{"id":108196,"date":"2023-09-24T14:54:30","date_gmt":"2023-09-24T11:54:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108196"},"modified":"2023-09-24T14:54:34","modified_gmt":"2023-09-24T11:54:34","slug":"hasharotlar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hasharotlar-2\/","title":{"rendered":"Hasharotlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Hasharotlar (1shes1a) &#8211; bo&#8217;g&#8217;imoyoqli umurtqasiz hayvonlar sinfi. Yer sharida 1,5 millionga yaqin turi ma&#8217;lum. Turlarining ko&#8217;pligi va shakllarining xilma-xilligi jihatidan biosferada 1-o&#8217;rinni egallaydi. Hasharotlar sinfi oyoqdumlilar, qo&#8217;shdumlilar, qo&#8217;ng&#8217;izlar, tuyabo&#8217;yinlar, to&#8217;rqanotlilar, kapalaklar, burgalar, termitlar, qandalalar kabi 34 turkumga bo&#8217;linadi. Tanasining uzunligi 0,2 millimetr \u2014 33 santimetr, odatda tashqi skeletni tashkil qiluvchi zich kutikula bilan qoplangan. Tanasi bosh, ko&#8217;krak va qorin qismlardan iborat. Boshida bir juft murakkab ko&#8217;z va ko&#8217;zchalari, bir juft mo&#8217;ylovlari (hid tuyish va sezgi organi) hamda og&#8217;iz apparati joylashgan. Og&#8217;iz apparati yuqori lab, yuqori va pastki juft jag&#8217;lardan tashkil topgan. Kemiruvchi og&#8217;iz apparati barcha to&#8217;g&#8217;riqanotlilar, qo&#8217;ng&#8217;izlar, chumolilar va boshqalarga xos. So&#8217;ruvchi Hasharotlarda esa xartum bor. Gulshira bilan oziqlanuvchi asalaritr xartumida kemiruvchilarning asosiy belgilari saqlangan, kapalaklarda xartum spiralsimon buraladigan naydan iborat; pashshalarda u faqat so&#8217;rishga emas, balki qattiq ozuqani qirishga ham moslashgan. Qandalalar, o&#8217;simlik bitlari, tripslar, koktsidlar, qon so&#8217;ruvchi chivinlar va boshqalar sanchib so&#8217;ruvchi og&#8217;iz apparati yordamida o&#8217;simliklarning hujayra shirasi hamda hayvon qonini so&#8217;rib oziqlanadi. Ko&#8217;krak qismi old, o&#8217;rta va orqa ko&#8217;kraklarga bo&#8217;linadi. Har bir skelet halqasi yelka (ustidan), ko&#8217;krak (pastki tomondan), plevralardan (biqindan) tashkil topgan. Ko&#8217;krakning har bir bo&#8217;g&#8217;imi (segmenti)da bir juft oyoqlari joylashgan. Oyoqlar toscha, ko&#8217;st, son, boldir va 2 tirnoqli bo&#8217;g&#8217;imlarga bo&#8217;lingan panjalardan tuzilgan; qanotli Hasharotlarning o&#8217;rta va orqa ko&#8217;kraklarida bir juftdan qanotlar bor. Urg&#8217;ochisi qornining uchida 11 bo&#8217;g&#8217;imdan iborat tuxum qo&#8217;ygich, erkaklarida esa bir juft o&#8217;simtalar mavjud. Ovqat hazm qilish yo&#8217;li ozuqani mexanik hamda kimyoviy qayta ishlaydigan ichaklardan tashkil topgan. Hasharotlarning individual rivojlanishi bir necha bosqichli (fazali) to&#8217;liq yoki chala o&#8217;zgarish (metamorfoz) bilan kechadi. Chala o&#8217;zgarish bilan rivojlanish 3 faza (bosqich)da: tuxum, lichinka (imagoga o&#8217;xshash) va voyaga yetgan hasharot \u2014 imago orqali amalga oshadi. To&#8217;liq o&#8217;zgarish bilan rivojlanishda esa lichinka (odatda chuvalchangsimon) bilan imago oralig&#8217;ida humbaklik davri ham kuzatiladi. Hasharotlarning hayot tsikli bo&#8217;g&#8217;in (avlod)lar soni, mavsumiy dinamika (o&#8217;zgarish)ning o&#8217;ziga xosligi va diapauza xususiyatlari bilan belgilanadi. Tabiatda Hasharotlar turli-tuman va katta ahamiyatga ega. Ular butun quruqlikni egallagan; ayniqsa sernam subtropik yerlarda ko&#8217;p tarqalgan. Ko&#8217;pchiligi yerda, qator turlari suvda yashaydi, ba&#8217;zilarining hayoti tuproq bilan bog&#8217;liq. Hasharotlar xilma-xil mahsulotlar bilan oziqlanib, tabiatda moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Hasharotlarning juda ko&#8217;p turlari o&#8217;simliklar zararkunandalari; hayvonlar va odamlarga zarar keltiradi. O&#8217;simliklarni changlatish, zararkunanda hasharot va begona o&#8217;tlarni yo&#8217;qotishda ham Hasharotlarning roli katta; foydali hasharotlardan asalari, ipak qurtlar, lak beruvchi cherveslar qimmatbaho mahsulot beradi; ayrimlari ovlanadigan hayvonlar uchun ozuqa manbai. Hasharotlar xilma-xilligi va ularning olamini entomologiya fani, foydali Hasharotlardan amaliyotda foydalanish va zararkunanda Hasharotlarlarga qarshi kurash usullarini qishloq xo&#8217;jaligi entomologiyasi fani o&#8217;rganadi. Ad.: Vrednne i poleznne nasekomne xlopchatnika i drugix selskoxozyaystvennix kultur O&#8217;zbekistana. T., 1977; selsko-xozyaystvennaya entomologiya. M., 1983; Murodov S.A., Umumiy entomologiya kursi, T., 1986.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hasharotlar (1shes1a) &#8211; bo&#8217;g&#8217;imoyoqli umurtqasiz hayvonlar sinfi. Yer sharida 1,5 millionga yaqin turi ma&#8217;lum. Turlarining ko&#8217;pligi va shakllarining xilma-xilligi jihatidan biosferada 1-o&#8217;rinni egallaydi. Hasharotlar sinfi oyoqdumlilar, qo&#8217;shdumlilar, qo&#8217;ng&#8217;izlar, tuyabo&#8217;yinlar, to&#8217;rqanotlilar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hasharotlar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108196","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108196","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108196"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108196\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108197,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108196\/revisions\/108197"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108196"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108196"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108196"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}