{"id":108655,"date":"2023-09-26T14:54:28","date_gmt":"2023-09-26T11:54:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108655"},"modified":"2023-09-26T14:54:33","modified_gmt":"2023-09-26T11:54:33","slug":"hisor-tizmasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hisor-tizmasi\/","title":{"rendered":"Hisor tizmasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Hisor tizmasi &#8211; O&#8217;rta Osiyodagi tog&#8217; tizmasi. Pomir-olay tog&#8217;larining g&#8217;arbiy qismida (O&#8217;zbekiston va Tojikiston Respublikalarida), Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarining suvayirg&#8217;ichi. Uzunligi 200 kilometr. O&#8217;rtacha balandligi 3600 metr. Eng baland joyi 4643 metr (Duk-don tog&#8217;i). Asosan, Paleozoy va mezozoy davri granit intruziyalari yorib chiqqan kristalli jinslar, granodiorit, slanes va qumtoshlar, gips, konglomerat, dolomit va boshqalardan tashkil topgan. Hisor tizmasining Markaziy qismida (2195 metr balandlikda) xushmanzara Iskandarko&#8217;l joylashgan. Shimoliy yon bag&#8217;ri ancha tik va qoyali, Janubiy yon bag&#8217;ri esa qiya bo&#8217;lib, keng platolar va unumdor vodiylar bor. Hisor tizmasining tuzilishi juda murakkab bo&#8217;lib, unda bir qancha baland tog&#8217; massivlari, dovonlar mavjud. Relefi murakkab, qoyali. ko&#8217;p joylari parchalangan. Suvayirg&#8217;ich qismi va yon bag&#8217;irlarida tekislangan yuzalar tarqalgan, zich va dara shaklidagi daryolar bilan chuqur kesilgan. Gips va ohaktoshlar tarqalgan joylarida karst relef shakllari (karrlar, karst voronkalari, botiqlari, quduqlari, g&#8217;orlari) uchraydi. Bunday joylarni mahalliy aholi &#8220;ming chuqur&#8221; deb ataydi. Ohaktoshlarda tik va qoyali kuestalar hosil bo&#8217;lgan. Hisor tizmasining shimoliy va g&#8217;arbiy yon bag&#8217;irlarini Zarafshon, Qashqadaryo, Janubiy yon bag&#8217;rini Yarxin, Sarbog&#8217;, Kofarnihon, Varzob, Xonaka, Lyubach, Qoratog&#8217;daryo, Shirkent, To&#8217;polondaryo va boshqa daryolar chuqur daralar hosil qilib kesib o&#8217;tadi. Hisor tizmasida kelib chiqishi har xil (morena, to&#8217;g&#8217;on, karst) ko&#8217;llar (Iskandarko&#8217;l, Hazor-chashma, Ko&#8217;likalon, Alovuddin, Ziyorat va boshqalar) mavjud. 180 ga yaqin muzlik bo&#8217;lib, maydoni 148,4 km2 dan ortiq. Hisor tizmasida surma, volfram, simob, qalay, flyuorit, dolomit konlari va issiq buloqlar bor. Yozi salqin, qisqa, qishi sovuq, sernam, 2000 metr balandlikda iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 20\u00b0 bo&#8217;lsa, 3600 metr balandlikda 0\u00b0 ga tushib qoladi. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 3300 metr balandlikda -15\u00b0. Yillik yog&#8217;in Janubiy-g&#8217;arbiy yon bag&#8217;rida 600-1200 mm, shimoliy-Sharqiy yon bag&#8217;rida 300-400 mm. 1200 metr balandiklarda tipik va to&#8217;q bo&#8217;z tuproqlar tarqalgan. Bahorda efemer va efemeroidlar, bug&#8217;doyiq, shuvoq o&#8217;sadi. Butalardan achchiqbodom, qarag&#8217;at, do&#8217;lana va boshqalar uchraydi. Yaylovlarda chorva boqiladi. 1200-2500 metr balandliklar orasidagi tog&#8217;jigarrang, tog&#8217;-o&#8217;rmon- qora tuproqlar, tog&#8217;-o&#8217;rmon-qo&#8217;ng&#8217;ir tuproqlarda archazorlar bor. 2500 metrdan yuqorida Alp o&#8217;tloqlari boshlanadi. Yovvoyi sut emizuvchi hayvonlardan tog&#8217; echkisi, tog&#8217; qo&#8217;yi, ayiq, tulki, suvsar, bo&#8217;rsiq, qor qoploni, silovsin, qizil sug&#8217;ur, qushlardan tog&#8217; kurkasi (ular), tasqara, kaklik va boshqalar yashaydi. Tizma hududidagi noyob o&#8217;simlik va hayvonlar hamda noyob geologik yodgorliklarni o&#8217;rganish va ularni muhofaza qilish maqsadida Hisor, Ko&#8217;qitang, kitob Paleontologik-stratigrafik qo&#8217;riqxonalari tashkil etilgan. Murod Mamatqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hisor tizmasi &#8211; O&#8217;rta Osiyodagi tog&#8217; tizmasi. Pomir-olay tog&#8217;larining g&#8217;arbiy qismida (O&#8217;zbekiston va Tojikiston Respublikalarida), Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarining suvayirg&#8217;ichi. Uzunligi 200 kilometr. O&#8217;rtacha balandligi 3600 metr. Eng baland &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hisor-tizmasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108655","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108655","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108655"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108655\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108665,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108655\/revisions\/108665"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108655"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108655"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108655"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}