{"id":108811,"date":"2023-09-27T13:13:12","date_gmt":"2023-09-27T10:13:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108811"},"modified":"2023-09-27T13:13:18","modified_gmt":"2023-09-27T10:13:18","slug":"hiloliy-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hiloliy-2\/","title":{"rendered":"Hiloliy"},"content":{"rendered":"\n<p>Hiloliy (taxallusi; to&#8217;liq ism- sharifi Mavlono Badriddin Hiloliy Chig&#8217;atoiy) (taxminan 15-asr 70-yillari, Astrobod \u2014 1529, Hirot) \u2014 fors shoiri. 1491 yil Hirotga kelib, Jomiy va Navoiy homiyligida ilmu ijod bilan shug&#8217;ullangan. &#8220;Majolis un-nafois&#8221; tazkirasida Navoiy uning kelib chiqishi turkiy qavmga mansubligini qayd etadi. &#8220;Tuhfai Somiy&#8221; (&#8220;Somiy tuhfasi&#8221;) asarida Sommirzo ham uning ajdodlari Chig&#8217;atoy turklaridan bo&#8217;lib, Astrobodga borib muqim bo&#8217;lib qolganligi haqida ma&#8217;lumot beradi. Dastlab Hiloliy (Hilol \u2014 yangi oy) taxallusi bilan ijod qilgan, uning she&#8217;riy salohiyati yuksakligini ko&#8217;rgan Navoiy unga Badriy (Badr\u2014 to&#8217;lin oy) taxallusini taklif qilgan. Shundan keyin u har ikkala taxallusda ijod qilib, Badriddin Hiloliy nomi bilan mashhur bo&#8217;lgan. She&#8217;rlarida haqiqiy va majoziy ma&#8217;nolarni mahorat bilan omuxta qilgani, ilohiy va dunyoviy ishqni hassoslik bilan kuylagani uchun o&#8217;z davrining Hofizi Sheroziysi deb nom chiqargan. Ubaydullaxon Hirotni bosib olganda, xalqqa, ilmu adab ahliga jab-ru zulm o&#8217;tkazganini ko&#8217;rgan Hiloliy unga qarshi 2 ta hajviy ruboiy yozgan. Bundan xabar topgan xon uni qatl ettirgan. Hiloliyning bizgacha she&#8217;riy devoni, 3 dostoni va qofiya ilmiga oid risolasi etib kelgan. Devondan shoirning 421 g&#8217;azal, 4 qasida, 11 qit&#8217;a, 32 ruboiy, bittadan muxammas, chiston va soqiynomasi o&#8217;rin olgan. &#8220;Shoh va darvesh&#8221; dostonida majoziy ishq bosqichlari ramzu timsollar vositasida talqin etilgan. Lekin shohni \u2014 ma&#8217;shuq, darveshni \u2014 oshiq sifatida tasvirlagani uchun Bobur bu asarni &#8220;Boburnoma&#8221;da tanqid qilgan. &#8220;Sifot ul-oshiqin&#8221; (&#8220;Oshiqlik sifatlari&#8221;) dostoni axloqiy-ta&#8217;limiy mazmunda bo&#8217;lib, &#8220;Xamsa&#8221;larning ilk dostonlari \u2014 Nizomiyning &#8220;Maxzan ul-asror&#8221;, Dehlaviyning &#8220;matla&#8217;ul-anvor&#8221;, Jomiyning &#8220;Tuqfat ul-Ahror&#8221;, Navoiyning &#8220;hayrat ul-Abror&#8221; dostonlariga tatabbu&#8217;tarzida yozilgan va u ham salaflari asarlari kabi 20 bobdan iborat. &#8220;Layli va Majnun&#8221; dostoni ham ushbu xamsanavislarning shu nomli dostonlariga tatabbu&#8217; hisoblanadi. Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro vafotidan keyin Hirotda vaziyatning yomonlashuvi, toju taxt talashlari, shaharning Safaviylar va Shayboniylar tomonidan istilo qilinishi, vayrongarchiliklar, xalq boshiga tushgan og&#8217;ir kulfatlar, ilmu hunar egalarining to&#8217;rt tomonga tarqab ketishi shoir she&#8217;rlarida charxu falakdan, taqdirdan, zamondan, odamlardan shikoyat, norozilik ko&#8217;rinishida o&#8217;z aksini topgan. She&#8217;rlari an&#8217;anaviy mavzularda bo&#8217;lib, ularda ishqu muqabbat avj pardalarda tarannum etilgan, insoniy Kamolot masalalari badiiy talqinini topgan. Hiloliy Sharq she&#8217;riyatida mavjud badiiy san&#8217;atlardan mahorat bilan foydalanib, she&#8217;rlarining badiiy go&#8217;zal va ta&#8217;sirchan bo&#8217;lishini ta&#8217;minlagan. 50 dan ortiq g&#8217;azallari &#8220;Shashmaqom&#8221; tarkibidan joy olgan. Ogahiy uning &#8220;Shoh va darvesh&#8221; dostonini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Ll.Alisher Navoiy, Majolis un-nafois [mukammal asarlar to&#8217;plami], 13-j., T., 1997; Homidiy H., Ko&#8217;hna Sharq darg&#8217;alari, T., 1999. Ergash Ochilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hiloliy (taxallusi; to&#8217;liq ism- sharifi Mavlono Badriddin Hiloliy Chig&#8217;atoiy) (taxminan 15-asr 70-yillari, Astrobod \u2014 1529, Hirot) \u2014 fors shoiri. 1491 yil Hirotga kelib, Jomiy va Navoiy homiyligida ilmu ijod bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hiloliy-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108811","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108811","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108811"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108811\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108817,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108811\/revisions\/108817"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108811"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108811"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108811"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}