo&#8217;linish yo&#8217;li bilan ko&#8217;payish tamoyilini (har bir hujayra hujayradan hosil bo&#8217;ladi) asoslab berdi. 19-asrning 70-80- yillarida barcha hujayraviy tuzilishga ega bo&#8217;lgan organizmlar uchun universal hisoblangan hujayraning bo&#8217;linish usuli. ya&#8217;ni mitoz, asr oxirida esa hujayra organoidlari kashf etiladi; hujayra protoplazmaning oddiy yig&#8217;indisi emasligi tan olinadi. Hujayraviy tuzilish haqidagi tushunchalar rivojlanishining dastlabki davrlaridanoq hujayra bilan organizmning bir butunligi haqidagi muammo paydo bo&#8217;lgan. Bu muammoning yechimi 2 yo&#8217;nalishda rivojlandi. mexanistik tushunchalarga ko&#8217;ra individning hayot faoliyati o&#8217;z vazifasini bajaruvchi hujayralar yig&#8217;indisidan iborat. Vitalistik kontsepsiya nuqtai nazaridan esa organizmning maqsadga muvofiq yashashi sifat jihatidan o&#8217;zgacha (&#8220;yaxlitlik qismlarning yig&#8217;indisiga teng emas&#8221;) va &#8220;hayotiy kuch&#8221; ga bog&#8217;liq deb tushuntirilgan. Hujayraning mitotik bo&#8217;linishini, hujayra organoidlarining kashf etilishi, keyinchalik esa biokimyo va molekulyar biologiyaning rivojlanishi tufayli hujayraning strukturasi va funktsiyasi tirik tabiat ierarxiyasida hujayraviy pog&#8217;onaning mavjudligi haqidagi tushunchalarning shakllanishiga olib keldi. Zamonaviy Hujayra nazariyasi ko&#8217;p hujayrali organizmlarni muayyan vazifani bajaradigan va bir-biriga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatib turadigan hujayralardan tashkil topgan murakkab, integratsiyalashgan sistema sifatida e&#8217;tirof etadi. Organizm qancha murakkab tuzilgan bo&#8217;lsa, uning bir butunligi shuncha aniq namoyon bo&#8217;ladi. Hujayraning asosiy strukturaviy elementlari shakllangan yadroga ega bo&#8217;lgan eukariot organizmlar hamda yadrosiz prokariotlar uchun ham tegishli. Mustaqil hayot kechirishga moslashmagan hujayra parazitlari hisoblangan viruslarning mavjudligi tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishi universal ekanligini ko&#8217;rsatadi. Tirik organizmlar hujayraviy tuzilishining mushtarakligi hujayralarning kimyoviy tarkibi va metabolitik jarayonlarning o&#8217;xshashligi bilan ham tasdiqlanadi. Nuklein kislotalar va oqsillar kabi muhim hayotiy komponentlar, ularning hosil bo&#8217;lishi va almashinib turishi barcha tirik organizmlar hujayralari uchun universal xarakterga ega. Keyingi 150 yildan ortiqroq davr mobaynida hujayrani o&#8217;rganish yanada chuqurlashib bordi. Hujayradagi barcha asosiy organoidlarning ma&#8217;lum vazifani bajarishga moslashganligi aniqlandi; elektron mikroskop yordamida hujayraning yanada nozikroq bo&#8217;lgan ultrastrukturalari o&#8217;rganildi; ularning molekulyar tuzilishi ochib berildi. Abdukarim Zikiryoyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hujayra nazariyasi &#8211; barcha organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi va kelib chiqishidagi umumiylikni ko&#8217;rsatuvchi yirik biologik nazariyalardan biri. Hujayra nazariyasiga binoan hujayra bakteriyalar, zamburug&#8217;lar, o&#8217;simliklar va hayvonlarning eng kichik tuzilish birligi. Hujayra &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hujayra-nazariyasi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108076","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108076","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108076"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108076\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108082,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108076\/revisions\/108082"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108076"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108076"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108076"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}