{"id":108353,"date":"2023-09-25T15:39:45","date_gmt":"2023-09-25T12:39:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108353"},"modified":"2023-09-25T15:39:49","modified_gmt":"2023-09-25T12:39:49","slug":"hammom","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hammom\/","title":{"rendered":"Hammom"},"content":{"rendered":"\n<p>Hammom \u2014 cho&#8217;milish, yuvinish va poklanish uchun qurilgan maxsus bino. Asosiy xonasida issiq Sui va issiq havo (turk, fin, Rim Hammomlarida), issiq suv va bug&#8217; (rus, tatar Hammomlarida) ta&#8217;sirida tsrlab, yuviniladi. Inson salomatligida Hammomning aqamiyati katta. Sharq mamlakatlarida o&#8217;ziga xos me&#8217;moriy Hammomlar qadimdan ma&#8217;lum. Yozma manbalar, arxeologiya ma&#8217;lumotlari 10-12- asrlarda O&#8217;rta Osiyo (Buxoro, Taroz, Niso va boshqa shaharlar) da Hammomlar issiqlikni saqlash maqsadida yerni chuqur qazib, deyarli yer ostida, yarim yer to&#8217;la tarzida qurilganini ko&#8217;rsatadi. Buxoroda 16-asrda qurilgan Misgaron, Sarrofon Hammomlari saqlangan. Arxitekturasi bir-biriga juda o&#8217;xshash bo&#8217;lgan bu Hammomlarning yechinish xonasi, choy ichib hordiq chiqariladigan katta (yog&#8217;och ustunli) xona, o&#8217;rtada asosiy uqalash xonasi, uning atrofida yuviniladigan xonalar bo&#8217;lib, ular katta va kichik gumbazlar bilan yopilgan. G&#8217;isht, tosh terib ishlangan Hovuzak (bak) larda issiq va qay-noq suvlar, xonalar ostidan qaynoq havo bilan isitilgan. Xonalardan xonalarga o&#8217;tilgan (xonalar ichkariga tomon tobora isiy borgan). Oqava suvlar uchun ariqchalar qazilgan, xushbo&#8217;y moddalar va kul suv (ishqorli suv) uchun mo&#8217;ljallangan hovuzchalar sirti suvga chidamli maxsus qorishmalar (&#8220;qir&#8221;) bilan qoplangan. Devorlar ganch bilan suvalgan, sirli sopol parchinlar bilan bezatilgan. Shahrisabz, Qarshi, Xiva (Anushon Hammomi) kabi shaharlarda qad. me&#8217;moriy Hammomlar saqlangan. Turkiyada 15-17-asrlarda qurilgan ulug&#8217;vor Hammomlar saqlangan. Ularning ko&#8217;pchiligi ayollar va erkaklar uchun ikki qismdan iborat simmetrik qilib qurilgan. Boyazid hammomi (1501), me&#8217;mor Xo&#8217;ja Sinon loyihasi bilan qurilgan chinnili (1545), Xaseki (1556) Hammomlari muhim jamoat binolari qatorida serhashamligi bilan diqqatni tortadi. Zamonaviy Hammomlarning turli-tuman shakllari mavjud; suzish basseynlari, dezinfektsiya kameralari, fizioterapiya tadbirlari uchun xonalari, vannali va dushli, alohida xonalari dushlardan iborat yozgi pavilonlari bo&#8217;lgan Hammomlar bor. Hammomlarning tarhi ularning vazifa- siga qarab belgilanadi. Kishi Hammomda yuvinganida uning barcha organizmi ta&#8217;sirlanadi. Issiqxonada badanning issiqtik chiqarishi qisman to&#8217;xtaydi, uning temperaturasi 38-39\u00b0 gacha ko&#8217;tariladi. Organizmda oksidlanish jarayoni va moddalar almashinuvi kuchayadi. Badandan kuchli ter chiqishi tufayli organizmning moddalar almashinuvida hosil bo&#8217;ladigan mahsulotlarning chiqib ketishi zo&#8217;rayadi, buyrakning ishi yengillashadi. Issiq havo ta&#8217;sirida teri kapillyar qon tomirlari kengayib, qon aylanishi yaxshilanadi. Yurak kasalligi, ateroskleroz, anevrizma, gipertoniya bilan og&#8217;rigan kishilar, shuningdek, bolalarning issiqxona (bug&#8217;xona)dan foydalanishlari yaramaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hammom \u2014 cho&#8217;milish, yuvinish va poklanish uchun qurilgan maxsus bino. Asosiy xonasida issiq Sui va issiq havo (turk, fin, Rim Hammomlarida), issiq suv va bug&#8217; (rus, tatar Hammomlarida) ta&#8217;sirida tsrlab, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hammom\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108353","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108353","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108353"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108353\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108357,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108353\/revisions\/108357"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108353"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108353"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108353"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}