{"id":108653,"date":"2023-09-26T14:54:26","date_gmt":"2023-09-26T11:54:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108653"},"modified":"2023-09-26T14:54:30","modified_gmt":"2023-09-26T11:54:30","slug":"hind-adabiyoti-hindiy-adabiyoti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hind-adabiyoti-hindiy-adabiyoti\/","title":{"rendered":"Hind adabiyoti, hindiy adabiyoti"},"content":{"rendered":"\n<p>Hind adabiyoti, hindiy adabiyoti \u2014 Hindistondagi hind tili (hindiy) va uning lahjalarida yaratilgan adabiyot. Hind adabiyoti sanskrit tilida yaratilgan qadimgi adabiyot asosida milodiy 1-ming yilliklar oxiridan rivojlana boshlagan. Dastlab diniy-falsafiy mazmundagi adabiyot bo&#8217;lib, Vishnuizm, shivaizm, buddizm va jaynizm mazhablari g&#8217;oyalarini bayon etgan. 10\u2014 14-asrlarda hindiy lahjalarda qahramonlikni madh etuvchi nazm taraqqiy etdi. Saroy shoirlari o&#8217;z homiylarining qahramonliklarini ulug&#8217;lab, dostonlar yozdilar [Chand bardaining &#8220;Prithviraj raso&#8221;, &#8220;Khuman raso&#8221; (12-asr); Narpati Nalxning &#8220;Bisaldev raso&#8221; (taxminan 13-asr) dostonlari va boshqalar]. 15-17-asrlarda shimoliy Hindistonda bhaktiy diniy-islohotchilik harakati avj oldi. Bu harakat tabaqalanishga qarshi norozilik kurashi bo&#8217;lib, Hind adabiyotiga ijtimoiy tenglik, demokratik g&#8217;oyalarni olib kirdi. Bhaktiy harakati xalq ommasini bir tomondan dinga, ikkinchi tomondan esa adabiyotga yaqinlashtirdi va adabiyotda yangi adabiy shakllarni yuzaga keltirdi. Bu davr bhaktiy shoirlari: Kabir (1440-1518), Nanak (1469-1539), Surdas (1483-1563), Mirabai (1499- 1547), Tulsidas (1532-1624), Dadu-Dayal (1544-1603), Sundardas (1596\u2014 1689), Rasxan (16-17-asr), &#8220;Ashtachhap&#8221; (Sakkiz shoir Ittifoqi, 16-17-asrlar) va boshqa shoirlar nazmda asosan do&#8217;hiy (ikkilik), chaupai (to&#8217;rtlik), VINAI (qofiyasiz) kabi janrlarda ijod etdilar. Mazmunan esa ular qadimgi 2 eposni mahalliy hind tillarida (bhaktiy g&#8217;oyasi bilan sug&#8217;orilgan holda) nazmda yana qayta yaratdilar (surdas boshchiligidagi &#8220;Ashtachhap&#8221; shoirlari &#8220;Mahabharata&#8221;ni braj lahjasida, Tulsidas esa &#8220;Ramayana&#8221; eposini avadhiy lahjasida). Aynan shu davrda tasavvuf adabiyoti ham rivojlandi. Sufiy shoir shoh Muhammad Bandanavozning &#8220;Miraj ul-Ashiqin&#8221; (14-asr), Burhoniddin Janamning &#8220;Kalimat ul-Haqaiq&#8221; (14-asr), Mavlono Doudning &#8220;Chandayan&#8221; (14-asr), Kutubanning &#8220;Mrigavati&#8221; (16-asr), Malik Muhammad Jayasiyning &#8220;Padmavat&#8221; (16-asr), Manjhanning &#8220;Madhumalti&#8221; (16-asr) kabi asarlarida fors va hind lirikasi an&#8217;analari o&#8217;zaro chatishib ketdi. Bu davrning bhaktiy va sufiy shoirlari ijodida hayotiy masalalar folklor yoki epos qahramonlari obrazi vositasida aks ettirildi. 17-asr o&#8217;rtalaridan Hind adabiyotidagi diniy-mistik g&#8217;oyalar ham, demokratik ruh ham susayib, u Aristokratlarning didi va talabiga moslasha bordi. Asarlarning asosiy mavzusi ko&#8217;proq inson muammosiga, ayollar go&#8217;zalligini tarannum etishga qaratildi. 19-asrning 1-yarmida qhari bo&#8217;liy dialektida nasriy asarlar yuzaga kela boshladi. Sanskrit va ingliz tilidan diniy va dunyoviy adabiyot namunalari tarjima qilindi, hind tilida matbuot paydo bo&#8217;ldi. Taniqli ma&#8217;rifatparvar Bharatendu Harishchandra (1850-85) publitsistikasi va pyesalarida xalq milliy ongining o&#8217;sishi, mustaqillikka intilish g&#8217;oyalari aks etdi. Uning ijodi hozirgi zamon Hind adabiyoti taraqqiyoti uchun zamin bo&#8217;ddi. 19-asrning 2-yarmida Hind adabiyotida original qissa va romanlar yaratildi, keyinroq hikoyachilik, adabiy tanqid va adabiyotshunoslik rivoj topdi. 20-asr boshlarida milliy ozodlik harakati ta&#8217;sirida Hind adabiyotida vatanparvarlik, Vatan ozodligi uchun kurash g&#8217;oyalari tobora yorqin aks eta bordi (Maythilisharan Gupta, 1886-1964; Makhanlal Chaturvediy, 1889-1968; Balkrishna Sharma Navin, 1897\u2014 1960; Ramdhari Sinh Dinkar, 1908 va boshqa she&#8217;rlari). 20-30-yillardagi Hind adabiyotida romantik yo&#8217;nalish ta&#8217;siri kuchli bo&#8217;ldi (Sumitranandan Pant, 1900; Jayshankar Prasad, 1889-1937 va boshqalar). 30-yillarda Hindistonda milliy ozodlik harakatining va chet el taraqqiyparvar adabiyoti ta&#8217;sirining keng yoyilishi natijasida Hind adabiyotining barcha janrlarida dolzarb ijtimoiy mavzu tomon burilish ko&#8217;zga tashlandi. 1936 yilda Premchand ishtirokida Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilar assotsiatsiyasi tashkil etildi. Hindiston xalqlari milliy adabiyoti keyinchalik ana shu assosiasiya ta&#8217;sirida taraqqiy etdi. 40-yillarning oxirida freydishning hamda G&#8217;arbdagi sub&#8217;yektivistik nazariyalarning ta&#8217;sirida Hind adabiyotida modernizm tarkib topdi. Modernizmga xos bo&#8217;lgan bu kayfiyatlar 50-70-yillar hindiy Nasri va nazmida ham o&#8217;z ta&#8217;sirini saqlab qoldi (Ilachandra Jo&#8217;shiy, 1902; Jaynendra Kumar, 1905 va boshqalar ijodi). Keyinchalik Sumit-ranandan Pant, Vrindavanlal Varma (1889-1969), Manmo&#8217;han Gupta (1908), Bhisham Sahniy (1915), Amritlal Nagar (1916) va boshqalar ijodida realistik an&#8217;analar rivojlandi, insonparvarlik g&#8217;oyalari, hind xalqining ijtimoiy va ma&#8217;naviy taraqqiyotiga ishonch tuyg&#8217;ulari aks ettirildi. Hind adabiyoti vakillaridan Premchand, Yashpal va boshqalarning ayrim asarlari o&#8217;zbek tiliga tarjima qilingan. Ad.: Barannikov A.P., Indiyskaya Fi- lologiya. Literaturovsdenie, M.. 1959: Serebryakov I.D., Drevneindiyskaya Literatura, M., 1963; Chelnshev E.P.. literatura Xindi, M., 1968. Ulfatxon Muhibova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hind adabiyoti, hindiy adabiyoti \u2014 Hindistondagi hind tili (hindiy) va uning lahjalarida yaratilgan adabiyot. Hind adabiyoti sanskrit tilida yaratilgan qadimgi adabiyot asosida milodiy 1-ming yilliklar oxiridan rivojlana boshlagan. Dastlab diniy-falsafiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hind-adabiyoti-hindiy-adabiyoti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108653","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108653","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108653"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108653\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108662,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108653\/revisions\/108662"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108653"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108653"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108653"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}