{"id":108338,"date":"2023-09-25T15:37:08","date_gmt":"2023-09-25T12:37:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108338"},"modified":"2023-09-25T15:37:11","modified_gmt":"2023-09-25T12:37:11","slug":"harbiy-fan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/harbiy-fan\/","title":{"rendered":"Harbiy fan"},"content":{"rendered":"\n<p>Harbiy fan \u2014 urushga tayyorlanish va urush olib borish haqidagi bilimlar tizimi. Harbiy fanning eng muhim tarkibiy qismlari: harbiy san&#8217;at nazariyasi; qurolli kuchlar qurilishi nazariyasi; qurolli kuchlar harbiy ixtisodiyoti va front orti nazariyasi; harbiy ta&#8217;lim-tarbiya nazariyasi va boshqalar. Harbiy fan ijtimoiy, tabiiy va texnikaviy fanlarning maxsus sohalari bilan bog&#8217;liq. Harbiy fan uzoq tarixiy davr mobaynida tashkil topgan va rivojlangan. Ilk harbiy-nazariy bilimlar qad. Misr, Eron, Xitoy, Yunoniston va Rimda paydo bo&#8217;lgan; urush tajribalari umumlashtirilib, harbiy-tarixiy ma&#8217;lumotlar to&#8217;plangan. O&#8217;rta asrlarda professional armiyalarning paydo bo&#8217;lishi, yangicha o&#8217;t sochar qurollarning joriy etilishi urush olib borish usullariga ham o&#8217;zgartirishlar kiritli. Bu esa, o&#8217;z navbatida, Harbiy fanga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Bu davrda yaratilgan asarlar harbiy-tarixiy bayon xarakterida bo&#8217;lsa ham Harbiy fanning kelgusi taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega. 18-asr urushlarida to&#8217;plangan va umumlashtirilgan amaliy jangovar tajribalar harbiy-nazariy fikrning rivoj topishiga sabab bo&#8217;ldi. Xususan, Buyuk fransuz inqilobi (18-asr oxiri) Harbiy fan asoslarining tashkil topishida muhim rol o&#8217;ynadi. 19-asrda G&#8217;arbiy Yevropada Harbiy fan yangicha moddiy-texnika bazasi asosida rivojlandi. Qurol-yarog&#8217;va jangovar texnika (ayniqsa artilleriya) takomillashdi, ko&#8217;pgina mamlakatlarda harbiy xizmat majburiyati joriy etildi, armiyaning soni o&#8217;sdi. Qurolli kuchlar qurilishi, qo&#8217;shin ta&#8217;limi va tarbiyasi masalalarini ishlab chiqishga kirishildi. Napoleon I Frantsiya qurolli kuchlarini qayta qurib, urush olib borishning yangicha shakl va usullarini ishlab chiqish va qo&#8217;llash bilan Harbiy fan taraqqiyotiga salmoqli hissa qo&#8217;shdi. 19-asrning 2-yarmida vujudga kelgan bosh shtablar harbiy ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish markazlariga aylandi. Rossiyada harbiy ishning tubdan qayta tuzilishi Pyotr I nomi bilan bog&#8217;liq. U strategiya va taktikaning rivojlanishiga katta hissa qo&#8217;shdi, qator yirik harbiy islohotlar qildi, harbiy ta&#8217;limning samarador usullarini ishlab chiqdi. Rus Harbiy fanining taraqqiyotiga P.A.Rumyantsev, A.V.Suvorov, M.I.Kutuzov, F.F.Ushakov va boshqa yirik sarkardalar salmoqli hissa qo&#8217;shdilar. Ikkinchi jahon urushipyan keying davrda fan-texnika taraqqiyoti tufayli harbiy ishda tub o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y berdi. Raketa-yadro qurollari va boshqalar yangicha urush vositalarining paydo bo&#8217;lishi va rivoj topishi qurolli kuchlar tuzilishida, mamlakatni ehtimol tutilgan urushga tayyorlashning xarakterida yangi sifat o&#8217;zgarishlariga olib keldi. Harbiy fanning xulosalari va ilmiy asoslangan tavsiyalaridan jahonning yetakchi davlatlari o&#8217;z mudofaa qudratlarini yanada oshirish yo&#8217;lida foydalanmoqdalar. O&#8217;rta Osiyo xalqlari tarixida ham Harbiy fan muhim o&#8217;rin tutgan. Urxun-Yenisey bitiktoshlari, Nizomulmulkning &#8220;Siyosatnoma&#8221;, Yusuf Xos Hojibning &#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221; kabi asarlarida harbiy ishga doir qator pandnomalarni uchratish mumkin. Ularda jangga tayyorgarlik ko&#8217;rish, janggohni tanlash, qo&#8217;shinni saflash, qo&#8217;shin ta&#8217;minoti va boshqalarga oid ko&#8217;plab ma&#8217;lumotlarni uchratish mumkin. Amir Temur va Temuriylar davrida harbiy san&#8217;atning yuksalishi bilan Harbiy fan sohasida ham nazariy asarlar paydo bo&#8217;ldi. Ular orasida &#8220;Temur tuzuklari&#8221; mumtoz o&#8217;rinni egallaydi. Asarda qo&#8217;shin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, eipohiylarning maoshi, qo&#8217;shin boshliqlarining burch va vazifalari, ularning alohida xizmatlarini taqtsirlash va boshqalar qayd etilgan. Bu asar keyingi davr hukmdorlari uchun ham dasturilamal bo&#8217;lib xizmat qilgan. O&#8217;zbekistonda Harbiy fan turli oliy va o&#8217;rta harbiy bilim yurtlarida o&#8217;qitilib kelinmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Harbiy fan \u2014 urushga tayyorlanish va urush olib borish haqidagi bilimlar tizimi. Harbiy fanning eng muhim tarkibiy qismlari: harbiy san&#8217;at nazariyasi; qurolli kuchlar qurilishi nazariyasi; qurolli kuchlar harbiy ixtisodiyoti va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/harbiy-fan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108338","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108338","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108338"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108338\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108342,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108338\/revisions\/108342"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108338"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108338"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108338"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}