{"id":108984,"date":"2023-09-27T16:34:41","date_gmt":"2023-09-27T13:34:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108984"},"modified":"2023-09-27T16:34:45","modified_gmt":"2023-09-27T13:34:45","slug":"hind-malay-zoogeografiya-oblasti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hind-malay-zoogeografiya-oblasti\/","title":{"rendered":"Hind-malay zoogeografiya oblasti"},"content":{"rendered":"\n<p>Hind-malay zoogeografiya oblasti, Sharqiy oblast-quruqlik zoogeografiya oblasti, Osiyoning Janub qismi, Osiyo bilan Avstraliya oralig&#8217;idagi ko&#8217;pchilik orollarni o&#8217;z ichiga oladi. Ko&#8217;p qismi tropik o&#8217;rmon, shimoliy qismi tog&#8217;lik, faqat kichik bir qismi cho&#8217;l va savannalardan iborat. Faunasi nisbatan qadimgi, asosan, daraxtlarda yashovchi hayvonlardan iborat. Hayvonot dunyosi xilma-xil bo&#8217;lishiga qaramasdan, yirik sistematik guruhga mansub endemiklar kam. Sutemizuvchilarning 4 oilasi: uzuntovonlilar, junqanotlilar, tupayyalar va gibbonlar endemik. O&#8217;ziga xos hasharotxo&#8217;rlar (masalan, tipratikan), bir necha tur yirtqichlar: Mushuklar, veverralar, ayiqlar; tuyoqlilar: tapirlar, karkidonlar (3 tur), bugular, buyvollar (hind va karlik buyvol, Gaur, banteng, kulrang ho&#8217;kiz), antilopalar (nilgau, 4 shoxli va burama shox antilopa), fil, maymunlarning bir necha turi (jumladan, orangutan) bor. Ko&#8217;rshapalaklar va kemiruvchilar ayniqsa xilma-xil. Ko&#8217;rshapalaklar orasida o&#8217;simlikxo&#8217;rlari (uchar itlar) ham keng tarqalgan. Ayrim daryolarda daryo delfinlari yashaydi. Qushlar ayniqsa juda xilma-xil, endemik turlari kokilli uzunqanotlilar, shoxtumshuqlilar oilalarida ko&#8217;p uchraydi. Sudralib yuruvchilardan gekkonlar, echkemarlar, agamalar, stsinklar, ilonlar, toshbaqalar (jumladan, katta boshli toshbaqa), timsohlarning bir necha turi (jumladan, gaviallar, alligator) keng tarqalgan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar turlari ko&#8217;p emas; dumlilar uchramaydi; dumsizlardan qurbaqalar (jumladan, uchar baqa, qurilloq baqalar) yashaydi. Baliqlar faunasi ham xilma- xil: karpsimonlar, laqqaning bir necha turi ko&#8217;p uchraydi; yirik daryolarda akulalar bo&#8217;ladi. Hind-malay zoogeografiya oblasti faunasi tarixan Efiopiya zoogeografiya oblasti faunasiga yaqin. Karkidonlar, fillar, torburunli va odamsimon maymunlar, kaltakesaklar, ayrim lemurlar, tuyokdilarning ayrim urug&#8217;lari (masalan, bug&#8217;uchalar, buyvollar), tovuslar, uzun burun qushlar, sudralib yuruvchilardan xameleonlar, echkemarlar va agamalar har ikki oblastda ham uchraydi. Hind-malay zoogeografiya oblastining turli qismida hayvonot dunyosi keskin farq qiladi. Bu hol oblast hududining asosiy qismi orollardan iboratligi tufayli hayvonlar arealining ajralib qolganligi bilan bogliq. Hind-malay zoogeografiya oblasti Hindiston-Hindixitoy va Malay kichik oblastlariga bo&#8217;linadi. Hind-malay zoogeografiya oblasti hududida qadimgi Madaniyat o&#8217;chog&#8217;i bo&#8217;lgan mamlakatlar joylashgan. Bu mamlakatlarda qishloq xo\u2019jalik hayvonlarining bir qancha turlari: buyvol, Gaur, banteng, cho&#8217;chqa, tovuq, tovus, Hindiston arisi xonakilashtirilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hind-malay zoogeografiya oblasti, Sharqiy oblast-quruqlik zoogeografiya oblasti, Osiyoning Janub qismi, Osiyo bilan Avstraliya oralig&#8217;idagi ko&#8217;pchilik orollarni o&#8217;z ichiga oladi. Ko&#8217;p qismi tropik o&#8217;rmon, shimoliy qismi tog&#8217;lik, faqat kichik bir qismi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hind-malay-zoogeografiya-oblasti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108984","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108984","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108984"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108984\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":108994,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108984\/revisions\/108994"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108984"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108984"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108984"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}