{"id":108998,"date":"2023-09-27T16:52:41","date_gmt":"2023-09-27T13:52:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=108998"},"modified":"2023-09-27T16:52:46","modified_gmt":"2023-09-27T13:52:46","slug":"hindixitoy-gozasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hindixitoy-gozasi\/","title":{"rendered":"Hindixitoy g&#8217;o&#8217;zasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Hindixitoy g&#8217;o&#8217;zasi, daraxt g&#8217;o&#8217;za (Oozaursht agogeit b) \u2014 madaniy g&#8217;o&#8217;za turi. Genomi A2, xromosomalar soni 2p=26. Hindixitoy g&#8217;o&#8217;zasining yovvoyi shakllari dekan (Hindiston yarim oroli)da tarqalgan. Asosan, Hindistonda, qisman Afg&#8217;oniston, Bangladesh, Pokiston, Birma, Vetnam, Xitoy, Koreya, Yaponiyada ekiladi. Hindixitoy g&#8217;o&#8217;zasi kichikroq daraxt yoki buta bo&#8217;lib, tuk (kamdan-kam tuksiz) va qora smolali bezchalar bilan qoplangan. Tuklari siyrak qavatlar hosil qiladi (birinchisi &#8211; kalta va qalin, ikkinchisi\u2014 uzun). Poyasi yashil, turli intensivlikda \u2014 to&#8217;q qizilgacha antosian rang oladi. Madaniy navlarining o&#8217;suv shoxlari sust rivojlanadi, hosil shoxlari uzunligi o&#8217;rtacha, 4-6 bo&#8217;g&#8217;imli. Barglari o&#8217;rtacha, qisman yoki juda kertikli, 3-5-7 bo&#8217;lmali (keng yoki tor nashtarsimon). Yonbarglari mayda, to&#8217;kilib ketadi. Gullari o&#8217;rtacha; gulbargi oq, och sariq, limonrang, pushti, qizil, asosida yirik antosian dog&#8217;lari bor, ba&#8217;zan tashqi tomoni qorayib ko&#8217;rinadi. Gul tashqarisida ko&#8217;pincha shira bezi bo&#8217;lmaydi, gul kosa ostidagi shira bezi qizil, uchburchak shaklida. Ko&#8217;saklari tuxumsimon, dumaloq, kalta uchli, 4-5, ba&#8217;zan 3 chanoqli. Bitta ko&#8217;sakdagi paxta vazni 2 grammdan 6 grammgacha. Har bir chanog&#8217;ida 3-8 ta chigit bor. Chigiti tuklari oq, yashil yoki qo&#8217;ng&#8217;ir. Tolasi oq, malla yoki qo&#8217;ng&#8217;ir, dag&#8217;al, kamdan-kam mayin. Hindixitoy g&#8217;o&#8217;zasi Hindiston, Bengaliya, birma, Nankin va boshqa bir qancha geografik xillarga bo&#8217;linadi. Hindixitoy g&#8217;o&#8217;zasining tropik shakllari fotodavr o&#8217;zgarishlariga juda ta&#8217;sirchan. Ko&#8217;pchilik shakllari bakteriozga chidamli, shira va o&#8217;rgimchakkana bilan kam zararlanadi. Hindixitoy g&#8217;o&#8217;zasi mustahkam, &#8220;junsimon&#8221; tolali g&#8217;o&#8217;za navlari yaratishda genetik fond bo&#8217;lib xizmat qiladi. Abdumavlon Abdullayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hindixitoy g&#8217;o&#8217;zasi, daraxt g&#8217;o&#8217;za (Oozaursht agogeit b) \u2014 madaniy g&#8217;o&#8217;za turi. Genomi A2, xromosomalar soni 2p=26. Hindixitoy g&#8217;o&#8217;zasining yovvoyi shakllari dekan (Hindiston yarim oroli)da tarqalgan. Asosan, Hindistonda, qisman Afg&#8217;oniston, Bangladesh, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hindixitoy-gozasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[212],"tags":[],"class_list":["post-108998","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108998","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=108998"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108998\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109011,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/108998\/revisions\/109011"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=108998"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=108998"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=108998"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}