{"id":108430,"date":"2023-09-26T08:13:37","date_gmt":"2023-09-26T05:13:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108430"},"modified":"2023-09-26T08:13:40","modified_gmt":"2023-09-26T05:13:40","slug":"hikoya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hikoya\/","title":{"rendered":"Hikoya"},"content":{"rendered":"\n<p>Hikoya \u2014 badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida Hikoya qadim an&#8217;analarga ega. O&#8217;tmishda Hikoya folklor asarlari tarkibida bayon unsuri bo&#8217;lib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida Hikoyachilikning rivojlanishiga italyan yozuvchisi Bokachcho &#8220;Dekameron&#8221; asari bilan katta hissa qo&#8217;shgan. Asarda&#8217; 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Gi de Mopassan (Frantsuz), Otenri (Amerika), A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, Cho&#8217;lpon (o&#8217;zbek) Hikoya janrining asoschilari hisoblanadi. Yevropa adabiyotida Hikoya novella deb ham ataladi. O&#8217;zbek adabiyotida Hikoya juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy yodgorliklar \u2014 Kultegin va To&#8217;nyuquq bitiktoshlarida bayon qilingan voqealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. Nosiriddin Rabg&#8217;uziyning &#8220;Qisasi Rabg&#8217;uziy&#8221; asarida ham axloqiy harakterdagi Hikoyaning yaxshi namunalari bor. Alisher Navoiy &#8220;hayrat ul-Abror&#8221; dostonining 5-maqolotidagi &#8220;Hotami Toy hikoyati&#8221;, 20-maqolatidagi &#8220;ul qul hikoyati&#8221;, &#8220;Sab&#8217;ai sayyor&#8221; dostonidagi yetti musofir Hikoyalari ham bu janrning ilk namunalari hisoblanadi. 16-asrda yaratilgan Poshshoxojaning &#8220;Gulzor&#8221; va &#8220;Miftoh ul-adl&#8221; asarlari o&#8217;zbek Hikoyachiligining rivojlanishiga asos bo&#8217;lgan. O&#8217;zbek adabiyotida realistik Hikoya janri 20-asr boshlarida shakllandi (Cho&#8217;lpon, &#8220;qurboni jaholat&#8221;, &#8220;Do&#8217;xtur Muhammadyor, 1914; A.Qodiriy, &#8220;Uloqda&#8221;, 1915 va boshqalar). 20-yillarda G&#8217;.G&#8217;ulom, A.Qahhor, Oydin va boshqalar bu janrda barakali ijod qildilar. 30-yillarda A.Qahhor Hikoya ustasi sifatida tanildi. 50-60-yillarda S.Ahmad, 60 \u201470-yillarda O&#8217;.Hoshimov, Sh.Xolmirzayevlar bu janr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo&#8217;shdilar. &#8220;Hikoya&#8221; atamasi kengroq ma&#8217;noda biror voqeani gapirib berishni ham anglatadi. So&#8217;zlab berilgan bunday voqelik o&#8217;z qamrovi, hajmi, rang-barangligi bilan qissa yoki romanga xos bo&#8217;lishi ham mumkin. Bunday hollarda bu atama janr ma&#8217;nosida tushunilmaydi. Masalan, O&#8217;.Hoshimovning &#8220;ikki eshik orasi&#8221; romani 9 personajning 49 ta hikoyasidan tashkil topgan. Sh.Xolmirzaev &#8220;Olabo&#8217;ji&#8221; asarini &#8220;romandan katta hikoya&#8221; deb ataydi. Hozirgi o&#8217;zbek Hikoyachiligi O.Muxtor, N.Aminov, S.Siyoyev, F.Musajonov, X.Sultonov, E.A&#8217;zamov, N.Eshonqulov, Sh. Bo&#8217;tayev va boshqa yozuvchilar bilan boyidi. Hikoya inson hayotida yuz bergan ixcham voqeani lo&#8217;nda ifodalashga mo&#8217;ljallangan. Unda shu voqeaga qadar personaj hayotida nima bo&#8217;lgan, qanday ro&#8217;y bergan, kim bilan \u2014 bular to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumot berish shart emas. Juda zarur bo&#8217;lsa, ayrim detallar orqali ishora qilinishi mumkin. Masalan, A.Qahhorning &#8220;O&#8217;g&#8217;ri&#8221; Hikoyasida Qobil boboning kechagi kuni haqida lom-mim deyilmaydi. Egamberdi paxtafurushdan kichkina shart evaziga ikkita ho&#8217;kiz olgan Qobil boboning ertasi to&#8217;g&#8217;risida &#8220;bu shart kuzda ma&#8217;lum bo&#8217;ladi&#8221;, deb xabar beradi, xolos. G&#8217;.G&#8217;ulom esa &#8220;mening o&#8217;g&#8217;rigina bolam&#8221; Hikoyasidagi o&#8217;g&#8217;rining kechagi kunini lo&#8217;nda detallar orqali to&#8217;ldiradi. Uydan biron narsa olmay chiqib ketgan yigitning ertangi kuni haqida hech qanaqa ma&#8217;lumot bermaydi. Ixchamlik Hikoyaning muhim belgisi, lekin unda personaj hayotidan birgina lavha, uzoq davrlik voqealar, personajlarning butun umr yo&#8217;li, bir emas, bir necha odamlar taqdiri, xarakterning shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning almashinib turishi, muhim fazilat bo&#8217;lib qolishi mumkin. Biroq har qanday ko&#8217;rinishda ham tasvir siqiq tarzda beriladi. Hikoya mazmuniga ko&#8217;ra lirik, psixologik, falsafiy, ilmiy-fantastik, satirik, yumoristik yo&#8217;nalishlarda bo&#8217;lishi mumkin. Shuningdek, ocherkka yaqin voqeiy Hikoyalar (N.Fozilovning &#8220;Ustozlar davrasida&#8221;) ham bo&#8217;ladi. O&#8217;zbek adabiyotida bir mavzu, bitta qahramon hayoti bilan bog&#8217;liq bir necha yozuvchi tomonidan yozilgan &#8220;hashar Hikoyalar&#8221; ham uchraydi. Ad.: Vladimirova N., Sultonova M., Uzbekskiy rasskaz, T., 1968; Normatov U., Janr imkoniyatlari, T., 1970; adabiyot nazariyasi, 2 j.li, T., 1978-79; adabiyot nazariyasi [darslik], T., 1986; Aaabiy turlar va janrlar, 3 j.li, T., 1991-92. Yo&#8217;ldosh Solijonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hikoya \u2014 badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida Hikoya qadim an&#8217;analarga ega. O&#8217;tmishda Hikoya folklor asarlari tarkibida bayon unsuri bo&#8217;lib ishtirok etgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hikoya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108430","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108430","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108430"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108430\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108437,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108430\/revisions\/108437"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108430"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108430"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108430"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}