{"id":108346,"date":"2023-09-25T15:38:23","date_gmt":"2023-09-25T12:38:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108346"},"modified":"2023-09-25T15:38:26","modified_gmt":"2023-09-25T12:38:26","slug":"hamroyev-razzoq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hamroyev-razzoq\/","title":{"rendered":"Hamroyev Razzoq"},"content":{"rendered":"\n<p>Hamroyev Razzoq (1910.30.11 &#8211; Shofirkon tumani, Tezguzar qishlog&#8217;i \u2014 1981.5.5, Toshkent) \u2014 aktyor, rejissyor, pedagog. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1951). Xalq artisti (1973). Toshkentdagi o&#8217;lka yerlar bilim yurtini (1930), Toshkent teatr va rassomlik san&#8217;ati institutini tugatgan (1954). Namangan teatri asoschilaridan (1931). Namangan teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor, badiiy rahbar (1931-45). 1946 yildan Muqimiy teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor (1959-76), 1977 yildan rejissyor. Ayni vaqtda, 1954 yildan Toshkent teatr va rassomlik san&#8217;ati institutida dars bergan, professor (1978 yildan). &#8220;Tohir va Zuhra&#8221; (S. Abdulla)dagi Nozim, &#8220;Rustam&#8221; (U. Ismoilov)dagi Rustamlar Hamroyevning sahnada yaratgan ilk obrazlaridir. Hamroyev sahna va ekran navoiynomasining shakllanishiga salmoqli hissa qo&#8217;shgan. Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan &#8220;Farhod va Shirin&#8221; musiqali dramasida Xusrav, Xoqon rollarini, &#8220;Navoiy&#8221; (Oybek) dramasida Navoiy rolini ijro etgan. Shuningdek, uning teatr sahnasida yaratgan Ferdinand (F.Shiller, &#8220;makr va muhabbat&#8221;), Pantalone (K.Gossi, &#8220;Malikai Turondot&#8221;), Arslon (K.Yashin, &#8220;tor-mor&#8221;), Muqimiy (S.Abdulla, &#8220;Muqimiy&#8221;), Hamza (K.Yashin, A.Umariy, &#8220;Hamza&#8221;), Trufaldino, Kavaler (K.Goldoni, &#8220;ikki boyga bir malay&#8221;, &#8220;musofirxona bekasi&#8221;), Malvolio (U.Shekspir, &#8220;o&#8217;n ikkinchi kecha&#8221;), Melivoy (H. G&#8217;ulom, &#8220;Toshbolta oshiq&#8221;) kabi obrazlari ham mashhur. Hamroyev o&#8217;zbek kinosida ham chuqur falsafiy, hajviy, mazmunli obrazlar yaratdi: Nozim (&#8220;Tohir va Zuhra&#8221;), Navoiy (&#8220;Alisher Navoiy&#8221;), Xo&#8217;ja Nasriddin (&#8220;Nasriddinning sarguzashtlari&#8221;), Beruniy (&#8220;Abu Ali ibn Sino&#8221;), Muqimiy (&#8220;Furqat&#8221;), Mirzakarim qutidor (&#8220;o&#8217;tgan kunlar&#8221;), tog&#8217;a (&#8220;yor- yor&#8221;), Toshtemir dorboz (&#8220;dorbozlar&#8221;), Ibn Iroq (&#8220;Abu Rayhon Beruniy&#8221;), Ja&#8217;farbek (&#8220;Jayxun&#8221;), Rahimjon mirob (&#8220;Mirzacho&#8217;l&#8221;), Usmonboy (&#8220;Xorazm afsonasi&#8221;), Nomozov (&#8220;komandirning qaytishi&#8221;), G&#8217;ofir (&#8220;seni kutamiz, Yigit&#8221;) va boshqalar shular jumlasidan. Aktyor ekranda yaratgan Alisher Navoiy obrazi san&#8217;atkor ijodida alohida o&#8217;rin tutadi. Navoiyni mutaffakkir shoir, xalqparvar davlat arbobi, sodiq do&#8217;st sifatida yorqin gavdalantirdi, uning ichki kechinmalarini tomoshabinga mohirona yetkazdi, davr qarama-qarshiliklarini ifodalashda katta iste&#8217;dodini namoyish qildi. 1968 yil Muqimiy teatrida shoirning 525 yilligi munosabat bilan Hamroyev &#8220;Navoiy Astrobodda&#8221; (I.Maxsumov; Yu.Rajabiy, S.Jalil) musiqali dramasini sahnalashtirib, o&#8217;zi bosh rolni ijro etdi. Navoiyning baytu-g&#8217;azallarini ajoyib talaffuzda ma&#8217;noli, jarangdor, yuksak mahorat bilan va ta&#8217;sirchan o&#8217;qish bilan obrazning ta&#8217;sir kuchini yanada oshirdi. Uning rejissyor sifatida ayniqsa, musiqali drama janri taraqqiyotida xizmatlari alohida. &#8220;Farhod va Shirin&#8221;, &#8220;Layli va Majnun&#8221;, &#8220;Oltin ko&#8217;l&#8221;, &#8220;nurxon&#8221;, &#8220;makr va muhabbat&#8221;, &#8220;Muqimiy&#8221;, &#8220;Guli siyoh&#8221;, &#8220;Farg&#8217;ona tong otguncha&#8221;, &#8220;Toshbolta oshiq&#8221; kabi Hamroyev rejissyorlik qilgan drama, komediya, musiqali drama kabi turli janrdagi spektakllar chuqur hayotiyligi, yuksak ijro saviyasi va teran g&#8217;oyaviy mazmuni bilan ajralib turadi. U nafaqat Muqimiy teatrida balki Respublikamizning viloyat teatrlarida ham ko&#8217;pgina spektakllar sahnalashtirgan. Davlat mukofoti (1948), Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofotlari (1964, 1970) laureati. Vafotidan so&#8217;ng &#8220;Buyuk xizmatlari uchun&#8221; ordeni bilan mukofotlangan (2003). Mohina Ashirova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hamroyev Razzoq (1910.30.11 &#8211; Shofirkon tumani, Tezguzar qishlog&#8217;i \u2014 1981.5.5, Toshkent) \u2014 aktyor, rejissyor, pedagog. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1951). Xalq artisti (1973). Toshkentdagi o&#8217;lka yerlar bilim yurtini (1930), Toshkent teatr &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hamroyev-razzoq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108346","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108346","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108346"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108346\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108350,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108346\/revisions\/108350"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108346"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108346"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108346"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}