{"id":108618,"date":"2023-09-26T13:42:00","date_gmt":"2023-09-26T10:42:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108618"},"modified":"2023-09-26T13:42:03","modified_gmt":"2023-09-26T10:42:03","slug":"hudud-ul-olam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hudud-ul-olam\/","title":{"rendered":"&#8220;Hudud ul-olam&#8221;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;Hudud ul-olam&#8221; (&#8220;olam chegaralari&#8221;), &#8220;kitobi hudud al-olam minal mashriq ilal mag&#8217;rib&#8221; \u2014 tarixiy-Geografik asar. Noma&#8217;lum muallif tomonidan fors tilida 982-83 yillarda juzjon viloyatida yozilgan bo&#8217;lib, shu viloyat hokimi Amir Abul Xoris Muhammad ibn Ahmadga bag&#8217;ishlangan. Bu asar o&#8217;z zamonasida ham, 19-asr oxirigacha ham shu nom bilan hech qaysi manbada qayd etilmagan; 1258 yil qayta ko&#8217;chirilgan. Asar boshqa nom bilan mashhur bo&#8217;lganligi taxmin etiladi. Asar jami 60 bob (maqola)dan iborat bo&#8217;lib, muqaddimadan keyin quruqliklarning chegaralari, dengiz va qo&#8217;ltiqlar, orollar, tog&#8217;lar, konlar, daryolar, cho&#8217;llar va qumlar, so&#8217;ngra jahondagi viloyatlar ta&#8217;rifi berilgan, shuningdek ko&#8217;plab etnografik va iqtisodiy ma&#8217;lumotlar keltirilgan. Muallif yerning obod qismini 51 viloyatga bo&#8217;lgan va uning 45 tasi ekvatordan shimolda 1 tasi ekvator ustida, 5 tasi ekvatordan Janubda degan. U qit&#8217;alar haqida fikr yuritib yunonlar zamonidayoq dunyo 3 qismga: Osiyoi Akbar (Katta Osiyo), Libiya (Afrika) va Urupo (Yevropa)ga bo&#8217;linganini aytib, har birining chegarasini ko&#8217;rsatib bergan. Asarda O&#8217;rta Osiyo, xususan, O&#8217;zbekistonga doir geografik, etnografiya ma&#8217;lumotlar ko&#8217;plab uchraydi. Xususan, Buxoro, Poykend, Sug&#8217;d, Tavovis, Karmana, Kushoniya, Samarqand, Kesh, Termiz, Kot, Farg&#8217;ona, Shosh va boshqa shahar va viloyatlar ta&#8217;rifi keltirilgan. Asarning yagona qo&#8217;l yozma nusxasini Abdulfozil Gulpoygoniy 1892 yil Buxorodan topgan. 1893 yildan Sharqshunos A.G.Tumanskiyning shaxsiy kutubxonasida saqlanib, 1924 yil Osiyo muzeyi fondiga berilgan. V.V.Bartold &#8220;Hudud ul-olam&#8221; matnini so&#8217;zboshi va izohlar bilan rus tilida (1930), V.F.Minorskiy ingliz tilida (1937) nashr ettirgan. Ad.Hasanov H., Sayyoh olimlar, T., 1981.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;Hudud ul-olam&#8221; (&#8220;olam chegaralari&#8221;), &#8220;kitobi hudud al-olam minal mashriq ilal mag&#8217;rib&#8221; \u2014 tarixiy-Geografik asar. Noma&#8217;lum muallif tomonidan fors tilida 982-83 yillarda juzjon viloyatida yozilgan bo&#8217;lib, shu viloyat hokimi Amir Abul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hudud-ul-olam\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108618","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108618","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108618"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108618\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108629,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108618\/revisions\/108629"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108618"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108618"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108618"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}