{"id":108172,"date":"2023-09-24T13:55:50","date_gmt":"2023-09-24T10:55:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108172"},"modified":"2023-09-24T13:55:54","modified_gmt":"2023-09-24T10:55:54","slug":"hazorasp","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hazorasp\/","title":{"rendered":"Hazorasp"},"content":{"rendered":"\n<p>Hazorasp \u2014 Hazorasp tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Xorazm viloyatining sharqida, Toshkent \u2014 Urganch avtomagistrali va temir yo\u2019l yoqasida joylashgan. Temir yo\u2019l stantsiyasi. Viloyat markazi (Urganch shahri) dan 56 kilometr Janubi-Sharqda. Aholisi 16,7 ming kishi (2005). Hazorasp hududidan o&#8217;tgan Hazorasp, Hassayop, otaliq, Sipoi kanal va ariqlaridan suv oladi. Hazorasp Xiva bilan birga Xorazm vohasining eng qadimgi qal&#8217;a va aholi manzillaridan biridir. Hazorasp nomining kelib chiqishi to&#8217;g&#8217;risida turlicha qarashlar mavjud. Tarixchi, tilshunos va toponimist olimlar (Ya. G&#8217;ulomov, S.P.Tolstov, F.Abdullayev, O. Madrahimov va boshqalar)ning ta&#8217;kidlashicha, &#8220;Hazorasp&#8221; qadimgi Xorazmiy tilida ming ot (hazor \u2014 ming, ASP \u2014 ot) yoki ming otliq diyori ma&#8217;nosini bildiradi. O&#8217;tmishda muarrixlar uni &#8220;Qal&#8217;ai Sulaymon&#8221; deb ham ataganlar. Tarixchi olim M. Isxoqov taxminiga ko&#8217;ra, &#8220;Hazorasp&#8221; atamasi &#8220;Aturaspend&#8221; \u2014 &#8220;Muqaddas olov manzili&#8221;, &#8220;Otashgoh&#8221; ma&#8217;nosini bildiradi. Shahar toponimiyasi haqida mahalliy rivoyat va afsonalar ham mavjud. Ba&#8217;zi tarixiy ma&#8217;lumotlardan ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, Hazorasp Xorazmning chekkasidagi himoya istehkomi bo&#8217;lib, bu yerda mingga yaqin otliq qo&#8217;shin Xorazmni sharqdan kelishi ehtimol tutilgan dushmandan muhofaza etgan. Shaharda Rashiduddin Vatvot, Minglisuluvxonim, Javxariy, Sakkokiy, Husayn Xorazmiy, Ja&#8217;far Hazoraspiy, Hayoliy, Umidiy, Iskandar Mahmud kabi buyuk siymolar, shoir, olim va tabiblar yetishib chiqqan. Arxeologik qazishmalar natijasida Hazoraspning vujudga kelishi ilk antik davrlarga oidligi aniqlandi. Keyingi davrda O&#8217;zbekiston faning Samarqand, Nukus va Xorazm regional arxeologiya bo&#8217;limlarining 1996\u2014 2005 yillarda o&#8217;tqazgan qazish ishlari natijasida shaharning 2700 yil avval bunyod bo&#8217;lganligi to&#8217;g&#8217;risida materiallar topildi. Shahar to&#8217;g&#8217;risida ilk yozma ma&#8217;lumotlar 9-10-asr Eron tarixchisi va filologi Tabariy, 10-asr tarixchi va geograflari Istaxriy va muqaddasiylarning asarlarida uchraydi. Sayyoh geograf, adib va tarixchi yoqut Hamaviyning yozishicha, Hazorasp mustahkam qal&#8217;ali kata shahar bo&#8217;lgan. Shahar yer yuzasiga chiqib qolgan tabiiy grunt suvi halqasi bilan o&#8217;ralgan. Qal&#8217;aga faqat birgina G&#8217;arb tomondagi maxsus yo&#8217;l olib borgan. Xondamir va Mirxond, Abulg&#8217;oziy Bahodirxon, Munis, Ogahiylar asarlarida Hazoraspning tarixiga oid ko&#8217;p ma&#8217;lumotlar berilgan. Hazorasp to&#8217;g&#8217;risida sayyoh, sharqshunos A.Vamberi ham qiziqarli ma&#8217;lumotlar yozib qoldirgan. 19-asr oxirida shaharda 8 masjid, madrasa, maktabxonalar faoliyat ko&#8217;rsatgan. Hazoraspda 50 dan ziyod korxona va tashkilot, shu jumladan, paxta tozalash, g&#8217;isht zavodlari, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, ta&#8217;mirlash ustaxonalari, mahalliy sanoat korxonalari, to&#8217;qimachilik, palos fabrikalari bor. O&#8217;zbekiston \u2014 Germaniya &#8220;Unixo&#8221; qo&#8217;shma korxonasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Butun Quyi Amudaryo regionida mashhur bo&#8217;lgan &#8220;Qozoqbozor&#8221; deb ataluvchi bozor mavjud. Kichik va o&#8217;rta biznes korxonalari, mikrofirmalar ishlab turibdi. Shuningdek, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari, dehqon bozori bor. 4 umumiy ta&#8217;lim maktabi, iqtidorli bolalar litseyi, qishloq xo\u2019jaligi, iqtisodiyot, tibbiyot, pedagogika kasb-hunar kollejlari va boshqa o&#8217;quv muassasalari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tuman Markaziy kutubxonasi vauning tarmoqlari, madaniyat uyi, klub muassasalari, xiyobonlar, madaniyat va istirohat bog&#8217;i, &#8220;Istiqlol&#8221; stadioni, sport zallari, futbol maydonlari va boshqa sport inshootlari mavjud. Karate va taekvondo sport klublari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tuman Markaziy kasalxonasi, kattalar va bolalar poliklinikalari, shoshilinch tibbiy yordam bo&#8217;limi, tug&#8217;ruqxona, xususiy poliklinika, kasalxona, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Hazoraspdan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Denov va boshqa shaharlarga, Xorazmning boshqa tumanlariga, Qoraqalpog&#8217;istonning To&#8217;rtko&#8217;l, Beruniy shaharlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. shaharda tarixiy va me&#8217;moriy yodgorliklardan qal&#8217;a qoldiqlari (miloddan avvalgi 7-6-asrlar), Juma masjidi (18-asr) va boshqalar saqlanib qolgan. J.Mankovskaya L., Bulatova V. Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978 Qurbonniyozov R., Xorazm geografiyasi Urganch, 1996; Nurja Nov K . va boshqalar, Hazorasp tarixi, Urganch, 1998; &#8220;Drevnosti Yujnogo Xorezma&#8221; (XAEE-XU1), M., 1992.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hazorasp \u2014 Hazorasp tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Xorazm viloyatining sharqida, Toshkent \u2014 Urganch avtomagistrali va temir yo\u2019l yoqasida joylashgan. Temir yo\u2019l stantsiyasi. Viloyat markazi (Urganch shahri) dan 56 kilometr Janubi-Sharqda. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hazorasp\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108172","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108172","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108172"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108172\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108178,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108172\/revisions\/108178"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108172"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108172"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108172"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}