{"id":109156,"date":"2023-09-28T14:14:02","date_gmt":"2023-09-28T11:14:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109156"},"modified":"2023-09-28T14:14:05","modified_gmt":"2023-09-28T11:14:05","slug":"qusish-qayt-qilish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qusish-qayt-qilish\/","title":{"rendered":"Qusish, qayt qilish"},"content":{"rendered":"\n<p>Qusish, qayt qilish \u2014 me&#8217;da, diafragma, qorin devori va boshqa muskullarning spazmatik qisqarishi natijasida me&#8217;da ichidagi narsalarning g&#8217;ayriixtiyoriy ravishda og&#8217;izdan tashqariga chiqarilishi. Me&#8217;da va ichki a&#8217;zolar, Markaziy hamda periferik nerv sistemasining ta&#8217;sirlanishi (masalan, zaharlanganda) yoki kasalligi oqibatida ro&#8217;y beradi. Qusish me&#8217;da shilliq qavatining ta&#8217;sirlanishiga nisbatan organizmning himoya \u2014 moslanish reaktsiyasi bo&#8217;lib, ko&#8217;pincha yutib yuborilgan yot jismlar, sifatsiz ovqat va turli zaharli modda- lar ta&#8217;sirida sodir bo&#8217;ladi. Qusish tufayli organizm zararli, ba&#8217;zan hatto hayot uchun xavfli moddalardan xalos bo&#8217;ladi. Me&#8217;daning ba&#8217;zi kasalliklari (masalan, yara kasalligi, gastrit)da Qusishdan oldin ko&#8217;ngil ayniydi, odatda Qusishdan so&#8217;ng bemor o&#8217;zini yengil his qiladi. Qusish yurak, o&#8217;t pufagi, appendiks (chuvalchangsimon o&#8217;simta), buyrak va boshqa a&#8217;zolar funktsiyasi izdan chiqqanda me&#8217;daga reflektor ta&#8217;sir etishi natijasida ham paydo bo&#8217;lishi mumkin. Qusish bosh miya va uning pardalari kasalliklari (meningoentsefalit, bosh miya o&#8217;smalari va shikastlanishlari), miyada qon aylanishining buzilishi belgisi bo&#8217;lishi, shuningdek, emotsinal buzilishlar tufayli (masalan, ba&#8217;zi bir noxush taomlar, qon, qusuq massalari va hokazolarni ko&#8217;rganda) yuzaga kelishi ham mumkin. Homiladorlarning qusishi ko&#8217;pincha homiladorlik toksikozlarining alomati bo&#8217;ladi. Qusish vaqtida, ayniqsa, og&#8217;ir va hushsiz yotgan bemorlarga ko&#8217;z-quloq bo&#8217;lib turish kerak, chunki bunday hollarda qusuq nafas yo&#8217;llariga tushib, bemor bo&#8217;g&#8217;ilib qolishi, o&#8217;pkasi yallig&#8217;lanishi mumkin. Qayt qilayotgan bemorni o&#8217;tqazib qo&#8217;yish yoki boshini pastga qilib, yonboshi bilan yotqizish lozim. Agar bemor yotgan bo&#8217;lsa, uning boshini yon tomonga qaratib, qusib bo&#8217;lguncha shu holatda ushlab turish kerak, qusib bo&#8217;lgach esa uning og&#8217;zini chaydirish, madorsiz bemorlar og&#8217;zini ho&#8217;l tampon bilan tozalab olish lozim. Qusuq tarkibida qon bo&#8217;lsa darhol vrach chaqirish zarur. Qusish iste&#8217;mol qilingan oziq-ovqat yoki dori vositalariga aloqador bo&#8217;lsa, ularni qo&#8217;llamaslik kerak. Agar Qusish sababsiz ro&#8217;y bersa, vrachga murojaat qilib, Qusishda yuz bergan holatni tafsillash hamda qusuq massasini vrachga ko&#8217;rsatish talab etiladi, chunki uning tashqi ko&#8217;rinishi, tarkibi va boshqalar qusish sabablarini aniqlashga yordam beradi. Bolalarda Qusish kattalarga nisbatan ko&#8217;proq kuzatiladi. Qusishning barcha hollarida tezlik bilan vrachga murojaat qilish kerak. Faqat tibbiy tekshirishlargina Qusish sabablarini aniqlash va uni o&#8217;z vaqtida oldini olish hamda davolash imkonini beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qusish, qayt qilish \u2014 me&#8217;da, diafragma, qorin devori va boshqa muskullarning spazmatik qisqarishi natijasida me&#8217;da ichidagi narsalarning g&#8217;ayriixtiyoriy ravishda og&#8217;izdan tashqariga chiqarilishi. Me&#8217;da va ichki a&#8217;zolar, Markaziy hamda periferik nerv &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qusish-qayt-qilish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-109156","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109156","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109156"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109156\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109164,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109156\/revisions\/109164"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109156"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109156"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109156"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}