{"id":108592,"date":"2023-09-26T12:28:23","date_gmt":"2023-09-26T09:28:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108592"},"modified":"2023-09-26T12:28:28","modified_gmt":"2023-09-26T09:28:28","slug":"hoshimov-otkir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hoshimov-otkir\/","title":{"rendered":"Hoshimov O&#8217;tkir"},"content":{"rendered":"\n<p>Hoshimov O&#8217;tkir (1941.5.8, Toshkent) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1991). ToshDU ning filologiya fakulteti jurnalistika bo&#8217;limini tugatgan (1964). &#8220;Qizil O&#8217;zbekiston&#8221; (1959-62), &#8220;Toshkent haqiqati&#8221; (1963 \u2014 66), &#8220;Toshkent oqshomi&#8221; (1966-82) gazetalarida adabiy xodim, bo&#8217;lim mudiri. G&#8217;afur G&#8217;ulom nomidagi adabiyot va san&#8217;at nashriyotida bosh muharrir (1982-85). &#8220;Sharq yulduzi&#8221; (1985-95), &#8220;teatr&#8221; (2005 yildan) jurnallarida bosh muharrir. Ilk kitobi \u2014 &#8220;Po&#8217;lat chavandoz&#8221; (1962, ocherklar to&#8217;plami). Birinchi yirik nasriy asari \u2014 &#8220;cho&#8217;l havosi&#8221; (1963). &#8220;Odamlar nima derkin&#8221; (1965), &#8220;shamol esaveradi&#8221; (1966), &#8220;Qalbingga quloq sol&#8221; (1973) qissalari e&#8217;lon qilingan. &#8220;Bahor qaytmaydi&#8221; (1970), &#8220;dunyoning ishlari&#8221; (1982) qissalari yozuvchiga shuhrat keltirgan. &#8220;Bahor qaytmaydi&#8221; qissasida iste&#8217;dodli bir yigitning shuhrat ilinjida xazon bo&#8217;lgan umri, ruhiy-ma&#8217;naviy inqi-rozi san&#8217;atkorona ifodalangan. Hazin va nurli tuyg&#8217;ular bilan yo&#8217;g&#8217;rilgan avtobiografik xarakterdagi &#8220;dunyoning ishlari&#8221; asarida muallif o&#8217;z onasi timsolida o&#8217;zbek onalariga xos ulkan mehr-muruvvatni tarannum etgan. Yozuvchining &#8220;Muhabbat&#8221;, &#8220;Dehqonning bir kuni&#8221;, &#8220;urushning so&#8217;nggi qurboni&#8221;, &#8220;O&#8217;zbek ishi&#8221; kabi novellalari o&#8217;zbek hikoyachiligida muhim hodisa bo&#8217;ldi. Ilk romani &#8220;nur borki, soya bor&#8221; (1976) da Hoshimov o&#8217;ziga zamondosh-tengdosh jurnalist Sherzodning kechinmalari orqali hayajonli ma&#8217;naviy-axloqiy masalalar bilan birga o&#8217;tkir ijtimoiy muammolarni ko&#8217;targan. &#8220;Ikki eshik orasi&#8221; (1986), &#8220;tushda kechgan umrlar&#8221; (1994) romanlarida Hoshimov zamondosh-asrdosh odamlar taqdirini 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari \u2014 2-jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bog&#8217;liq holda tahlil va talqin etish yo&#8217;lidan borgan. &#8220;Ikki eshik orasi&#8221;dagi deyarli barcha personajlar urush davrida urush jafosini chekkan odamlardir. Asar personajlari timsolida o&#8217;zbek xalqi tabiatiga, millat mentalitetiga xos bag&#8217;rikenglik, bardosh va matonat kabi fazilatlar ochib berilgan. &#8220;Tushda kechgan umrlar&#8221; romanidagi Rustamning fojiaviy qismati orqali Hoshimov afg&#8217;on urushining ma&#8217;nosiz mohiyatini teran va ta&#8217;sirchan ifoda etgan. Butun umri davomida totalitar rejim siyosatining qalqoni va qilichi sifatida ish ko&#8217;rgan, necha minglab halol odamlar dilini jarohatlagan, yostig&#8217;ini quritgan Komissar ham o&#8217;ziga xos fojiaviy obraz. Bu kimsaning fojiasi shundaki, u o&#8217;zi olib borgan qora ishlarni haq deb bilgan. Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. &#8220;Xazon bo&#8217;lgan bahor&#8221;, &#8220;inson sadoqati&#8221; (1975), &#8220;vijdon dorisi&#8221;, &#8220;To&#8217;ylar muborak&#8221; (1979), &#8220;Qatag&#8217;on&#8221; kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. &#8220;Daftar hoshiyasidagi bitiklar&#8221; (2001) kitobi ijtimoiy-ma&#8217;naviy hayotda muayyan iz qoldirgan. Asarlari jahonning ko&#8217;plab tillariga tarjima qilingan. 1-, 2-chaqiriq O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Oliy Majlis matbuot va axborot qo&#8217;mitasi raisi (1995-2004). Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1986). &#8220;Mehnat shuhrati&#8221; (1996), &#8220;Buyuk xizmatlari uchun&#8221; (2001) ordenlari bilan mukofotlangan. As: Saylanma [2 j.li], T., 1993. Ad.: Sharafiddinov O., O&#8217;tkir Hoshi- mov [&#8220;XX asr o&#8217;zbek adabiyoti tarixi&#8221; kitobida], T., 1999; Normatov U., Ruhiyat manzillari, T., 2001; Rasulov A., Ardoqli adib, T., 2001. Umarali Normatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hoshimov O&#8217;tkir (1941.5.8, Toshkent) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1991). ToshDU ning filologiya fakulteti jurnalistika bo&#8217;limini tugatgan (1964). &#8220;Qizil O&#8217;zbekiston&#8221; (1959-62), &#8220;Toshkent haqiqati&#8221; (1963 \u2014 66), &#8220;Toshkent oqshomi&#8221; (1966-82) gazetalarida adabiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hoshimov-otkir\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108592","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108592","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108592"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108592\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108598,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108592\/revisions\/108598"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108592"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108592"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108592"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}