{"id":10830,"date":"2021-11-17T15:42:11","date_gmt":"2021-11-17T12:42:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10830"},"modified":"2025-10-30T09:20:07","modified_gmt":"2025-10-30T06:20:07","slug":"askomisetsimonlar-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/askomisetsimonlar-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ASKOMISETSIMONLAR haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ASKOMISETSIMONLAR, xaltachali zamburug&#8217;lar (Ascomycetes) \u2014 maxsus xaltachalarda rivojlanib etiladigan sporalar orqali ko&#8217;payuvchi zamburug&#8217;lar sinfi. 42000 dan ortiq turi bor. Ba&#8217;zi turlari jinssiz yo&#8217;l bilan turli konidial sporalar hosil qiladi. Zamburug&#8217; miseliysi bir yadro (gaplofaza) hujayrali va xaltacha hosil qiluvchi qo&#8217;sh yadro (diplofaza) hujayrali giflardan iborat. Askomisetsimonlarning eng soda tuzilgan vakillarida xaltacha bevosita zigotaaan etiladi; bunda giflarning ikki hujayrasi va hujayra yadrolari o&#8217;zaro qo&#8217;shilib, zigota hosil qiladi, zigota esa o&#8217;z navbatida xaltachaga aylanadi. Ayni vaqtda kopulyasiya tufayli yuzaga kelgan zigota yadrosi reduktsiya yo&#8217;li bilan ketmaket bo&#8217;lina boradi. Shu tariqa ikki yoki uch bo&#8217;linishdan so&#8217;ng to&#8217;rtta yoki sakkizta gaploid yadrolar, ularning yonida esa shu yadrolar soniga teng keladigan askosporalar hosil bo&#8217;ladi. Bunda zigotadan bitta xaltacha etiladi. Biroq ko&#8217;pchilik Askomisetsimonlarda (ayniqsa tanasidagi xaltachalari to&#8217;da-to&#8217;da bo&#8217;lib o&#8217;rnashgan vakillarida) zigotadan bitta emas, bir nechta xaltacha hosil bo&#8217;ladi. Askomisetsimonlar asosan tana tuzilishiga va qisman xaltacha shakliga mos holda bo&#8217;linadi. Ular yalang&#8217;och xaltachalilar, ya&#8217;ni tuban Askomisetsimonlar (Gymnoasci), mevaxaltachalilar (Carpoasci) va lokuloaskomisetlar (Loculoasci) deb ataluvchi uchta kenja sinfga hamda bir necha oilalarga bo&#8217;linadi. Keng tarqalgan, ko&#8217;pchilik saprofitlar tuproqda, turli organik qoldiqlarda uchraydi, oziq-ovqat mahsulotlarida ko&#8217;payib, ularni buzadi. Lishayniklar tanasida yashaydigan barcha zamburug&#8217;lar Askomisetsimonlarga kiradi. Konidiya davrida ko&#8217;pchilik Askomisetsimonlar o&#8217;simlik, hayvonlarda parazitlik qiladi, tsellyulozani va har xil sanoat mahsulotlarini yemirib zarar keltiradi. Askomisetsimonlar mikrobiologiya sanoatida fermentlar, antibiotiklar va boshqa mahsulotlar olish maqsadida foydalaniladi. Bir qancha turlari (qo&#8217;ziqorin, strochok, tryufel va boshqalar) dan oziq-ovqat sifatida foydalaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASKOMISETSIMONLAR, xaltachali zamburug&#8217;lar (Ascomycetes) \u2014 maxsus xaltachalarda rivojlanib etiladigan sporalar orqali ko&#8217;payuvchi zamburug&#8217;lar sinfi. 42000 dan ortiq turi bor. Ba&#8217;zi turlari jinssiz yo&#8217;l bilan turli konidial sporalar hosil qiladi. Zamburug&#8217; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/askomisetsimonlar-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10830","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10830","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10830"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10830\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163048,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10830\/revisions\/163048"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10830"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10830"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10830"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}