{"id":108355,"date":"2023-09-25T15:39:48","date_gmt":"2023-09-25T12:39:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108355"},"modified":"2023-09-25T15:39:51","modified_gmt":"2023-09-25T12:39:51","slug":"hamid-gulom","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hamid-gulom\/","title":{"rendered":"Hamid G&#8217;ulom"},"content":{"rendered":"\n<p>Hamid G&#8217;ulom (G&#8217;ulomov Hamid Ubaydullayevich) (1919.25.4 \u2014 Toshkent \u2014 2005.21.8) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1979), O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1969). O&#8217;rta Osiyo industrial institutining ishchilar (1933) va tog&#8217; fakultetlarini, Pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetida Moskvadagi Oliy adabiyot kursida ta&#8217;lim olgan. &#8220;Qizil Tojikiston&#8221; gazetasida adabiy xodim (1938-41), JCHM O&#8217;zbekiston davlat nashriyotida muharrir (1941\u2014 42), respublika radio komitetida suxandon va muharrir (1943 -44), &#8220;qizil O&#8217;zbekiston&#8221; gazetada bo&#8217;lim mudiri va mas&#8217;ul kotib (1944\u2014 54), &#8220;literaturnaya gazeta&#8221;ning O&#8217;zbekiston bo&#8217;yicha maxsus muxbiri (1956\u2014 58), O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hay&#8217;atida kotib (1958-65), &#8220;Sharq yulduzi&#8221; jur.da bosh muharrir (1965-71), G&#8217;afur G&#8217;ulom nomidagi adabiyot va san&#8217;at nashriyotida direktor (1971-81). Ilk she&#8217;rlar to&#8217;plami \u2014 &#8220;qasosim bor&#8221; (1942). &#8220;Haykal&#8221; (1943), &#8220;Salyut&#8221; (1945), &#8220;Vatan kuylari&#8221; (1949), &#8220;yangi bog'&#8221; (1951), &#8220;dalamizga keling&#8221; (1954), &#8220;Qit&#8217;alar uyg&#8217;oq&#8221; (1960), &#8220;oshiq ko&#8217;ngil&#8221; (1974) singari she&#8217;riy to&#8217;plamlar hamda &#8220;Hayot ishqi&#8221;, &#8220;Lola ko&#8217;l&#8221;, &#8220;Amazonka qo&#8217;shig&#8217;i&#8221; singari dostonlar muallifi. Hamid G&#8217;ulom she&#8217;riyatiga xos asosiy xususiyat shundaki, u lirik qahramonning ruhiy olamini ochish, uning tuyg&#8217;u va kechinmalaridagi iztirob va ichki kurashni tasvirlashga emas, balki umuminsoniy fikr va g&#8217;oyalarni kuylashga ko&#8217;proq urg&#8217;u bergan. Ko&#8217;pincha tantanavor ohanglar yordamida voqelikka bo&#8217;lgan munosabatini ifodalashga, kitobxon bilan muloqotda bo&#8217;lishga intilgan. Hamid G&#8217;ulom &#8220;Olmos qizi&#8221; (1956) ilk qissasidan keyin nasriy janrlarda ko&#8217;proq ijod qilg&#8217;an. 2 kitobdan iborat &#8220;mash&#8217;al&#8221; (1958-61) romanida o&#8217;tgan asrning 20-yillarida O&#8217;zbekistonda sosialistik tuzumning barpo etilishi bilan bog&#8217;liq voqealarni aks ettirishni o&#8217;z oldiga maqsad qilib qo&#8217;ygan. Mazkur romandagi bir necha qahramonlar (Botirali, E&#8217;zozxon va boshqalar) obrazi mahorat bilan tasvirlanganiga qaramay, murakkab va hatto fojiali tarixiy davr unda o&#8217;zining bir yoqlama ifodasini topgan. Yozuvchi &#8220;senga intilaman&#8221; (1963) romanida 50-yillarda qo&#8217;riq va bo&#8217;z yerlarning o&#8217;zlashtirilishi mavzuiga murojaat etgan, &#8220;toshkentliklar&#8221; (1967) romanida esa hamshaharlarining 2-jahon urushidan avvalgi va urush yillaridagi fidokorona mehnatini tasvirlash asosida o&#8217;zbek xalqiga xos jasorat va qahramonlikni badiiy mujassamlantirishga intilgan. Hamid G&#8217;ulomning &#8220;binafsha atri&#8221; (1976) romani ham Mirzacho&#8217;lning o&#8217;zlashtirilishi mavzuida. Hamid G&#8217;ulom tarixiy-inqilobiy mavzudagi &#8220;Mangulik&#8221; (1978) romanidan keyin mumtoz o&#8217;zbek adabiyotining mashhur namoyandasi Mashrab hayotiga bag&#8217;ishlangan navbatdagi romanini yaratgan. Hamid G&#8217;ulom musiqali drama teatri uchun &#8220;Farg&#8217;ona hikoyasi&#8221;, &#8220;o&#8217;g&#8217;il uylantirish&#8221; (1963), &#8220;dil ko&#8217;zgusi&#8221;, &#8220;tosh-bolta oshiq&#8221; (1965), &#8220;ajab savdolar&#8221; (1968) va &#8220;muhabbat navosi&#8221; pyesalari hamda opera teatri uchun &#8220;Xorazm qo&#8217;shig&#8217;i&#8221; (1964) librettosini yozgan. Komik roller ustasi S.Xo&#8217;jayev ijro etgan Toshbolta oshiq to&#8217;g&#8217;risidagi komediyasi Muqimiy teatrida sahnalashtirilgan. U.Shekspirning &#8220;o&#8217;n ikkinchi kecha&#8221;, Lope de Veganing &#8220;qo&#8217;zi buloq&#8221; pyesalari, Firdavsiy &#8220;Shohnoma&#8221;siga kirgan ayrim dostonlar, shuningdek, A.Pushkin, M.Lermontov, T.Shevchenko, M.Gorkiy va boshqa yozuvchilarning asarlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. &#8220;El-yurt hurmati&#8221; (1988) va &#8220;mehnat shuhrati&#8221; (2004) ordenlari bilan mukofotlangan. As.Tanlangan asarlar [3 j.li], 1-3- j.lar, T., 1962-72; Lola ko&#8217;l, T., 1973; Asarlar, 4 j.li, T., 1978-79; Vafoning uzun yo&#8217;li, T., 1988. Ad.Vladimirova N., Sultonova M., Qahramonning shakllanishi, T., 1968; Boyqobilov B.. Shermuhamedov P.. Ijodning yulduzli onlari, T., 1979.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hamid G&#8217;ulom (G&#8217;ulomov Hamid Ubaydullayevich) (1919.25.4 \u2014 Toshkent \u2014 2005.21.8) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1979), O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1969). O&#8217;rta Osiyo industrial institutining ishchilar (1933) va tog&#8217; fakultetlarini, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hamid-gulom\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108355","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108355","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108355"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108355\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108359,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108355\/revisions\/108359"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108355"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108355"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108355"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}