{"id":108940,"date":"2023-09-27T15:52:45","date_gmt":"2023-09-27T12:52:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108940"},"modified":"2023-09-27T15:52:52","modified_gmt":"2023-09-27T12:52:52","slug":"hirot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hirot\/","title":{"rendered":"Hirot"},"content":{"rendered":"\n<p>Hirot \u2014 Afg&#8217;onistonning shimoliy- g&#8217;arbiy qismidagi shahar, Herirud daryosidan sug&#8217;oriladigan vohada joylashgan. Aholisi 167 ming kishi (2003). Avtomobil yo&#8217;llari chorrahasi. Mamlakat g&#8217;arbiy qismidagi muhim iqtisodiy markaz. Paxta tozalash, to&#8217;qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan, qo&#8217;lda turli matolar, gilam to&#8217;qiladi. Qorako&#8217;l teri va boshqa qishloq xo&#8217;jalik mahsulotlari bilan savdo qilinadi. Shahar nomi miloddan avvalgi ham ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. Sosoniylar davrida yirik shaharga aylangan. 7-asrdan arablar qo&#8217;l ostida. Bu davrda Hirot yanada rivojlandi. Somoniylar davrida esa Xurosonning asosiy shahri. 10-asr boshlarida G&#8217;uriylar davlati tarkibiga kirdi. 1020 yildan Hirotni G&#8217;aznaviylar noibi Sulton Mas&#8217;ud boshqargan. 1221 yilda shaharni Chingizxonning o&#8217;g&#8217;li Tuluy qo&#8217;shinlari egallab, uni vayron qilgan. 1234 yilda shahar O&#8217;qtoyxon tomonidan qayta tiklangan. Mo&#8217;g&#8217;ullar bosqinchiligi davridagi vayronagarchiliklar natijasida karvon yo&#8217;llari O&#8217;rta Osiyodan Hindiston va Xitoyga Hirot orqali o&#8217;tgan. Kurtlar hukmronligi vaqtida shahar Xurosonning asosiy shahri sifatida tez o&#8217;sdi. 1383 yildan Hirot Amir Temur davlati tarkibiga kirdi. Dastlab Mironshoh (1366-1408), keyinchalik Shohrux (1377-1447), Abu Sa&#8217;id (1424-69), Sulton Husayn Mirzo (1438 \u2014 1506) va boshqalar. Temuriylar davlatining poytaxti bo&#8217;lgan. O&#8217;sha davrda Hirot juda taraqqiy etgan. O&#8217;rta Sharqning yirik savdo, hunarmandchilik va madaniy markaziga aylangan. Hindiston, Xitoy va Yevropa bilan keng savdo va madaniy aloqalar olib borilgan. Hirot va uning atrofida yirik madrasa, masjid, ko&#8217;priklar va boshqa jamoat binolari qurilgan. 16-asrdan Hirot Safaviylar davlati tarkibiga kiritildi. 1716 yilda mustaqil Hirot hokimligi tuzilgan. 1732 yilda shaharni Eron shohi \u2014 Nodirshoh egallagan. 1747 yildan durroniylar davlati tarkibida. 19-asr boshida yarim beklik markazi bo&#8217;lib qolgan. 1863 yildan Afg&#8217;oniston davlati tarkibida. Hirotda Alisher Navoiy, Jomiy, Hofizi Abru, Mirxond, Behzod kabi olim va fuzalolar yashab, ijod qilganlar. Hirot \u2014 o&#8217;rta asr miniatyura va amaliy bezak san&#8217;atining markazi. Me&#8217;moriy yodgorliklardan qal&#8217;a (15-asr), Jome masjidi (13-14-asrlar), Musallo ansambli tarkibidagi Gavharshodbegim masjidi minoralari, Abdullo Ansoriy maqbarasi (15-asr) va boshqalar saqlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hirot \u2014 Afg&#8217;onistonning shimoliy- g&#8217;arbiy qismidagi shahar, Herirud daryosidan sug&#8217;oriladigan vohada joylashgan. Aholisi 167 ming kishi (2003). Avtomobil yo&#8217;llari chorrahasi. Mamlakat g&#8217;arbiy qismidagi muhim iqtisodiy markaz. Paxta tozalash, to&#8217;qimachilik, oziq-ovqat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hirot\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108940","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108940","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108940"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108940\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108947,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108940\/revisions\/108947"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108940"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108940"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108940"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}