{"id":108274,"date":"2023-09-24T20:01:26","date_gmt":"2023-09-24T17:01:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108274"},"modified":"2023-09-24T20:01:41","modified_gmt":"2023-09-24T17:01:41","slug":"hakimxoja-qozikalon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hakimxoja-qozikalon\/","title":{"rendered":"Hakimxo&#8217;ja qozikalon"},"content":{"rendered":"\n<p>Hakimxo&#8217;ja qozikalon (1802 \u2014 Toshkent \u2014 ?) \u2014 Toshkentning so&#8217;nggi qozikaloni. 1865 yilda Rossiya qo&#8217;shinlari Toshkentni qamal qilganida shahar mudofaasi rahbarlaridan biri. Shahar rus qo&#8217;shinlari tomonidan egallangach, Hakimxo&#8217;ja qozikalon Abulqosim eshon, domla Solihbek Oxund singari nufuzli kishilar bilan M.T.Chernyayev qarorgohiga borib Toshkent shahrini idora etish xususida u bilan muzokara olib borgan (1865 yil 12 iyul). Hakimxo&#8217;ja qozikalon hamma masalada o&#8217;z xalqi manfaatlari saqlangan holda amniyatnoma tuzilishiga sababchi bo&#8217;lgan. 1866 yil Turkiston viloyati harbiy gubernatori general Romanovskiy nomiga laganbardorlar muhri bosilgan tavsifnomaga imzo chekmagani tufayli general bilan munosabati yomonlashgan. 1867 yilda fon Kaufman Toshkentga kelganida Hakimxo&#8217;ja qozikalon xususidagi ta&#8217;riflarni eshitib, uning uyiga boradi. U bilan suhbatlashib muammoli masalalarda uning maslahatlariga muhtoj ekanligini bildirgan. Kaufman usta diplomat bo&#8217;lgani uchun Hakimxo&#8217;ja qozikalondan o&#8217;z manfaatlari yo&#8217;lida foydalanmoqchi bo&#8217;ladi. Bu hiylani payqagan qozi-kalon o&#8217;z arizasiga binoan vazifasidan bo&#8217;shatiladi. Qozikalon mansabi bekor qilingach. Hakimxo&#8217;ja qozikalonning o&#8217;g&#8217;li Muhiddinxo&#8217;ja qozi Sebzor qoziligiga saylanadi va 25 yilcha bu vazifani ado etadi. Ad.: O&#8217;zbekistonning yangi tarixi. 1-j. (Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida], T., 2000. Hamdam Sodiqov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hakimxo&#8217;ja qozikalon (1802 \u2014 Toshkent \u2014 ?) \u2014 Toshkentning so&#8217;nggi qozikaloni. 1865 yilda Rossiya qo&#8217;shinlari Toshkentni qamal qilganida shahar mudofaasi rahbarlaridan biri. Shahar rus qo&#8217;shinlari tomonidan egallangach, Hakimxo&#8217;ja qozikalon Abulqosim &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hakimxoja-qozikalon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108274","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108274","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108274"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108274\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108288,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108274\/revisions\/108288"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108274"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108274"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108274"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}