{"id":108218,"date":"2023-09-24T19:41:54","date_gmt":"2023-09-24T16:41:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108218"},"modified":"2023-09-24T19:42:03","modified_gmt":"2023-09-24T16:42:03","slug":"haydar-xorazmiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/haydar-xorazmiy\/","title":{"rendered":"Haydar Xorazmiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Haydar Xorazmiy (14-asrning oxiri \u2014 Xorazm \u2014 15-asrning 1-yarmi) \u2014 shoir. O&#8217;zbek mumtoz adabiyoti namoyandalaridan biri. Hayoti va ijodi haqida ma&#8217;lumot Davlatshoh Samarqandiyning &#8220;Tazkirat ush-shuaro&#8221;, Alisher Navoiyning &#8220;Majolis un-nafois&#8221;, &#8220;Muhokamat ul-lug&#8217;atayn&#8221; asarlari hamda o&#8217;zining &#8220;Mahzan ul-Asror&#8221; dostonida berilgan. Haydar Xorazmiy asosan Xorazmda yashagan va og&#8217;ir hayot kechirgan. Birmuncha vaqt Hirotda temuriylardan Umarshayxning o&#8217;g&#8217;li Sulton Iskandar (15-asr) saroyida yashagan. Turkiy va forsiyda she&#8217;rlar yozgan, devon tuzgan. Nizomiy Ganjaviyning &#8220;Mahzan ul-Asror&#8221; asariga &#8220;Gulshan ul-Asror&#8221; nomi bilan turkiy tilda javob yozib (1409-14), Sulton Iskandarga bag&#8217;ishlagan. Asar syujeti va g&#8217;oyaviy yo&#8217;nalishi jihatidan ham Nizomiy dostoniga yaqin, vazni ham bir xil \u2014 aruzning sare&#8217;bahrida yozilgan. Hajmi 639 bayt. Asar Nizomiynikidan farq qilib, avval hikoya, so&#8217;ng shu hikoyadan kelib chiqadigan xulosa va fikrlarni umumlashtiruvchi bob bilan ta&#8217;minlangan. Haydar Xorazmiy bu asari bilan o&#8217;zbek adabiyotida she&#8217;riy hikoyani rivojlantirgan. Ko&#8217;pchilik hikoyalarida olijanob insoniy fazilatlar targ&#8217;ib qilingan, mehnat va mehnat ahli ulug&#8217;langan. Dostonda markazlashgan davlat va Odil hukmdor g&#8217;oyasi ilgari surilgan; axloq-odob, mehnatsevarlik, saxiylik, rostgo&#8217;ylik targ&#8217;ib etilgan. &#8220;Gulshan ul-Asror&#8221; o&#8217;zbek epik she&#8217;riyati tarixida muhim hodisa va turkiy tildagi axloqiy-falsafiy dostonchilikning yirik namunasi bo&#8217;lib, turkiy tilning boyligi, qudrati va ko&#8217;rkini namoyish qildi hamda o&#8217;zbek- ozarbayjon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa bo&#8217;lib qo&#8217;shildi. Asarning qo&#8217;lyozma nusxalari London, Parij, Vena, Qozon kutubxonalarida, fotonusxalari O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqtanadi. Ad.: Bertels E.S., Nizami i Fizu-li, M, 1962; O&#8217;zbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 1-j., T., 1977.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Haydar Xorazmiy (14-asrning oxiri \u2014 Xorazm \u2014 15-asrning 1-yarmi) \u2014 shoir. O&#8217;zbek mumtoz adabiyoti namoyandalaridan biri. Hayoti va ijodi haqida ma&#8217;lumot Davlatshoh Samarqandiyning &#8220;Tazkirat ush-shuaro&#8221;, Alisher Navoiyning &#8220;Majolis un-nafois&#8221;, &#8220;Muhokamat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/haydar-xorazmiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108218","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108218","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108218"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108218\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108225,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108218\/revisions\/108225"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108218"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108218"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108218"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}