{"id":108092,"date":"2023-09-23T18:16:44","date_gmt":"2023-09-23T15:16:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108092"},"modified":"2023-09-23T18:16:49","modified_gmt":"2023-09-23T15:16:49","slug":"hunlar-hunnular","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hunlar-hunnular\/","title":{"rendered":"Hunlar, hunnular"},"content":{"rendered":"\n<p>Hunlar, hunnular \u2014 qadimda Markaziy Osiyoda shakllangan ko&#8217;chmanchi xalq. Hunlar bundan 4 ming yil muqaddam mavjud bo&#8217;lgandilar tarkibiga kirgan. Xitoy manbalarida Hunlar turli davrlarda 32 xil nomda (Kvey, kuy, kuyfan, kuyrung, Xunyi, hu, Shyu-Nyun, syunnu va boshqalar) keltirilgan. Ba&#8217;zan ular beydi (shimoliy turk) deb ham atalgan. Olimlar o&#8217;rtasida Hunlar etnonimi kun (quyosh) so&#8217;zidan kelib chiqqan, degan fikr mavjud. Yaponiya olimlarining fikricha, &#8220;shyunnu&#8221; \u2014 &#8220;kun&#8221; so&#8217;zining xitoycha transkripsiyasi bo&#8217;lib, u Tangri farzandi, kunga (quyoshga) topingan odam, xalq kabi ma&#8217;nolarga ega bo&#8217;lgan. Ammo xitoylar shyunnu atamasini yozishda &#8220;dahshatli qul&#8221; ma&#8217;nosini anglatadigan 2 ieroglifni qo&#8217;llashgan. Xitoy manbalarida Hun xoqonligi ham Shyunnu deb nomlanadi. Hunlar Syalar (qadimgi xitoylar) ning shimoldagi g&#8217;arbiy qo&#8217;shnilari bo&#8217;lib, miloddan avvalgi 2-1-ming yillikda hozirgi Xesi yo&#8217;lagi, Ordos yaylovlarida yashaganlar. Miloddan avvalgi 3-asr oxirida Hunlar Modexoqon boshchiligida dunxu, yuechji, gyangun (qirg&#8217;iz), usunlarni tor-mor qilib Xitoyga bostirib kirganlar va imperator Lyu Banni o&#8217;lpon to&#8217;lashga majbur qilganlar. Miloddan avvalgi 1-asrda Hunlar orasida o&#8217;zaro nizolar kelib chiqqan, natijada tobe ettirilgan barcha qabilalar ulardan ajrab chiqqan va Xuxane Tangriqut Xitoyga nomiga vassal bo&#8217;lib qolgan (miloddan avvalgi 51 yil). Milodiy 1-asr boshida Xitoyning zaiflashuvi Hunlarga mustaqillikni qaytarib olish imkonini bergan, ammo 48 yil sakkizta hun urug&#8217;lari qaytadan Xitoyga tobe bo&#8217;lib qolgan; Janubiy Hunlar ulardan tarqalgan. Shimoliy Hunlar 87-93 yillarda xitoylar, Syanbilar va dinlinlar Ittifoqidan mag&#8217;lubiyatga uchraganlar, lekin 93 yildan keyin ham ularning bir qismi Mo&#8217;g&#8217;uliston cho&#8217;llarida ko&#8217;chmanchilik qilib yurishgan. Shimoliy Hunlarning boshqa qismi G&#8217;arbga chekinib, mahalliy xalqlar bilan chatishib Yevropada gunnlar nomini olgan yangi xalqqa asos solgan. Shimoliy Hunlarning yana bir qismi Yueban (Yaypan) nomi bilan Yettisuv va Tarbag&#8217;atayda o&#8217;troqlashgan. Ularning davlati 5-asr oxirida tele qabilalari tomonidan vayron etilgan. O&#8217;rta Osiyo Hunlarining qoldiqlari \u2014 Chuyue, chumi, chumugun va chubanlar 6-asrda G&#8217;arbiy turk xoqonligi turkiylariga tobe bo&#8217;lishgan. Chuyue va chumilarning tarmog&#8217;i \u2014 Shato qabilasining tarixiy taqdiri alohida kechgan. Milodiy 3-asr boshida saflarini o&#8217;z qabiladoshlari bilan to&#8217;ldirgan Janubiy Hunlar 304 yil qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tarib Lyu-Xan imperiyasiga (304\u2014 318) asos solganlar; bu davlat katta Chjao va kichik Chjaoga parchalanib ketgan. Kichik Chjao 329 yil Katta Chjaoni tobe etib, butun shimoliy Xitoyni o&#8217;ziga bo&#8217;ysundirgan, biroq yoshligida Hunlar xoqoni tomonidan o&#8217;g&#8217;il qilib olingan xitoylik Jan Min hokimiyatni egallab olib, Kichik Chjao saltanatidagi barcha Hunlarni qatliom etishga buyruq bergan. Faqat Ordos va Nanshan tog&#8217;yon bag&#8217;irlarida (hozirgi Gansu viloyati) yashayotgan Hunlar omon qolishgan. Ordoslik hun Xelyan bobo Sya podsholigiga asos solgan (401-431), nanshanlik qabila sardori men Sun \u2014 Bey Lyan xonligini tuzgan (397-439). Bu har ikki davlat Tabg&#8217;ach (toba) xalqi tomonidan tugatilgan. Hunlarning qoldiqlari Turfonga chekinib, u yerda 460 yilgacha, ya&#8217;ni jujanlar tomonidan tor-mor etilmagunlarigacha yashaganlar. Hunlar yevropeoid irqqa mansub bo&#8217;lib, tarixchilar orasida Hunlarning tili mo&#8217;g&#8217;ul tili guruhiga kiradi degan fikr ham mavjud. Xitoy manbalaridagi ma&#8217;lumotlar bunday fikrning noto&#8217;g\u2019riligini ko&#8217;rsatadi. Hunlar teriga xat yozib kitob qilishgan. Hunlarning urf-odatlariga ko&#8217;ra, bir urug&#8217; doirasida qiz olish va qiz berish qat&#8217;iyan man etilgan. Uzatilgan qiz kelin qilgan urug&#8217;ning a&#8217;zosi hisoblanishi bilan birga, u merosxo&#8217;rlik huquqiga ham ega bo&#8217;lgan. Shuning uchun mabodo kelin beva qolsa, u qaynota va qaynona urug&#8217;i doirasidan chiqib, boshqa uruqqa kelin bo&#8217;la olmagan. Meros bo&#8217;lib qolgan mulkni urug&#8217; doirasida saqlab qolish maqsadida bunday bevalar marhum erning aka-ukalariga xotin bo&#8217;lishi odatga kirgan. Odatda ular o&#8217;zaro va o&#8217;zgalar bilan bo&#8217;lgan kelishuvlarni og&#8217;zaki bitim qilishgan va berilgan va&#8217;daga xiyonat qilishmagan. O&#8217;likni sarqofaga solib tepalikka dafn etishgan. Qasddan odam o&#8217;ldirganlarga o&#8217;lim jazosi berishgan, mayda o&#8217;g&#8217;irlik qilganlarni qo&#8217;lini kesishgan, katta o&#8217;g&#8217;irlik qilganlarni o&#8217;limga mahkum etishgan. Qamoq jazosi 10 kundan ortmagan. Hunlar tangrichilikka e&#8217;tiqod qilganlar, Tangrini Xudo deb bilganlar. Va&#8217;daga vafo qilishmaganlar Tangrining qahriga uchraydi deb bilishgan. Tangrining ne&#8217;mati sifatida quyosh va oyga sajda qilganlar. Hunlar qo&#8217;shiq aytish va o&#8217;yinga tushishni yaxshi ko&#8217;rishgan. Cholg&#8217;u asboblari ichida nay, surnay, qubus, pipa (gitaraga o&#8217;xshagan), chang kabilar bo&#8217;lgan. Rassomchilik va haykaltaroshlik san&#8217;ati ham Hunlarda yaxshi rivojlangan. Nefrit, oltin, temir va misdan hayvonlarning haykallarini hamda turli idish-tovoqlar yasash san&#8217;ati keng rivojlangan. Egar-jabduq yasash va ularga naqsh berish san&#8217;ati yuksak darajada bo&#8217;lgan. Po&#8217;latdan yasalgan qilich va xanjarlar Xitoyga eltib sotilgan. Hunlar hayotida chorvachilik bilan birga dehqonchilik, hunarmandchilik va savdogarlik muhim o&#8217;rin egallaydi. Hunarmandchilik sohasida temirchilik, misgarlik, zargarlik, ko&#8217;nchilik, kulolchilik, duradgorlik, to&#8217;qimachilik, ayniqsa, gilam to&#8217;qish umumiy ishlab chiqarishning muhim yo&#8217;nalishlari bo&#8217;lgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar xorijiy mamlakatlarga, jumladan, Xitoyga ham olib ketilgan. Ad.: Gumilev L.N., Xunnu, M., 1960; Rudenko S.I., Kultura xunnov i noinu- linskie kurgann, M.-L., 1962. Abdulahad Xo&#8217;jayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hunlar, hunnular \u2014 qadimda Markaziy Osiyoda shakllangan ko&#8217;chmanchi xalq. Hunlar bundan 4 ming yil muqaddam mavjud bo&#8217;lgandilar tarkibiga kirgan. Xitoy manbalarida Hunlar turli davrlarda 32 xil nomda (Kvey, kuy, kuyfan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hunlar-hunnular\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108092","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108092","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108092"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108092\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108098,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108092\/revisions\/108098"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108092"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108092"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108092"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}