{"id":108089,"date":"2023-09-23T18:16:37","date_gmt":"2023-09-23T15:16:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108089"},"modified":"2023-09-23T18:16:40","modified_gmt":"2023-09-23T15:16:40","slug":"huqna-klizma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/huqna-klizma\/","title":{"rendered":"Huqna, klizma"},"content":{"rendered":"\n<p>Huqna, klizma \u2014 to&#8217;g&#8217;ri ichakka yuborishdan maxsus asbob yordamida suyuqlik (ko&#8217;pincha suv) yuborishdan iborat tibbiy muolaja. Tozalovchi Huqna (ichakdagi narsalarni chiqarib tashlash uchun qo&#8217;llanadi), dori Huqna va oziq Huqna farq qiladi. Huqna faqat vrach ko&#8217;rsatmasiga muvofiq qilinadi, chunki ba&#8217;zi hollarda (appenditsit, ichak buralib qolishi va hokazolar) u og&#8217;ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Huqna uchun maxsus noksimon rezina ballon (ba&#8217;zan maxsus qattiq uchlikli qisqichi yoki jo&#8217;mragi hamda uchligi bor rezina naychali voronka) qo&#8217;llanadi, shuningdek, Esmarx krujkasidan foydalaniladi, unga suyuqlik bir me&#8217;yorda borishi uchun jo&#8217;mrakcha, biriktirish naychasiga esa uchlik o&#8217;rnatilgan. Tozalovchi Huqna qabziyatda, oziq-ovqatdan zaharlanganda, me&#8217;da-ichak yo&#8217;lini va kichik chanoq a&#8217;zolarini rentgenologik tekshirishdan, operatsiyadan, tug&#8217;ishdan, dori va oziq Huqnadan oldin qo&#8217;llanadi. Ba&#8217;zi bir davo Huqnasi ayni vaqtda tozalovchi Huqna funktsiyasini ham o&#8217;taydi (masalan, moychechakli, gipertonik, yog&#8217;li va boshqalar). Huqnaning ta&#8217;siri suyuqlik miqdoriga, uning tezlik bilan bosim ostida yuborilishiga bog&#8217;liq. Katta yoshdagilar uchun o&#8217;rtacha 1 litrga yaqin toza iliq suv kerak bo&#8217;ladi. Suv yuborib qilinadigan tozalovchi Huqna qabziyatda ichak shil-liq pardasini ta&#8217;sirlab, ichakning to&#8217;lqinsimon harakati (peristaltikasi)ni kuchaytiradi, natijada bemorning ichi keladi. Agar bemorning qimirlashi mumkin bo&#8217;lmasa uni chalqancha yotqizib Huqna qilinadi, bemorning ostiga tuvak qo&#8217;yiladi. Qorip muskullari haddan tashqari tarang bo&#8217;lsa, Huqna qilinayotganda bemor tizza va tirsaklariga tayanib turishi kerak. Huqna qilishdan oldin uchlikka vazelin yoki gliserin surtiladi. bemorni kleyonka solingan o&#8217;rin chetiga chap yonboshi bilan yotqiziladi. Chap qo&#8217;lning birinchi va ikkinchi barmoqlari yordamida dumba kerilib, o&#8217;ng qo&#8217;l yordamida uchlik aylanma harakat bilan to&#8217;g&#8217;ri ichakka 10\u2014 12 santimetr kirgiziladi. Huqnadan so&#8217;ng mumkin qadar 5-10 minut hojatga chiqmay turgan ma&#8217;qul. Yog&#8217;li Huqna uchun o&#8217;simlik moyini 200 ml (bolalarga 30 \u2014 50 ml) hajmida kechqurun yuboriladi. Bunda noksimon rezina ballon ishlatiladi. Dori Huqna dori moddalarining ichak shilliq pardasiga ta&#8217;sir etishi va dorining organizmga ichak orqali so&#8217;rilishi maqsadida qo&#8217;llanadi. Dori moddalari 10 ml va undan oz miqdorda yuborilganda yaxshi so&#8217;riladi. Dori Huqna qilishdan oldin albatta tozalovchi Huqna o&#8217;tkazish kerak. Oziq Huqna \u2014 sun&#8217;iy ovqatlantirishning bir turi. U organizmning suyuqlikka, osh tuziga va oz miqdorda bo&#8217;lsa-da, oziq moddalarga bo&#8217;lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qo&#8217;llanadi. Oziq Huqna uchun osh tuzining fiziologik (izotonik) eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi va aminokislotalar eritmalaridan foydalaniladi. Bunday Huqna tozalovchi Huqnadan keyin qilinadi. Oziq Huqna faqat vrach ko&#8217;rsatmasiga binoan davolash muassasalarida qo&#8217;llanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Huqna, klizma \u2014 to&#8217;g&#8217;ri ichakka yuborishdan maxsus asbob yordamida suyuqlik (ko&#8217;pincha suv) yuborishdan iborat tibbiy muolaja. Tozalovchi Huqna (ichakdagi narsalarni chiqarib tashlash uchun qo&#8217;llanadi), dori Huqna va oziq Huqna farq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/huqna-klizma\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108089","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108089","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108089"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108089\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108095,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108089\/revisions\/108095"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108089"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108089"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108089"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}