{"id":108330,"date":"2023-09-25T15:35:35","date_gmt":"2023-09-25T12:35:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108330"},"modified":"2023-09-25T15:35:38","modified_gmt":"2023-09-25T12:35:38","slug":"hid-bilish-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hid-bilish-2\/","title":{"rendered":"Hid bilish"},"content":{"rendered":"\n<p>Hid bilish \u2014 odam va hayvonlar burun bo&#8217;shlig&#8217;ining yuqori qismida joylashgan maxsus sezgi a&#8217;zolari (hid bilish reseptorlari) orqali hidlarni sezish. Hayvonlarda Hid bilish ovqat qidirish, yo&#8217;l topish, aniq joyni belgilash, qarama-qarshi jinsni izlash, shuningdek, bilish vositalaridan biri hisoblanadi va hokazolar. Odamlarda Hid bilishning ahamiyati hayvonlardagiga qaraganda kamroq, biroq Hid bilishning yo&#8217;qolishi odam uchun azob hisoblanadi (qattiq tumov bo&#8217;lganda ovqatning qanchalik bemaza tuyilishini eslab ko&#8217;raylik). Hid bilmaydigan odamlar ko&#8217;pincha ovqatdan zaharlanishi mumkin, chunki biror ovqatning sifatliligini hididan bila olmaydi. Har bir odamda ko&#8217;pgina hissiyotlar hidni sezishga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Yomon hid kayfiyatni buzishi, yaxshisi ko&#8217;tarishi mumkin. Hidlarni burunning shilliq pardasida joylashgan maxsus retseptorlar sezadi, u yerda bor-yo&#8217;g&#8217;i 5\u2014 10 sm2 joyda taxminan 50 million alohida hid sezuvchi retseptorlar bo&#8217;ladi. Bunda har bir retseptor yuzasi nihoyatda mayda o&#8217;simtalar hisobiga ko&#8217;p marta ortadi. Shilliq parda yuzasida joylashgan Hid bilish retseptorlari shu hujayralar ajratadigan shilliq modda bilan doimo namlanib turadi. Hidli moddalar havo bilan burun bo&#8217;shlig&#8217;iga tushadi, shilliqda eriydi va reseptorlarni ta&#8217;sirlaydi, u yerdan hid haqidagi axborot hid bilish nervi orqali bosh miyaga o&#8217;tkaziladi, bosh miyada esa bizning hid haqidagi (uning o&#8217;tkirligi, sifati va boshqalar) taassurotimiz shakllanadi. Hid bilish analizatorlari xilma-xil hidli moddalar turlarini farqlay oladi. Izquvar it, masalan, hidga qarab ko&#8217;pchilik odamlar ichidan ma&#8217;lum bittasini topa oladi, ya&#8217;ni har bir odam, har bir hayvon faqat o&#8217;ziga xos hidga ega. Hid bilish xususan bahorda va yozda, ayniqsa issiq nam havoda, shuningdek, yorug&#8217;likda qorong&#8217;idagiga qaraganda o&#8217;tkir bo&#8217;ladi. Retseptorlarning hidli moddalar bilan uzoq vaqt ta&#8217;sirlanib turishi shu hidga o&#8217;rganib qolishga olib keladi, keyin odam bu hidni sezmaydigan bo&#8217;lib qoladi. Bir hidga boshqasi ta&#8217;sir qilgandan keyin hidlar aralashib, o&#8217;zgacha hidga aylanishi natijasida odam hidga ortiqcha sezgir bo&#8217;lib qolishi mumkin. Yosh o&#8217;tishi bilan Hid bilish ham susayadi. Hid bilishning buzilishi \u2014 hid bilmaslik (anosmiya), turli hidlarga sezuvchanlikning ortishi (giperosmiya), burun shilliq pardalari kasalliklari (tumov), bosh miya ayrim bo&#8217;laklarining o&#8217;smasi va shikastlanishi ba&#8217;zi bir psixik kasalliklarda uchraydi (bunday hollarda Hid bilishga odatda hidlarni sezish gallyusinasiyasi qo&#8217;shiladi). Ba&#8217;zi homilador ayollarda ham hid bilmaslik holati kuzatiladi. Hid bilish pasayganda yoki yo&#8217;qolganda darhol vrachga murojaat qilish va sababini aniqlash zarur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hid bilish \u2014 odam va hayvonlar burun bo&#8217;shlig&#8217;ining yuqori qismida joylashgan maxsus sezgi a&#8217;zolari (hid bilish reseptorlari) orqali hidlarni sezish. Hayvonlarda Hid bilish ovqat qidirish, yo&#8217;l topish, aniq joyni belgilash, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hid-bilish-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108330","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108330","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108330"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108330\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108334,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108330\/revisions\/108334"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108330"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108330"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108330"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}