{"id":109146,"date":"2023-09-28T14:13:16","date_gmt":"2023-09-28T11:13:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109146"},"modified":"2023-09-28T14:13:22","modified_gmt":"2023-09-28T11:13:22","slug":"qutadgu-bilig","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qutadgu-bilig\/","title":{"rendered":"&#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221; (&#8220;saodatga yo&#8217;llovchi bilim&#8221;) \u2014 Yusuf xos Hojib asari, turkiy adabiyotning Nodir namunasi, 1069-70 yillarda yaratilgan. Muallifning asar muqaddimasida xabar berishicha, bu kitob o&#8217;z davridayoq keng tarqalib, mashhur bo&#8217;lgan. Chin (Shimoliy Xitoy)liklar uni &#8220;adab ul-muluk&#8221; (&#8220;Hukmdorlar odobi&#8221;), Mochin (Janubiy Xitoy)liklar &#8220;oyin ul-mamlakat&#8221; (&#8220;hukmdorlik qonun-qoidalari&#8221;), Sharqiy xitoyliklar &#8220;ziynat ul-umaro&#8221; (&#8220;hukmdorlar ziynati&#8221;), Eronliklar &#8220;Shohnoma&#8221;i turkiy (&#8220;turkiy &#8220;Shohnoma&#8221;), ba&#8217;zilar &#8220;Pandnomai muluk&#8221; (&#8220;hukmdorlar pandnomasi&#8221;), turonliklar esa &#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221; deb ataganlar. &#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221; dostonini yaratar ekan, muallif o&#8217;z oldiga Qoraxoniylar davlati hokimiyatini mustahkamlash, Tavg&#8217;achxon bilan Eloqxonlar o&#8217;rtasidagi ixtiloflarni bartaraf etish, hukmron doiralarning turli ijtimoiy tabaqalarga munosabatini belgilash, ma&#8217;rifat va obodonchilik uchun kurash, yaxshi xulq-odobni targ&#8217;ib qilish kabi maqsadlarni qo&#8217;ygan. Bu bilan Yusuf xos Hojib o&#8217;z davrining yirik ma&#8217;rifatparvari va donishmandi sifatida gavdalanadi. &#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221; markaziga 4 masala qo&#8217;yilib, ular 4 obraz vositasida ochib berilgan: birinchisi \u2014 adolat bo&#8217;lib, u podshoh Kuntug&#8217;di timsolida, ikkinchisi \u2014 davlat bo&#8217;lib, vazir Oyto&#8217;ldi, uchinchisi \u2014 aql bo&#8217;lib, vazirning o&#8217;g&#8217;li Ugdilmish, to&#8217;rtinchisi \u2014 qanoat bo&#8217;lib, uning qarindoshi O&#8217;zg&#8217;urmish qiyofasida tasvirlanadi. Shunga muvofiq ravishda qo&#8217;yilgan masalalar voqealar rivoji, qahramonlarning o&#8217;zaro suhbati, bahs-munozarasi, savol-javoblari, pand-nasihatlari vositasida hal qilinadi. Muallif bahsli masalalar yuzasidan ham axloq-odob, ilm, insoniylik va adolat doirasida fikr yuritadi hamda podshoh va amaldorlardan tortib dehqonu hunarmandgacha \u2014 jamiyatdagi barcha toifalarning huquq va burchlari haqida o&#8217;z mulohazalarini bildiradi. Borliq haqidagi bilimlarga to&#8217;xtalgan Yusuf xos Hojib odam bilishi mumkin bo&#8217;lmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yo&#8217;q, bilim tufayli osmon sari ham yo&#8217;l ochiladi, deydi; bilish uchun esa tinmasdan o&#8217;rganish lozim, deb uqtiradi. &#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221; Qoraxoniylar hokimiyatining o&#8217;ziga xos nazmiy nizomnomasi bo&#8217;lib, bu ramziy-timsoliy asar yurt egalari bo&#8217;lmish hukmdorlar va katta-kichik amaldorlarga atab yozilgan va asarda ularga mamlakatni adolat bilan boshqarish, tinchlikni saqlash, raiyatga zulm qilmaslik, bil&#8217;aks, xalqning og&#8217;irini yengil qilish, turmushini farovon aylash, jamiyatning ma&#8217;naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlash, ilm-ma&#8217;rifatga keng e&#8217;tibor berish, iste&#8217;dod sohiblarini qo&#8217;llab-quvvatlash, huquq, burch, adolat bo&#8217;yicha maslahat va tavsiyalar berilgan. Hukmdorlar adabnomasi \u2014 &#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221; Qoraxoniylar sulolasi misolida turkiy davlatchilik asoslari yangi bosqichga ko&#8217;tarilgan davrda zamon kun tartibiga qo&#8217;ygan siyosiy-ijtimoiy masalalarni hal qilishda asosiy dastur bo&#8217;lgan. Shoirning u yoki bu masala bo&#8217;yicha pand-nasihatlari xuddi hikmatday jaranglaydi, xalq maqollariga o&#8217;xshab ketadi \u2014 ularning badiiy yuksakligi va ma&#8217;rifiy ahamiyati ham shunda. Asar muallifining so&#8217;nggi tahriridan o&#8217;tgan va Tavg&#8217;ach Bug&#8217;roxonga taqdim etilgan nusxasi nasriy (38 misra) va she&#8217;riy (77 bayt) muqaddima, kirish boblar (390 bayt), asosiy qism (68 bob, 5896 bayt), xotima (2 qasida va masnaviy bob)dan iborat. Jami 6520 bayt. &#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221;ning 3 qo&#8217;lyozma nusxasi fanga ma&#8217;lum: ulardan biri uyg&#8217;ur yozuvida ko&#8217;chirilgan bo&#8217;lib (1439, Hirot), Vena Saroy kutubxonasida saqlanadi; Arab yozuvida ko&#8217;chirilgan 2 nusxadan biri Qohirada (1896 yil shu yerda topilgan), ikkinchisi (1913 yil Namangandan topilgan va 1925 yil Fitrat tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan) Toshkentda, O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Asarning ilk nashri H.Vamberi tomonidan amalga oshirilgan (1870). Shundan keyin bu asar V.Radlov (1890; 1910), S.E.Malov (1929; 1951), R.R.Arat (1942; 1943; 1947; 1959), Q.Karimov (1971), B.To&#8217;xliev (1989), uyg&#8217;ur olimlari (1984) tomonidan nashr etildi. Asar ingliz, nemis, frantsuz, rus, Chex, turk, uyg&#8217;ur, Xitoy va boshqa tillarga tarjima qilingan. Uni J.Amade, A.Fitrat, R.Arat, E.E.Bertels, H.Vamberi, V.Radlov, S.Malov, A.N. Kononov, S.N.Ivanov, D.Nasilov, A.Valitova, G&#8217;.Abdurahmonov, Q.Karimov, B.To&#8217;xliev, Q.Sodiqov va boshqa chet el va o&#8217;zbek olimlari o&#8217;rganganlar. Ad.:Mallaev N., O&#8217;zbek adabiyoti tarixi, T., 1976; O&#8217;lmas obidalar, T., 1989; To&#8217;xliev B., Yusuf Xos Hojibning &#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221; asari, T., 1991; Buyuk siymolar, allomalar, 1-kitob, T., 1995; Homidiy H., Ko&#8217;hna Sharq darg&#8217;alari, T., 1999: Qayumov A., Ishoqov M., Otaxo&#8217;jaev A., Sodiqov Q., Qadimgi yozma yodgorliklar, T., 2000. Ergash Ochilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221; (&#8220;saodatga yo&#8217;llovchi bilim&#8221;) \u2014 Yusuf xos Hojib asari, turkiy adabiyotning Nodir namunasi, 1069-70 yillarda yaratilgan. Muallifning asar muqaddimasida xabar berishicha, bu kitob o&#8217;z davridayoq keng tarqalib, mashhur bo&#8217;lgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qutadgu-bilig\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-109146","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109146","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109146"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109146\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109155,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109146\/revisions\/109155"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109146"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109146"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109146"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}