{"id":10871,"date":"2021-11-17T16:17:59","date_gmt":"2021-11-17T13:17:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=10871"},"modified":"2025-10-29T13:40:24","modified_gmt":"2025-10-29T10:40:24","slug":"asosiy-fondlar-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asosiy-fondlar-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ASOSIY FONDLAR haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ASOSIY FONDLAR, korxonalarning asosiy fondlari\u2014 ishlab chiqarishga uzoq xizmat qiladigan, o&#8217;z natural buyum shaklini uzoq vaqt o&#8217;zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonida bir nechabor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat ko&#8217;rsatadigan mol-mulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar o&#8217;rniga asosiy kapital tushunchasi qo&#8217;llaniladi). Asosiy fondlar o&#8217;z qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan o&#8217;tkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul shaklida qaytib keladi. Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qo&#8217;yilgan pul bo&#8217;lsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashinauskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. Ishlab chiqarishda tutgan o&#8217;rniga qarab Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga bo&#8217;linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xo\u2019jalik fondlaridan iborat bo&#8217;ladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga bo&#8217;linadi. Aktiv fondlar mahsulot yaratishda bevosita qatnashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondler ishlab chiqarishning moddiy sharoiti bo&#8217;lgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va boshqalardan iborat. Moddiy-natural tarkibiga ko&#8217;ra Asosiy fondlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish mashinalari va jihozlari; transport vositalari; ishlab chiqarish va xo&#8217;jalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bog&#8217;lar va daraxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital xarajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va boshqalar kiradi. Qishloq xo\u2019jalik korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-meliotrasiya fondlari qiymati alohida bandda ko&#8217;rsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xo&#8217;jaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat ko&#8217;rsatkichlarida hisobga olinadi. Natural ko&#8217;rsatkichlar (donasi, Vt hisobidagi quvvat, m2 hisobidagi sathi va boshqalar) Asosiy fondlarning sifat va miqdori tarkibi, xo&#8217;jaliklarning ishlab chiqarish imkoniyatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi. Asosiy fondlar qiymati joriy narxlarda yoki qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Hisobga olish asosiy vositalarning barcha ko&#8217;rinishlarini turlar bo&#8217;yicha taqqoslashga, ularning jami qiymatini, ulardagi yangi tayyor mahsulotga o&#8217;tadigan eskirish darajasini aniqlashga imkon beradi. Asosiy fondlar real miqdori mamlakatning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish quvvatini ko&#8217;rsatadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi xalq xo&#8217;jaligi barcha tarmoqlarining asosiy ishlab chiqarish fondlari amaldagi (joriy) narxlarda 1993 yilda 19218,1 milliard so&#8217;mni tashkil etgan. Ahmadjon O&#8217;lmasov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASOSIY FONDLAR, korxonalarning asosiy fondlari\u2014 ishlab chiqarishga uzoq xizmat qiladigan, o&#8217;z natural buyum shaklini uzoq vaqt o&#8217;zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonida bir nechabor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asosiy-fondlar-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-10871","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10871","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10871"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10871\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162672,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10871\/revisions\/162672"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10871"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10871"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10871"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}