{"id":108090,"date":"2023-09-23T18:16:40","date_gmt":"2023-09-23T15:16:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108090"},"modified":"2023-09-23T18:16:43","modified_gmt":"2023-09-23T15:16:43","slug":"husnbuzar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/husnbuzar\/","title":{"rendered":"Husnbuzar"},"content":{"rendered":"\n<p>Husnbuzar \u2014 yog&#8217; bezlari faoliyatining buzilishi natijasida teriga turli xil toshmalar toshishi. Bir necha xil Husnbuzar bor. Oddiy Husnbuzar (yigit guli) ko&#8217;pincha yigit-qizlar balog&#8217;atga yetish davrida yuz, ko&#8217;krak va ensa terisida paydo bo&#8217;ladi. Bu davrda yog&#8217; bezlari zo&#8217;r berib ishlaydi. Yuz, ko&#8217;krak va yelkalarda yog&#8217;li seboreya alomatlari kuzatilib, teri yaltirab turadi, undagi mayda teshiklar kengayib, ko&#8217;zga tashlanadigan bo&#8217;lib qoladi, ba&#8217;zi yerlarda teri apelsin po&#8217;stiga o&#8217;xshab ko&#8217;rinadi. Shu teshiklarga va soch xaltachalariga yog&#8217;yig&#8217;ilib qolishi natijasida qora nuqtalar paydo bo&#8217;ladi, ular sitilsa, yig&#8217;ilib qolgan yog&#8217;chuvalchangga o&#8217;xshab buralib chiqadi. Agar shu yog&#8217;ga yiring paydo qiluvchi mikroblar tushsa, yallig&#8217;lanish jarayoni rivojlanadi. Teri qizarib shishadi va sizlog&#8217;ich paydo bo&#8217;lib, kattalashadi, og&#8217;riydi, o&#8217;rtasidan soch chiqib turadi, madda boylaydi, keyinchalik u yorilib, ichidan yiring chiqadi. Bora-bora o&#8217;rnida qoramtir dog&#8217;qoldirib, yo&#8217;qolib ketadi. Ba&#8217;zan terining chuqur qavatida yog&#8217; yig&#8217;ilib, shish paydo bo&#8217;ladi va yiring boylaydi, keyinchalik pishib yoriladi, oxiri chandiq hosil qilib, bitib ketadi. Erkaklarda ko&#8217;pincha yig&#8217;ilgan Husnbuzar uchraydi va uzoq vaqt turadi, yallig&#8217;lanish alomatlari uncha kuchli bo&#8217;lmaydi. U bir yerda bitib, boshqa yerdan chiqaveradi; 30-35 yoshda ancha kamayadi. Yog&#8217;bezidan ko&#8217;plab ajralib chiqayotgan yog&#8217;teri yuzasiga chiqib ketolmay, bezning biron yerida yig&#8217;ilib qoladi. Shu bez yaqinidagi teri muguz qavatining hujayralari ham qo&#8217;shilib, yog&#8217;bezi yo&#8217;lini butunlay berkitib qo&#8217;yadi va moshdek, ba&#8217;zan esa undan kattaroq oq tuguncha hosil qiladi, bu oq Husnbuzar deb ataladi. Oq Husnbuzar, odatda, yallig&#8217;lanmaydi, kishiga azob bermaydi, faqat yuz husnini buzadi; u ko&#8217;pincha peshanada uchraydi. Neft mahsulotlari va yonilg&#8217;ilar bilan ishlovchi ishchilar tirsagida, ba&#8217;zan terining boshqa ochiq joyida yog&#8217;bezlarining kovaklari ochiladigan teshiklarga neft, yonilg&#8217;i, ko&#8217;mir changlari yig&#8217;ilib, yog&#8217;bezlari yo&#8217;lini bekitib qo&#8217;yadi va Husnbuzar paydo qiladi. Bu kasbga aloqador Husnbuzar dir. Nerv sistemasi, ichki sekresiya bezlari faoliyatining buzilishi, sil, me&#8217;da-ichak kasalliklari tufayli ham Husnbuzar toshishi mumkin. Odatda Husnbuzar qishda sovuqda ko&#8217;p toshadi; bunga sovuqda yog&#8217;qotib qolib, yog&#8217;bezlari kovaklaridan ravon chiqib ketolmasligi sabab bo&#8217;lishi mumkin. Ba&#8217;zan Husnbuzar toshishiga qazi, sur go&#8217;sht, tuzlangan baliq, ikra, shokolad yeyish, shuningdek, qabziyat sabab bo&#8217;ladi. Husnbuzar toshishiga moyil kishilar mumkin qadar shu taomlardan parhez qilishlari zarur. Vrach maslahati bilan quyosh nurida toblanish, dengizda cho&#8217;milish, sport bilan shug&#8217;ullanish, ochiq havoda sayr qilish, organizmni chiniqtirish Husnbuzar toshishining oldini oladi. Terini to&#8217;g&#8217;ri parvarish qilish ham muhim ahamiyatga ega. Yallig&#8217;langan toshmalardagi qora nuqtalarni sitish yaramaydi, aks holda dard ulg&#8217;ayib ketadi. Vrach ruxsatisiz har xil kremlar surtmaslik kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Husnbuzar \u2014 yog&#8217; bezlari faoliyatining buzilishi natijasida teriga turli xil toshmalar toshishi. Bir necha xil Husnbuzar bor. Oddiy Husnbuzar (yigit guli) ko&#8217;pincha yigit-qizlar balog&#8217;atga yetish davrida yuz, ko&#8217;krak va ensa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/husnbuzar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108090","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108090","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108090"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108090\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108096,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108090\/revisions\/108096"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108090"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108090"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108090"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}