{"id":109067,"date":"2023-09-28T12:16:56","date_gmt":"2023-09-28T09:16:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109067"},"modified":"2023-09-28T12:17:04","modified_gmt":"2023-09-28T09:17:04","slug":"qurultoy-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qurultoy-2\/","title":{"rendered":"Qurultoy"},"content":{"rendered":"\n<p>Qurultoy (turkiy-mo&#8217;g&#8217;ulcha \u2014 Xurultay), kengash, Majlis, s&#8217;yezd \u2014 turkiy xalqlar va mo&#8217;g&#8217;ul xalqida qadimdan mavjud bo&#8217;lgan turli harbiy kengashlar va majlislarning umumiy nomi. 1) turkiy xalqlarda Qurultoy va harbiy kengash o&#8217;tkazish an&#8217;anasi qadimdan mavjud bo&#8217;lgan. U Eftaliylar va Turk xoqonligi davlatlarida paydo bo&#8217;lib, kamida 1500 yillik tarixga ega. Hatto ayrim manbalarda yozilishicha, Hun xoqonligi davrida ham Qurultoylar o&#8217;tkazilgan. Saljuqiylar va Usmonlilar sulolasi vakillari Qurultoyda o&#8217;z sultonlarini saylashgan. Mo&#8217;gullar davlatida (Chingizxon va uning vorislari davrida) Qurultoy hokimiyat boshqaruvining oliy shakliga aylangan edi. Amir Temur va Temuriylar davriga kelib, Qurultoylar o&#8217;zining mukammal tuzilishiga ega bo&#8217;lgan. Qurultoyda mamlakat hayotidagi jiddiy siyosiy va iqtisodiy masalalar hal qilingan, u muhim harbiy yurishlar arafasida o&#8217;tkaziladigan o&#8217;ziga xos katta marosimga aylangan. &#8220;Temur tuzuklari&#8221;da Qurultoy (harbiy kengash) o&#8217;tkazish tartiblari haqida so&#8217;z boradi. Qurultoyda mamlakat hukmdori va qo&#8217;shin qo&#8217;mondoni saylangan. Qurultoy o&#8217;tkazish Nizomiga ko&#8217;ra, uning har bir ishtirokchisi o&#8217;z fikrini erkin ravishda bildirishi mumkin bo&#8217;lgan. Qurultoy qatnashchisi bo&#8217;lgan Amir va beklarga muayyan kuchlar tomonidan tavsiya etilayotgan nomzodlar haqida oshkora va hech qanday moneliksiz fikr-mulohaza aytish huquqi berilgan. Saylovlar oshkora va teng asoslarda o&#8217;tgan. So&#8217;ngra saylovda g&#8217;olib chiqqai nomzodni payg&#8217;ambar Muhammad (sav) avlodlaridan bo&#8217;lgan sayyidlar qoq yerga to&#8217;shalgan oq kigiz yoniga etaklab kelishardi. Mamlakat hukmdori yoxud harbiy qo&#8217;shinning oliy bosh qo&#8217;mondoni qilib saylangan shaxs shariat qonunlariga binoan ish ko&#8217;rishi lozimligi to&#8217;g&#8217;risida muqaddas Qur&#8217;oni karimni qo&#8217;lida tutib, qasamyod etishi kerak edi. So&#8217;ngra uni nufuzli urug boshliqlari (biylar) oq kigizga solib, ko&#8217;tarish marosimini bajo keltirishgan. Bu an&#8217;ana O&#8217;rta Osiyoda xonliklar davrida (20-asr boshlarigacha) ham saqlanib qolgan; 2) 1917 yilda butun Turkiston musulmonlari tomonidan o&#8217;tkazilgan 4 ta anjuman. Ularning oxirgisida Turkiston muxtoriyati tashkil topgan (1917 yil 26-28 noyabr); 3) Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasiaa oliy davlat hokimiyat organi; 4) Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat rahbarlari tomonidan tashkil qilingan idora. Turkiston Vatanparvarlari Qurultoylarda o&#8217;z harbiy yo&#8217;lboshchilarini saylashgan, qizil armiyaga qarshi kurashdan saboq va xulosalar chiqarib, bo&#8217;lg&#8217;usi jang rejalarini muhokama qilishgan. Qurultoylarda Oliy bosh qo&#8217;mondon bilan birgalikda harbiy dastalarning qo&#8217;mondonlari \u2014 qo&#8217;rboshilar ham saylangan. 5) 20-asrda O&#8217;zbekiston SSRda qishloq xo\u2019jalik xodimlari \u2014 paxtakorlar, chorvadorlar va boshqalarning eski yil yakuni va yangi yil rejalari munosabati bilan o&#8217;tkaziladigan respublika, viloyat va tuman yig&#8217;inlarining nomi. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qurultoy (turkiy-mo&#8217;g&#8217;ulcha \u2014 Xurultay), kengash, Majlis, s&#8217;yezd \u2014 turkiy xalqlar va mo&#8217;g&#8217;ul xalqida qadimdan mavjud bo&#8217;lgan turli harbiy kengashlar va majlislarning umumiy nomi. 1) turkiy xalqlarda Qurultoy va harbiy kengash &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qurultoy-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-109067","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109067","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109067"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109067\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109078,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109067\/revisions\/109078"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109067"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109067"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109067"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}