{"id":108328,"date":"2023-09-25T15:35:33","date_gmt":"2023-09-25T12:35:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108328"},"modified":"2023-09-25T15:35:37","modified_gmt":"2023-09-25T12:35:37","slug":"hind-yevropa-tillari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hind-yevropa-tillari\/","title":{"rendered":"Hind-Yevropa tillari"},"content":{"rendered":"\n<p>Hind-Yevropa tillari Yevrosiyoda mavjud bo&#8217;lgan, keyingi besh asr mobaynida esa shimol va Janubiy Amerika, Avstraliya, qisman Afrikada ham tarqalgan yirik til oilalaridan biri. Qiyosiy-tarixiy metod. Shunga muvofiq ravishda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik ham keyinchalik hind-Yevropa tillari deb atalgan bir qancha tillarni o&#8217;rganish asosida paydo bo&#8217;lgan. Shu sababli ham Hind-Yevropa tillari genetik aloqalariga ko&#8217;ra tillarning alohida birlashish shakli sifatida faraz qilingan dastlabki til oilasi hisoblanadi. Odatda fanda boshqa til oilalarini ajratish, belgilash bevosita yoki bilvosita Hind-Yevropa tillarini o&#8217;rganish tajribasiga tayanadi. Shuningdek, boshqa til guruhlari uchun qiyosiy-tarixiy grammatika va (etimologik) lug&#8217;atlar tuzishda ham Hind-Yevropa tillari uchun tuzilgan ana shunday ishlar tajribasi hisobga olinadi. Hind-Yevropa tillarining tarkibi quyidagilardan iborat: I) Xett-luviy yoki Anatoliy guruhi (kichik Osiyoda) 2 xilma-xil xronologik davrga mansub bir qancha tillarni qamrab oladi. Bular: miloddan avvalgi 18-13-asrlardagi mixxatli Xett yoki nesit (ilk yodgorligi \u2014 Xett podshosi Anittasning bitiklari, keyinroq \u2014 diniy marosim, mifologik, tarixiy, siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy, epik va boshqalar mazmundagi matnlar), mixxatli luviy, palay tillari; oraliq davr deb hisoblanuvchi miloddan avvalgi 9-8-asrlardagi ieroglifik Xett tili; miloddan avvalgi 7-3-asrlarda (antik davrda) mavjud bo&#8217;lgan Likiy, lidiy, Kariy, sidet va boshqa qadimgi tillardir. 19-asr oxirlari va 20-asrda Xett-luviy tillari materiallarining o&#8217;rganilishi qadimgi Hind-Yevropa tillarining tipi haqidagi tasavvurlarga ham, hind- Yevropa bobo tilining qurilishi qanday bo&#8217;lganligi haqidagi tushunchaga ham juda katta o&#8217;zgartirishlar kiritdi; 2) hind yoki hind-oriy guruhi (Hindiston yarim orolining shimoliy qismi, Shri Lanka oroli) 3 davrga mansub tillardan iborat. Bular: qadimgi davrdagi Veda tili (miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri \u2014 1-ming yillik boshlarida yaratilgan &#8220;Rigveda&#8221; gimnlar to&#8217;plami), mumtoz, epik va budda variantlariga ega bo&#8217;lgan Sanskrit tili; o&#8217;rta davrga mansub prakritlar \u2014 o&#8217;rta hind tillari: pali, payshachi, magadhi, apabhransha va boshqa tillar; yangi davrga mansub hindiy, Bihar, Bengal, assom, oriya. marathiy, Singal, Sindhi, lendi, panjobi, rajasthani, gujarot, khandeshi, paxari, Nepal, Pariya (yaqinda O&#8217;rta Osiyoda aniqlangan). lo&#8217;li (Hindistonning o&#8217;zida bir necha shevalarga ega hamda jahon bo&#8217;ylab bir qancha variantlarda tarqalib ketgan) tillari; 3) eroniy guruhdagi tillar ham 3 davrga mansub bo&#8217;lib, bular quyidagilardir: qadimgi davrdagi Avesto (muqaddas matnlar to&#8217;plami &#8220;Avesto&#8221; yodgorligi tili), qadimgi Fors (Axomaniylar davridagi, miloddan avvalgi 6\u2014 4-asrlarga mansub mixxat yozuvlari tili), midiy, skif tillari; o&#8217;rta eroniy davr (miloddan avvalgi 4-3-asrlar \u2014 milodiy 8-9-asrlar) ga mansub o&#8217;rta fors (yoki pahlaviy), parfiya, Sug&#8217;d, Xorazmiy, Baqtriya, Alan tillari; yangi eroniy davr tillari esa fors (forsiy, forsiyi dari), tojik, pushtu (pashto&#8217;, afg&#8217;on), yozuvga ega bo&#8217;lmagan Luriy va Baxtiyoriy lahjalari, baluj (baluch), tot, tolish, Gilon va Mozandaron, Markaziy va G&#8217;arbiy Eron lahjalari, parachi, ormuri, qumzori, munjon, yag&#8217;nob, osetin tillari, shuningdek, ko&#8217;plab pomir tillari; 4)toxar guruhi &#8220;toxar A&#8221; (Sharqiy toxar yoki Turfon) va &#8220;toxar B&#8221; (garbiy toxar yoki kuchan) tillaridan iborat; 5) arman tili qadimgi (milodiy 5-11- asrlar), o&#8217;rta (12-16-asrlar) va yangi (17-asrdan) arman tili o&#8217;zaro farqlanadi; 6) Frigiy tili (kichik Osiyoning g&#8217;arbiy qismi) miloddan avvalgi 8-3-asrlarga mansub qadimgi frigiy bitiklaridan ma&#8217;lum o&#8217;lik til; 7) frakiy tili (Bolqonning Sharqiy qismi va kichik Osiyoning shimoli-g&#8217;arbida) \u2014 miloddan avvalgi 6-5-asrlarga mansub bir qancha bitiklardan ma&#8217;lum o&#8217;lik til; 8) illiriy guruhi (Bolqonning g&#8217;arbiy qismi va qisman Italiyaning Janubi-sharqida) miloddan avvalgi 6\u2014 1-asrlarga mansub, bir qancha Lugaviy birliklar, shaxs va joy nomini bildiruvchi so&#8217;zlarda saqlanib qolgan o&#8217;lik illiriy va messap tillaridan iborat; 9) alban tili milodiy 15-asrga mansub yozma yodgorliklardan boshlab ma&#8217;lum; 10) Venet tili (Italiyaning shimoli-sharqida) miloddan avvalgi 6-1-asrlarga mansub 250 dan ortiq bitiklar orqali ma&#8217;lum bo&#8217;lgan o&#8217;lik til; II) yunon (grek) guruhi asl yunon (qadimgi grek. \u2014 miloddan avvalgi 15\u2014 11-asrlar), Gomer dostonlari tili (miloddan avvalgi 10-9-asrlar), o&#8217;rta grek tili (milodiy 1 \u201415-asrlar) kabi o&#8217;lik tillarni hamda yangi, zamonaviy grek tilini qamrab oladi; 12) italiy guruhi (Apennin yarim orolida) qadimgi davrdagi lotin tilini (dastlab Rim shevasi maqomida bo&#8217;lib, keyinchalik butun Italiyaga, Yevropaning katta qismiga, shimoliy Afrikaga tarqalgan, miloddan avvalgi 6-asrga mansub bitiklardan ma&#8217;lum o&#8217;lik til), osk, falisk, umbr, sikul tillarini hamda yangi davrdagi roman tillarinn qamrab oladi; roman guruhi frantsuz, oksitan (provansal), ispan, Katalan, galisi(ya), portugal, italyan, sard, reto-roman, rumin, moldovan, arumin (aromun) va 19-asrdan o&#8217;lik hisoblanadigan dalmatin tillaridan iborat. Roman tillari asosida esperanto kabi xalqaro sun&#8217;iy tillar paydo bo&#8217;lgan; 13) kelt guruhi (G&#8217;arbiy Yevropaning chekka qismi \u2014 Irlandiya va Shotlandiyadan Pireney yarim oroligacha bo&#8217;lgan hududda) 3 guruhchaga (Gall, Britt, goydel) bo&#8217;linadi. Bu guruhga Gall (o&#8217;lik), Uels, Breton, korn (o&#8217;lik), irland, shotland (gel), kelt, keltiber, men (o&#8217;lik) va boshqa tillar kiradi; 14) german guruhi o&#8217;z navbatida 3 guruhchaga bo&#8217;linadi: Sharqiy german [o&#8217;lik tillar \u2014 got (milodiy 4-asrdan ma&#8217;lum), vandal, burgund va boshqalar g&#8217;arbiy german [yuqori nemis, nemis, itsish (yangi yahudiy). quyi nemis, niderland (golland), flamand, Afrikaans (bur), qadimgi ingliz (o&#8217;lik), ingliz, Friz tillari] va shimoliy german [Islanddan (dat), shved, norveg (bir-biridan farqlanuvchi 2 adabiy shakli bor), Farer tillari] guruhchalari; 15) Boltiq guruhi odatda g&#8217;arbiy Boltiq prus, yatvyaj (sudav), galind (golyad), shalav kabi o&#8217;lik tillar va Sharqiy Boltiq (litva, latish \u2014 jonli tillar, kursh, selon \u2014 o&#8217;lik tillar) guruhchalariga ajraladi; 16) slavyan guruhi ham o&#8217;z navbatida 3 guruhchaga bo&#8217;linadi: Janubiy slavyan eski slavyan (10\u2014 11-asr yodgorliklaridan ma&#8217;lum o&#8217;lik til) va jonli tillar: bolgar, makedon, serb-xorvat, sloven tillari, g&#8217;arbiy slavyan (Chex, slovak, polyak, kashub kabi jonli tillar hamda o&#8217;lik polab tili va boshqa bir qancha lahjalar) va Sharqiy slavyan (rus, ukrain, Belorus tillari) guruhchalari. Shubhasiz, yuqoridagilardan boshqa Hind-Yevropa tillari ham mavjud bo&#8217;lgan. Ularning ba&#8217;zilari izsiz yo&#8217;qolib, &#8220;o&#8217;lib&#8221; ketganlar, ba&#8217;zilari esa u yoki bu darajada toponimika materiallarida hamda substrat so&#8217;zlarda saqlanib qolgan. Yana boshqa bir tillarning (masalan, etrusk tili) esa Hind-Yevropa tillariga mansubligi masalasi hanuzgacha hal etilmagan. Hind-Yevropa tillarining davr va makon qamrovi juda ulkan: davr nuqtai nazaridan Hind-Yevropa tillari mavjudligi miloddan avvalgi 2-ming yillik avvalidan boshlansa, makon nuqtai nazaridan esa g&#8217;arbda Atlantika okeani qirg&#8217;oqlaridan Sharqda Markaziy Osiyogacha, shimolda Skandinaviyadan Janubda O\u2019rta dengizgacha bo&#8217;lgan ulkan hududda mavjud bo&#8217;lgan; keyingi 500 yil ichida ingliz, ispan, frantsuz, portugal, niderland, rus kabi yangi Hind-Yevropa tillarining keng tarqalishi, yoyilishi bu tillarning barcha qit&#8217;alarda paydo bo&#8217;lishiga, asosiy yoki ikkinchi, yordamchi til sifatida qo&#8217;llana boshlashiga sabab bo&#8217;ldi. Hind-Yevropa tillarining tarqalishida tabiiy-tarixiy tarzda yoki mustamlakachilik siyosati tufayli ro&#8217;y bergan aholi (xalqlar, elatlar) migrasiyasi ham katta rol o&#8217;ynagan. Hind-Yevropa tillari tarmog&#8217;ining dialektal bo&#8217;linishi xususiyatlaridan biri sifatida hind-oriy tillari bilan eroniy tillarning, Boltiq tillari bilan slavyan tillarining juda yaqinligini, italiy va kelt tillarining esa bir qadar yaqinligini ko&#8217;rsatish mumkin. Bunday yaqinlik va o&#8217;xshashliklar boshqa til guruhlarida ham kuzatiladi. Hind-Yevropa tilshunosligi tarixining bir yarim asrdan ko&#8217;proq davri mobaynida Hind-Yevropa tillarining tarkibi haqidagi tushuncha odatda tillarning ko&#8217;payib borishi tomon o&#8217;zgargani kabi (masalan, Hind-Yevropa tillarining dastlabki yadrosi, o&#8217;rganilish ob&#8217;yekti sanskrit, yunon, lotin, german tillari bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa, keyinchapik bu doira kelt, Boltiq, slavyan tillari, alban va arman tillari, 20-asrda esa Xett-luviy va toxar tillari hisobiga kengaydi), bu tushuncha hozir ham unchalik barqaror emas, chunki hali chuqur o&#8217;rganilmagan, to&#8217;la o&#8217;qish imkoni bo&#8217;lmagan tillar anchagina. Rus olimi V.M.Illich-Svitich tomonidan Hind-Yevropa tillarining yanada qadimiyroq qarindoshlik aloqalari haqidagi nazariya ilgari surilgan. Unga ko&#8217;ra, Hind-Yevropa tillarining &#8220;Nostratik&#8221; deb ataluvchi va som-hom (afroosiyo), Ural, Oltoy, dravid va kartvel singari yirik til oilalarini qamrab oluvchi ulkan oila bilan qarindoshlik aloqalari bir qator fonetik va qisman morfologik moslik (o&#8217;xshashlik)lar bilan isbotlangan. Hind-Yevropa tillarini o&#8217;rganish, birinchidan, qiyosiy-tarixiy metodnnng kelib chiqishiga va qiyosiy-tarixiy tilshunosliknnng paydo bo&#8217;lishiga, ikkinchidan, bu sohaning qiyosiy-tarixiy tilshunoslikdagi alohida bir bo&#8217;lim \u2014 hind-yevropashunoslik tarzida shakllanishiga sabab bo&#8217;ldi. Ll.Meye A., Vvedsnie v sravnitslnoe izuchenis indoevropeyskix yaznkov, PSR. s angl., M.-L., 1938;Portsig V., Chlenenie Indo-evropeyskoy yaznkovoy oblasti, Per. s Nsm., M., 1964; Ivanov V.V., Obsheindoevro-peyskaya, praslavyanskaya i anatoliyskaya yazmkovms sintezm, M., 1965; Il l i ch-S vitmch V.M.. Opit sravneniya nostraticheskix yazikov. Sravnitelniy slovar [t. 1-3|, M., 1971-84; Yaziki Azii i Afriki, t. 1-2. In-doevropeyskie yaznki, M., 1976-78; GAMK-relidze T.V., Ivanov V.V., Indo-yevropeyskiy yaznk i indoevropeytsn. Rekon-struktsiya i Istoriko-tiiologicheskiy analiz prayazmka i protokulturn, kn. 1-2, Tbilisi, 1984; Sravnitslnoe yazmkoznanie i istoriya yazmkov. L., 1984. Abduvahob Madvaliev, Ilhom Madrahimov, O&#8217;roq Lafasov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hind-Yevropa tillari Yevrosiyoda mavjud bo&#8217;lgan, keyingi besh asr mobaynida esa shimol va Janubiy Amerika, Avstraliya, qisman Afrikada ham tarqalgan yirik til oilalaridan biri. Qiyosiy-tarixiy metod. Shunga muvofiq ravishda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hind-yevropa-tillari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108328","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108328","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108328"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108328\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108332,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108328\/revisions\/108332"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108328"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108328"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108328"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}