{"id":108641,"date":"2023-09-26T14:09:41","date_gmt":"2023-09-26T11:09:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108641"},"modified":"2023-09-26T14:09:45","modified_gmt":"2023-09-26T11:09:45","slug":"hoziq-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hoziq-2\/","title":{"rendered":"Hoziq"},"content":{"rendered":"\n<p>Hoziq (taxallusi; asl ism-sharifi Junaydullo Islomshayx o&#8217;g&#8217;li) (18-asrning oxiri, Hirot \u2014 1843, Shahrisabz) \u2014 shoir, tarjimon. 19-asr o&#8217;zbek adabiyoti namoyandalaridan biri. 1793\u2014 1800 yillarda Buxoroga kelgan va madrasada tahsil ko&#8217;rgan, tib ilmini o&#8217;rgangan, she&#8217;rlar mashq qilgan. &#8220;Hoziq&#8221; taxallusini ham shu yerda olgan. Madrasani tugatgach, shu madrasada imomlik qilgan va Amir Haydar saroyiga yaqinlashgan. 1818 yil saroy ayonlari bilan kelisha olmay, Qo&#8217;qonga ketgan. Umarxon uni yaxshi kutib olgan. Hoziq Buxoroda boshlagan &#8220;Yusuf va Zulayho&#8221; dostonini tugallab, xonga tortiq qilgan. Bu yerda ham xon atrofidagi saroy ahli bilan kelisha olmay, 1825 yilda Buxoroga qaytgan, so&#8217;ng Xorazmga borgan va Munis, Ogahiy boshchiligidagi adabiy guruh ta&#8217;sirida bo&#8217;lgan. Munis vafot etgach, Olloqulixon (1825-42) topshirig&#8217;i bilan &#8220;Ravzat ussafo&#8221; asarining 1-jildi tarjimasini nihoyasiga yetkazgan. So&#8217;ng yana Qo&#8217;qonga qaytgan. Nasrullaxon 1842 yil Qo&#8217;qonni bosib olgach, Hoziq uning ta&#8217;qibidan Shahrisabzga qochgan va u yerda amirning yollangan odamlari tomonidan o&#8217;ldirilgan. Hoziq o&#8217;zbek va fors tillarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Zebunniso she&#8217;rlariga muxammaslar bog&#8217;lagan. Lirikasi mavzui rang-barang, unda zamon norasoliklari, johil va Odil hukmdorlar haqida mulohazalar bildirilgan, sevgi va muhabbat tarannum etilgan. She&#8217;rlarida zamonasidagi hukmdorlarni adolatga undagan. &#8220;Yusuf va Zulayho&#8221; doetonida o&#8217;zining ijtimoiy-falsafiy mulohazalarini, zamon va hukmdor haqidagi fikrlarini bayon etgan. &#8220;Voqeoti Islomiy&#8221; va &#8220;Avlodlar shajarasi&#8221; risolalari tarixiy-biografik xarakterda. Maqmud Chag&#8217;miniyning tibbiyotga oid Arab tilida yozgan &#8220;qonuncha&#8221; asariga fors tilida &#8220;tahqiq ul-qavoid&#8221; (&#8220;tabobat asarlarini o&#8217;rganish&#8221;, 1822) nomli sharh yozgan. Hoziqning O&#8217;zbekcha va forscha she&#8217;rlaridan tuzilgan devoni Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburg bo&#8217;limida, &#8220;Yusuf va Zulayho&#8221; ning 7 qo&#8217;lyozmasi O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida, 2 devoni Xo&#8217;jandda, Konibodom shahridan topilgan kulliyoti esa xo&#8217;jandlik adabiyotshunos E. Shodiev qo&#8217;lida, ayrim she&#8217;rlari O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutidagi qo&#8217;lyozma bayoz va majmualarda saqlanadi. Ad.: Qayumov A., Hoziq, T., 1957; Irisov A., Nosirova., Nizomiddinov I., O&#8217;rta osiyolik qirqolim.T., 1961;O&#8217;zbek adabiyoti tarixi [5 j.li, 4-j., T., 1978; Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy [7j.li], Begali Qosimov<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hoziq (taxallusi; asl ism-sharifi Junaydullo Islomshayx o&#8217;g&#8217;li) (18-asrning oxiri, Hirot \u2014 1843, Shahrisabz) \u2014 shoir, tarjimon. 19-asr o&#8217;zbek adabiyoti namoyandalaridan biri. 1793\u2014 1800 yillarda Buxoroga kelgan va madrasada tahsil ko&#8217;rgan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hoziq-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108641","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108641","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108641"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108641\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108649,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108641\/revisions\/108649"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108641"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108641"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108641"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}