{"id":109254,"date":"2023-09-28T17:03:33","date_gmt":"2023-09-28T14:03:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109254"},"modified":"2023-09-28T17:03:36","modified_gmt":"2023-09-28T14:03:36","slug":"qotirbuloq-makoni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qotirbuloq-makoni\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;tirbuloq makoni"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;tirbuloq makoni &#8211; 1) muste davriga oid qadimgi manzilgoh (miloddan avvalgi taxminan 33-ming yillik). Samarqand viloyati Kattaqo&#8217;rg&#8217;on shahridan 20 kilometr g&#8217;arbda, Charxin qishlog&#8217;i yaqinidagi Qo&#8217;tirbuloq nomli buloq atrofida joylashgan. Manzilgoh 1971 yilda Yu.F. Buryakov boshchiligidagi arxeologlar guruhi tomonidan aniqlangan. Dastlab 1971-90 yillar davomida manzilgohda N.X.Toshkenboyev arxeologik qazuv ishlarini olib bordi. Keyingi yillarda manzilgohda Q. Shimchak boshchiligidagi O&#8217;zbekiston-Polsha qo&#8217;shma ekspeditsiyasi ish olib borgan. Qo&#8217;tirbuloq makonida muste davriga oid 5 ta madaniy qatlam aniqlangan; chaqmoqtosh, diorit, kvarsit, kvars va daryo toshlaridan yasalgan qirg&#8217;ichlar, o&#8217;tkir uchli paykonlar, teshgichlar, 2 tomoniga ishlov berilgan bargsimon qurol, daryo toshlaridan yasalgan tosh qurollar topilgan. Manzilgoh sohiblari qurol yasash uchun xom ashyoni zirabuloq tog&#8217;lari va Zarafshon daryosi qirg&#8217;oqlaridan olganlar. Manzilgohdan, shuningdek, turli hayvon suyaklari ham topilgan. Bundan ko&#8217;rinadiki, qo&#8217;tirbuloqliklar xo&#8217;jalik hayotida ovchilik katta ahamiyat kasb etgan. Manzilgoh tosh qurollarini o&#8217;rganish Qo&#8217;tirbuloq madaniyatining paleolit davri manzilgohlari (Teshiktosh, Obirahmat va boshqalar) madaniyati bilan o&#8217;xshash ekanligini ko&#8217;rsatdi; 2) Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi Sazag&#8217;on qishlog&#8217;ida joylashgan buloq. Sazag&#8217;onsoyning so&#8217;l qirg&#8217;og&#8217;ida tosh qo&#8217;rg&#8217;onlardan iborat nekropol mavjud; qabrlar ustiga 15-16-asrlarga oid qabrtoshlar qo&#8217;yilgan. Buloq yaqinida, shuningdek, ilk o&#8217;rta asrlarga oid Sartepa, ilk antik davrga mansub Boysaritepa bor. 2003-05 yillarda Boysaritepada O&#8217;zbekiston-Italiya arxeologiya ekspeditsiyasi ish olib borgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;tirbuloq makoni &#8211; 1) muste davriga oid qadimgi manzilgoh (miloddan avvalgi taxminan 33-ming yillik). Samarqand viloyati Kattaqo&#8217;rg&#8217;on shahridan 20 kilometr g&#8217;arbda, Charxin qishlog&#8217;i yaqinidagi Qo&#8217;tirbuloq nomli buloq atrofida joylashgan. Manzilgoh &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qotirbuloq-makoni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-109254","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109254","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109254"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109254\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109266,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109254\/revisions\/109266"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109254"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109254"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109254"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}