{"id":109240,"date":"2023-09-28T17:02:28","date_gmt":"2023-09-28T14:02:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109240"},"modified":"2023-09-28T17:02:33","modified_gmt":"2023-09-28T14:02:33","slug":"qongirot-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qongirot-3\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;ng&#8217;irot"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;ng&#8217;irot (1969 yilgacha Jeleznodorojniy shaharchasi) \u2014 Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Qo&#8217;ng&#8217;irot tumanidagi shahar. Amudaryo deltasida, uning chap sohilida, Xo&#8217;jayli \u2014 Beynov avtotrassasi bo&#8217;yida joylashgan. Nukus \u2014 Beynov temir yo\u2019l yo&#8217;nalishidagi temir yo\u2019l stanniyasi. Nukus shahridan 134 kilometr shimoli-g&#8217;arbda. Aholisi 69,2 ming kishi (2005). Qo&#8217;ng&#8217;irot arxeologik ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, 2500-2600 yillik tarixga ega. Qoraqalpog&#8217;istondagi 5 ta tarixiy qal&#8217;aning biridir. Qo&#8217;ng&#8217;irot haqida akade,ol V.V.Bartold, Ya.G&#8217;ulomov, Venger olimi G.Vamberi va boshqalar yozib qoldirganlar. Qo&#8217;ng&#8217;irot Ustyurt hududidan o&#8217;tadigan eski guzar yo&#8217;l va Buyuk ipak yo&#8217;li orqali qadimdan Qozog&#8217;iston, Rossiya, Kavkaz xalqlari bilan madaniy, savdo aloqalarini o&#8217;rnatgan. 1842 yilda unter-ofitser xaritashunos Zeleninning tushirgan shahar planida Qo&#8217;ng&#8217;irot 2 tomondan Talliq va Xonjop kanallari, shimoldan uzunligi 2,5 kilometrli, Janubdan 745 metrli, eni 5-10 metrli qo&#8217;rg&#8217;on devori, devor tashqarisida xandaq bilan himoya qilinganligi ko&#8217;rsatilgan. O&#8217;sha davrda shahar aholisi, asosan, hunarmandchilik, savdo-sotiq, baliq ovlash va shahar tashqarisida ovchilik bilan shug&#8217;ullangan. Qo&#8217;ng&#8217;irotda sanoat korxonalaridan paxta tozalash, un zavodlari, Ustyurt qidiruv parmalash boshqarmasi, &#8220;Ustyurt&#8221; unitar sho&#8217;ba korxonasi, &#8220;Iygilik-gaz&#8221; qo&#8217;shma korxonasi filiali, temir-beton buyumlari zavodi, Buxoro \u2014 Ural va O&#8217;rta Osiyo \u2014 Markaz gaz quvuri magistralining kompressor stantsiyalari, &#8220;O&#8217;zbekiston temir yo&#8217;llari&#8221; Lokomotiv va vagon ta&#8217;mirlash deposi va bir nechta tarmoq korxonalari, &#8220;Urganchtransgaz&#8221; sho&#8217;ba korxonasining gaz quvurlari tarmog&#8217;i boshqarmasi, texnologik suv bilan ta&#8217;minlash boshqarmasi, gidroinshootlar, 3 avtokorxona, qurilish korxonasi, Taxiatosh neft mahsulotlari bilan ta&#8217;minlash korxonasi tuman filiali, &#8220;Qo&#8217;ng&#8217;irotgaz&#8221; filiali, &#8220;Qoraqalpoq-ikkilamchi qora metall&#8221; tuman bo&#8217;limi, 3 qo&#8217;shma korxona (&#8220;tuz LTD&#8221;, &#8220;Qazqo&#8217;ng&#8217;irotkarbid&#8221;, &#8220;noil'&#8221;). Qo&#8217;ng&#8217;irot temir yo\u2019l vokzali bor. Qo&#8217;ng&#8217;irotda 18 umumiy ta&#8217;lim maktabi, bolalar sport maktabi, sanoat \u2014 transport, qishloq xo\u2019jalik kasb-hunar kollejlari, Qoraqalpog&#8217;istoya davlat universiteti huzuridagi &#8220;biznes maktabi&#8221; Qo&#8217;ng&#8217;irot filiali, tillar o&#8217;rganish markazi mavjud. 9 kutubxona, Qo&#8217;ng&#8217;irot tumani tarixi, Qo&#8217;ng&#8217;irot temir yo\u2019l tarixi muzeylari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Temiryo&#8217;lchilar madaniyat va istirohat bog&#8217;ida 2-jahon urushida qurbon bo&#8217;lganlar xotirasiga bag&#8217;ishlangan Xotira yodgorligi bor. Tuman Markaziy kasalxonasi, Temiryo&#8217;lchilar sanatoriy-profilaktoriysi, bolalar kasalxonasi va poliklinikasi, sil kasalliklari, teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, tug&#8217;ruqxona majmuasi ishlab turibdi. Qo&#8217;ng&#8217;irotdan Nukus, Xo&#8217;jayli va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Shaharda qoraqalpoq adiblari Berdaq, Ajiniyozshr tavallud topganlar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;ng&#8217;irot (1969 yilgacha Jeleznodorojniy shaharchasi) \u2014 Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Qo&#8217;ng&#8217;irot tumanidagi shahar. Amudaryo deltasida, uning chap sohilida, Xo&#8217;jayli \u2014 Beynov avtotrassasi bo&#8217;yida joylashgan. Nukus \u2014 Beynov temir yo\u2019l yo&#8217;nalishidagi temir yo\u2019l &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qongirot-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-109240","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109240","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109240"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109240\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109250,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109240\/revisions\/109250"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109240"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109240"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109240"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}