{"id":108245,"date":"2023-09-24T19:53:55","date_gmt":"2023-09-24T16:53:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108245"},"modified":"2023-09-24T19:54:00","modified_gmt":"2023-09-24T16:54:00","slug":"hayz-hayz-tsikli-oy-korish-menstruatsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hayz-hayz-tsikli-oy-korish-menstruatsiya\/","title":{"rendered":"Hayz, hayz tsikli, oy ko&#8217;rish, menstruatsiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Hayz, hayz tsikli, oy ko&#8217;rish, menstruatsiya \u2014 balog&#8217;atga yetgan qiz bolada va bola tug&#8217;ish yoshidagi ayollarda har 26-29 kunda, ba&#8217;zan 21-24 kunda (qisqa tsikl) sodir bo&#8217;ladigan biologik jarayon; Hayz tsiklida asosan tuxumdon va bachadonda o&#8217;zgarish ro&#8217;y berib, bachadondan ma&#8217;lum miqdorda qon ketadi. Hayz ko&#8217;rish Markaziy nerv sistemasi (bosh miya po&#8217;stlog&#8217;i, gipotalamus, gipofiz) tomonidan boshqariladi. Gipotalamus \u2014 bosh miyaning asosiy qismi, ichki a&#8217;zolar ishini boshqarib, tartibga solib turadi, u ajratgan neyrogormonlar gipofiz funktsiyasini kuchaytiradi. Gipofiz ham, o&#8217;z navbatida, ichki sekretsiya bezlari, xususan jinsiy bezlar (tuxumdon) funktsiyasini kuchaytiradigan gormon ishlab chiqaradi. Tuxumdonda gipofizdan ajraladigan gormonlar ta&#8217;sirida tuxumhujayrali follikula (Graaf pufakchasi) o&#8217;sadi va rivojlanadi. Follikula etilayotganida bachadonga bevosita ta&#8217;sir etadigan maxsus jinsiy gormonlar (estrogenlar) ajratadi. Follikula yetilgach yorilib. undan yetilgan tuxum-hujayra chiqishiga ovulyatsiya jarayoni deyiladi. Yorilgan follikula o&#8217;rnida sariq tana \u2014 ichki sekretsiya bezi hosil bo&#8217;ladi; sariq tanadan progesteron ajraladi. Progesteron va estrogenlar ta&#8217;sirida bachadon shilliq qavati qalinlashadi, uning qon tomirlari kengayib. Qon bilan to&#8217;ladi. Agar ayolning bo&#8217;yida bo&#8217;lmasa, sariq tana nobud bo&#8217;ladi, bachadon shilliq qavatining funktsional qismi parchalanib ko&#8217;chadi va Hayz ko&#8217;riladi. Keyinchalik shilliq qavat yuzasi asta-sekin bitib, asli holiga keladi. Shunday qilib, tuxum-hujayra yetilishi davriy ravishda (har 21-25 kun, ko&#8217;proq 28 kunda) takrorlanib turadi. Qiz bolaning birinchi Hayz ko&#8217;rishi, unda ikkilamchi jinsiy belgilar (masalan, ko&#8217;krak bezi to&#8217;lishib, qov usti va qo&#8217;ltiqda tuk o&#8217;sishi va boshqalar) yetilganidan keyin boshlanadi. Birinchi Hayz qo&#8217;rish muddati qiz bolaning sog&#8217;lig&#8217;i va turmush tarziga, shuningdek, turar joyi va iqlimga bog&#8217;liq Qizlarning Hayz ko&#8217;rishi kechiksa (15\u2014 16 yoshgacha), albatta, ayollar maslahatxonasiga uchrashishi va tegishli maslahat olishi lozim. Oylik qon kelishi ayol organizmining (qiz bolaning) xususiyatlariga bog&#8217;liq. Hayz ko&#8217;rish muddati boshida o&#8217;zgaruvchan bo&#8217;lib, keyinchalik aniq bir vaqtga to&#8217;gri keladi. Ko&#8217;pchilik ayollarda Hayz ma&#8217;lum kunlarda boshlanib, doim bir tekis, og&#8217;riqsiz kechadi, ayolning umumiy ahvoli deyarli o&#8217;zgarmaydi, ular odatdagi yumushlarini bajaraverishlari mumkin, ammo ortiqcha toliqmasliklari, jismonan zo&#8217;riqmasliklari, gigiena qoidalariga rioya qilishlari kerak. Hayz ko&#8217;rish vaqtida ba&#8217;zi ayollarning kayfiyati buzilib turadi, bo&#8217;shashadi, sut bezlari dag&#8217;allashadi. Hayz ko&#8217;rish tsiklining o&#8217;zgarishi organizmda biror-bir kasallik borligidan dalolat beradi. Shuning uchun har bir ayol maxsus hayz kalendari (oynomasi) tuzishi va unga Hayz kuni, muddati va boshqa ma&#8217;lumotlarni muntazam qayd qilib borishi lozim, shunday qilinsa, Hayz ko&#8217;rish tsiklining buzilishini o&#8217;z vaqtida aniqtash mumkin. Homiladorlik va ba&#8217;zan bola emizish davrida ayol Hayz ko&#8217;rmaydi. Ayolning bo&#8217;yida bo&#8217;lmagan davrida qon ko&#8217;rmay qolishi (amenoreya) yoki ahyonda bir oz qon kelishi (gipomenstrual sindrom), bir necha kun ko&#8217;p qon kelishi (menorragiya), uning og&#8217;riqli bo&#8217;lishi (algomenoreya), shuningdek, Hayz qonidan tashqari bachadondan qon ketishi (metrorragiya) biror kasallikdan darak beradi, uni o&#8217;z vaqtida aniqlab davolash talab etiladi. Bundan tashqari, ayrim ayollarda Hayz ko&#8217;rish oldi holati kuzatiladi; bunda ayol bo&#8217;shashadi, kayfiyati o&#8217;zgaradi, sut bezlari dag&#8217;allashadi, boshi aylanadi, uyqusi buziladi, yuragi o&#8217;ynaydi, ba&#8217;zan yurak sohasida og&#8217;riq paydo bo&#8217;ladi. Ayol organizmining normal funktsional holati turmush tarzining bekamu ko&#8217;st bo&#8217;lishiga, qizlarni yoshligidan boshlab to&#8217;gri tarbiyalash va parvarish qilishga bog&#8217;liq. Bu gigiena qoidalariga qat&#8217;iy rioya qilish, organizmni chiniqtirish, yaxshi ovqatlanish, mehnat va dam olishni to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;lga qo&#8217;yish, jismoniy mashqlarni bajarish, infektsion kasalliklardan saqlanish, agar kasallik ro&#8217;y bergudek bo&#8217;lsa, o&#8217;z vaqtida davolatishdan iborat. Shuni nazarda tutish kerakki, qiz bola organizmi Hayz ko&#8217;rguncha unga asta-sekin tayyorlanib boradi, bunda organizmning bir-biri bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan a&#8217;zo va sistemalari (ichki sekretsiya bezlari, yurak-tomir, nerv sistemasi va hokazolar) ishtirok etadi, bu murakkab jarayonning hammasi Hayz tsiklining normal kechishida muhim rol o&#8217;ynaydi. Qiz bola organizmi balog&#8217;atga yetish davrida hissiyotga to&#8217;la, turli noxush omillarga nisbatan o&#8217;ta ta&#8217;sirchan bo&#8217;ladi. Asabiy va ruhiy buzilishlar, turmushdagi noxushliklar, jismoniy va aqliy jihatdan toliqish, shuningdek, ayrim infektsion kasalliklar Hayz tsiklining buzilishiga sabab bo&#8217;lishi mumkin. Shuning uchun bu davrda qiz bola bilan nihoyatda ehtiyot bo&#8217;lib muomala qilish, janjallashmaslik, o&#8217;ta toliqishga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik zarur. Qizlar birinchi bor Hayz ko&#8217;rganida (bu haqda tasavvurga ega bo&#8217;lmasa) juda hayajonlanadi. Shuning uchun qiz bolani Hayz ko&#8217;rishiga oldindan tayyorlab borish lozim. Hayz funktsiyasining buzilishi va boshqalar ginekologik kasalliklarning oldini olishda Hayz ko&#8217;rish vaqtidagi gigiena qoidalariga amal qilish zarur. Vanna qilish, cho&#8217;milish tavsiya etilmaydi, gigienik dush qabul qilish mumkin. Jismonan zo&#8217;riqtiradigan mashqlar bilan shug&#8217;ullanmaslik kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hayz, hayz tsikli, oy ko&#8217;rish, menstruatsiya \u2014 balog&#8217;atga yetgan qiz bolada va bola tug&#8217;ish yoshidagi ayollarda har 26-29 kunda, ba&#8217;zan 21-24 kunda (qisqa tsikl) sodir bo&#8217;ladigan biologik jarayon; Hayz tsiklida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hayz-hayz-tsikli-oy-korish-menstruatsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108245","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108245","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108245"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108245\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108256,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108245\/revisions\/108256"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108245"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108245"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108245"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}