{"id":108094,"date":"2023-09-23T18:16:48","date_gmt":"2023-09-23T15:16:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108094"},"modified":"2023-09-23T18:16:53","modified_gmt":"2023-09-23T15:16:53","slug":"hofiz-xoja-hofiz-sheroziy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hofiz-xoja-hofiz-sheroziy\/","title":{"rendered":"Hofiz, Xoja Hofiz Sheroziy"},"content":{"rendered":"\n<p>Hofiz, Xoja Hofiz Sheroziy (taxalluslari; asl ism-sharifi Shamsuddin Muhammad ibn Muhammad) (1326 &#8211; Sheroz &#8211; 1389) \u2014 fors shoiri. Otasi bevaqt olamdan o&#8217;tgach, Hofiz tirikchilik uchun Novvoylik bilan shug&#8217;ullangan. Zehni o&#8217;tkir bo&#8217;lganligidan tez orada fiqh, hadis, arab tili va adabiyoti, Qur&#8217;oni Karim va uning tafsirini mukammal o&#8217;zlashtirgan. U, xususan, Qur&#8217;on qiroatida yuksak mahoratga erishib, uni 14 usulda tilovat qilgan. Ma&#8217;raka-yig\u2019inlarda Qur&#8217;onni, qissaxonlik kechalarida xalq kitoblarini yoqimli ovozda o&#8217;qib berib, ro&#8217;zg&#8217;or tebratgan. Shuning uchun ham uni Hofiz deb ulug&#8217;lashgan va bu nom keyinchalik shoirning adabiy taxallusiga aylanib ketgan. Yaxshi xattot ham bo&#8217;lgan. Turli kitoblarni ko&#8217;chirgan, Qur&#8217;onni kitobat qilgan [Xusrav Dehlaviyning &#8220;Xamsa&#8221;sidan Hofiz ko&#8217;chirgan 2-4-dostonning qo&#8217;lyozma nusxalari (1355) hozirgi O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. \u21162179) saqlanadi]. Hofiz vaqt-vaqti bilan shohlar saroyida xizmat qilgan. Shoh Shujo&#8217; Muzaffariyning (1358-84) taxtga chiqishini qutlagan, Shoh Mansurni (1388-92) ulug\u2019lab, unga 6 g&#8217;azal, 1 qasida hamda soqiynoma bag&#8217;ishlagan, lekin hayoti hamisha yo&#8217;qchilikda o&#8217;tgan. Ba&#8217;zi asarlarida o&#8217;zining quvg&#8217;inga uchraganini yozgan. Adabiy merosi bitta lirik she&#8217;rlar devonidan iborat. &#8220;Devon&#8221;ni sherozlik adabiyotshunos Muhammad Gulandom (14-asr oxiri \u2014 15-asr boshlari) tuzgan va u 19-asrda Yevropada nashr etilgan boshqa nusxalar uchun asos bo&#8217;lgan. Hofiz bir umr Sherozda yashagan. 14-asrning 70-yillari boshida qisqa muddat Isfahon va Yazdda bo&#8217;lgan. Shoirning she&#8217;rlari Sherozdan tashqarida ham mashhur bo&#8217;lganligidan Bangola hukmdori Sulton G&#8217;iyosiddin, Dakan podshohi Shoh Mahmud Bahmaniylar Hofizni o&#8217;z saroylariga da&#8217;vat qilib, sovg&#8217;a-salomlar yuborganlar. Sulton Ahmad bilan Uvays Jaloyiriy uni Bag&#8217;dodga ham taklif qilishgan, lekin u bu taklifni rad etgan. U asosan mehnatkash va huquqsiz xalq tomonida turib, uning quvonchu tashvishlari, dardu alamlarini otashin misralarda kuylagani uchun yuqori tabaqalarga unchalik yoqmagan. Hofiz komil musulmon bo&#8217;lib, ijodi Qur&#8217;oni Karim va hadisi sharif chashmasidan suv ichgan. Hofiz mo&#8217;g&#8217;ullar hukmronligi inqirozga uchrab, mayda xonliklar o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro toju taxt talashlari avj olgan, bundan xalqning ahvoli xarob bo&#8217;lgan bir davrda yashab ijod etgan. Uning davrida sheroz 5 marta ana shunday janglar girdobiga tortilib, o&#8217;zi vayron, xalqi qatliom qilingan. Ma&#8217;rifatparvar va she&#8217;riyat muxlisi bo&#8217;lgan Shayx Abuishoq inju (1342-53) Hofizni qo&#8217;llab, unga homiylik qilgan. Ma&#8217;shuqa ta&#8217;rif-tavsifi, visol lazzatiyu hijron hasratini tarannum etish vositasi bo&#8217;lgan g&#8217;azalga u ijtimoiy mavzular, falsafiy fikr-mulohazalarni omuxta qilgan. O&#8217;z davrining siyosiy manzaralarini, ma&#8217;naviy qiyofasini haqqoniy gavdalantirgan. U ishq mavzuiga olam va odam dardini, jamiyat muammolarini olib kirgan. Shoir insonning orzu-intilishlari, quvonchu qayg&#8217;usi, dardu tashvishlari, muhabbati, fikru o&#8217;ylarini avj pardalarda kuylash bilan adabiyotning asosiy ob&#8217;yekti inson ekanligini amalda isbotlagan. Hofiz g&#8217;azallari, avvalo, jozibali va yoqimli ohangi bilan har qanday o&#8217;quvchini o&#8217;ziga tortadi: hassos va isyonkor ruhi bilan uning qalbini to&#8217;lqinlantiradi; rang-barang timsolu tashbehlari, yuksak badiiyati, keng va chuqur ma&#8217;nolari bilan aqlini band etadi. Qavat-qavat ramzu timsollar pardasiga o&#8217;ralgan she&#8217;rlari bir necha ma&#8217;no qirralariga ega bo&#8217;lganligi uchun ham har bir toifa uni o&#8217;zicha talqin etadi, o&#8217;z maqsadiga xizmat qildiradi. Chunonchi, tasavvuf olimlari Hofiz ijodini ilohiy ishq kuychisi sifatida o&#8217;rgansalar, G&#8217;arb va sho&#8217;ro adabiyotshunoslari dunyoviy nuqtai nazardan tahlil etadilar. Aslida shoir ijodida ilohiylik va dunyoviylik ajoyib bir tarzda uyg&#8217;unlashib ketgan. U yeru ko&#8217;kning yaratuvchisi bo&#8217;lmish Allohni ta&#8217;rif-tavsif etish, unga bo&#8217;lgan hassos muhabbatini kuylash bilan birga, inson haqida ham fikr yuritadi. Hofiz devoni madrasalarda maxsus darsliklar qatorida o&#8217;qitilgan. Hofiz she&#8217;rlari tabiiyligi, samimiyligi va yuksak badiiyatga yo&#8217;g&#8217;rilganligi, mazmunan teranligi va serqatlamligi, falsafasining quyuqligi, nozik ishoralarga boyligi, uslubining murakkabligi uchun ham unga &#8220;Lison ul-g&#8217;ayb&#8221; \u2014 &#8220;g&#8217;oyibning tili&#8221; sifatini berganlar. Firdavsiy \u2014 masnaviyni, Umar Xayyom \u2014 ruboiyni qanchalik takomilga yetkazgan bo&#8217;lsalar, Hofiz ham g&#8217;azalni shunchalik yuksak maqomga ko&#8217;targan. O&#8217;z ijodida may va u bilan bog&#8217;liq timsollardan ko&#8217;p foydalangani uchun Hofiz rind va mayparast sifatida ham mashhur. Tasavvuf adabiyotida sufiyona istiloh-timsollarni eng ko&#8217;p qo&#8217;llagan va ularga eng ko&#8217;p ma&#8217;no yuklagan ham Hofiz hisoblanadi. Hofiz o&#8217;zbek adabiyotiga ham kuchli ta&#8217;sir o&#8217;tkazgan. Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Sakkokiy, Atoiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Nodira, Amiriy, Munis, Ogahiy kabi barcha davr shoirlari Hofizni o&#8217;zlariga ustoz bilganlar, undan ta&#8217;sirlanib, she&#8217;rlar bitganlar. Navoiy &#8220;Devoni foniy&#8221;da Hofiz g&#8217;azallari tatabbu&#8217;ida 220 dan ortiq g&#8217;azal yozgan. 18-asr oxiri \u2014 19-asr boshlarida e&#8217;tiboran Hofiz G&#8217;arb dunyosini ham o&#8217;ziga qaratdi. 1812 yilda Yozef fon Hammer shoir devonini to&#8217;laligicha tarjima qilib, nemis tilida nashr ettirgan. Shundan so&#8217;ng Germaniyada Hofizga ergashib yozilgan she&#8217;rlar ko&#8217;paygan, hatto nemis adabiyotida sharqona shakldagi she&#8217;rlar, g&#8217;azallar paydo bo&#8217;lgan. I. Gyote &#8220;G&#8217;arbu Sharqdevoni&#8221;ni yaratgan. Hofizni &#8220;noyob uslub dahosi&#8221;, &#8220;muqaddas Hofiz&#8221;, &#8220;Sharqning Volteri&#8221; deb ulug&#8217;lashgan. Umuman, G&#8217;arbda Hofizni Geyne, Gyote, Shelli, Volter, Bayron kabi ulug&#8217;yozuvchilar qatorida tilga olishgan. Rus adabiyotida ham Hofiz katta Shuhrat qozongan. A.Fet, A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, V.Jukovskiy, S.Esenin, P.Gnedich, V.Bryusov kabi rus shoirlari Hofiz ta&#8217;sirida she&#8217;rlar yozganlar, uning ijodini yuksak baholaganlar. O&#8217;zbekistonda Sh.Shomuhamedov, A.Hayitmetov, N.Komilov, H.Homidiy va boshqalar. Hofiz haqida tadqiqot olib borganlar. Shoir she&#8217;rlari A.Avloniy, Xurshid, Chustiy, Muinzoda, Vasfiy, Sh.Shomuhamedov, J.Jabborov, E.Vohidov, J.Quvnoq, M.Kenjabek tomonidan tarjima qilingan. Hofiz o&#8217;zi sevgan Musallo bog&#8217;ida dafn etilgan va uning sharofati bilan keyinchalik bu bog&#8217; &#8220;Hofiziya&#8221; nomini olib, jahon ilmu adab ahlining ziyoratgohiga aylangan. Temuriylardan Abulqosim Bobur shoir qabrini obod qildirgan. So&#8217;ng Eron hukmdorlaridan Karimxon Zand hozirgi sag&#8217;anani qurdirgan (18.11). As: G&#8217;azallar, T., 1958; Kulliyot, Dushanba, 1983; Hofiz Sheroziy she&#8217;riyatidan, T., 1985; Ishqdaftari, T., 2000. Ad.: Shomuhamedov Sh., Hofiz Sheroziy, T, 1965; Navoiy va alabiy ta&#8217;sir masalalari, T., 1968; Braginskiy I.S., Iz istorii persidsko-tadjikskoy literatur M, M., 1972;Salomov G&#8217;.,Komilov N., Do&#8217;stlik ko&#8217;priklari, T., 1979. Ergash Ochilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hofiz, Xoja Hofiz Sheroziy (taxalluslari; asl ism-sharifi Shamsuddin Muhammad ibn Muhammad) (1326 &#8211; Sheroz &#8211; 1389) \u2014 fors shoiri. Otasi bevaqt olamdan o&#8217;tgach, Hofiz tirikchilik uchun Novvoylik bilan shug&#8217;ullangan. Zehni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hofiz-xoja-hofiz-sheroziy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108094","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108094","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108094"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108094\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108100,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108094\/revisions\/108100"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108094"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108094"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108094"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}