{"id":109272,"date":"2023-09-28T17:18:20","date_gmt":"2023-09-28T14:18:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109272"},"modified":"2023-09-28T17:18:24","modified_gmt":"2023-09-28T14:18:24","slug":"ogriq-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ogriq-2\/","title":{"rendered":"Og&#8217;riq"},"content":{"rendered":"\n<p>Og&#8217;riq \u2014 o&#8217;ta kuchli yoki yemiruvchi ta&#8217;sirlovchilarga javoban organizmda ro&#8217;y beradigan noxush fiziologik jarayon, organizmning himoyalanish reaktsiyasi. Og&#8217;riq butun organizm yoki organlar funktsiyasining buzilganligi haqida, kasallik to&#8217;g&#8217;risida ogohlantiradi, uni aniqlashga va to&#8217;g&#8217;ri davolashga imkon beradi. Shu bilan birga Og&#8217;riq sezgi hissiy kechinma sifatida kishini yozadi, unga orom va uyqu bermaydi, ish qobiliyatini pasaytiradi va boshqalar. Og&#8217;riq haddan tashqari kuchli bo&#8217;lsa, shok ro&#8217;y berishi mumkin. Og&#8217;riq ko&#8217;proq ta&#8217;sirlovchining kuchiga bog&#8217;liq. Agar teri, shilliq pardalari, suyak usti pardasi qattiq shikastlangan bo&#8217;lsa, Og&#8217;riq kuchli bo&#8217;ladi. Ichak funktsiyasidagi ozgina buzilishlar kuchli Og&#8217;riqqa sabab bo&#8217;lishi yoki, aksincha, bosh miya, buyrakning jiddiy zararlanishlari og&#8217;riqsiz o&#8217;tishi mumkin. Og&#8217;rituvchi ta&#8217;sirotga javoban organizmda bir qancha o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y beradi; qon tomirlari torayadi, qon bosimi ko&#8217;tariladi, qonning ivish xossasi oshadi, qondagi qand miqdori ko&#8217;payadi. Og&#8217;riq bevosita paydo bo&#8217;lgan joyida (masalan, gastritda to&#8217;sh ostida) yoki bu joydan ancha uzoqda (masalan, siydik toshi kasalligida jinsiy a&#8217;zolar va chovda) sezilishi va nervlar orqali gavdaning muayyan sohalariga tarqalishi mumkin, buni og&#8217;riq irradiatsiyasi deyiladi. Ichki a&#8217;zolarning kasalliklarini aniqlashda og&#8217;riq turi va irradiatsiya xarakteri nazarda tutiladi. Og&#8217;riq sezgisi bosh miya po&#8217;stlog&#8217;ida shakllanib, keyin periferiyada aks etadi. Lo&#8217;qillovchi, sanchuvchi, kesuvchi, lovullatuvchi, simillovchi, timdalovchi va boshqa xil Og&#8217;riqlar bo&#8217;ladi. Bosh og&#8217;rig&#8217;i, yurak sohasidagi va qorin sohasidagi Og&#8217;riqlar hayotga jiddiy xavf soladigan og&#8217;riqlardir. Yurak sohasidagi Og&#8217;riq ko&#8217;krak qafasining chap tomonida yoki to&#8217;sh orqasida bo&#8217;ladi. Og&#8217;riq birdan yoki asta-sekin boshlanadi. Og&#8217;riq bir lahzada o&#8217;tib ketishi yoki anchagina davom etishi mumkin. Ko&#8217;proq yurak hamda boshqa a&#8217;zolar kasallanganda uchraydi. Tush orqasida siqib boshlanadigan Og&#8217;riq jismoniy zo&#8217;riqqanda yoki tinch holatda ham kuzatiladi, bu stenokardiyaga xos bo&#8217;lib, tibbiy yordam ko&#8217;rsatishni talab etadi. Ko&#8217;krak qafasining chap tomonidagi Og&#8217;riq revmatizmda, shuningdek, yurak atrofidagi a&#8217;zolar zararlanganda, kamqonlikda va boshqa kasalliklarda paydo bo&#8217;ladi. Yurak sohasidagi Og&#8217;riq ko&#8217;pincha nevrozlarda yurak nerv apparatining funktsional buzilishlari, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining o&#8217;zgarishi, turli intoksikasiyalarda (masalan, chekish yoki ichkilikka ruju qilgan kishilarda) kuzatiladi. Og&#8217;riqqa davo qilish uni yuzaga keltirgan sababchisini bartaraf etishdan iborat. Og&#8217;riqlardan o&#8217;tkir qorin og&#8217;rig&#8217;iga e&#8217;tiborsizlik bilan qarab bo&#8217;lmaydi, chunki bu xil Og&#8217;riq qorin bo&#8217;shlig&#8217;i organlarining jiddiy kasalliklari (o&#8217;tkir appendisit, me&#8217;da yoki ichak yarasining teshilishi, ichak buralishi, ichakning tutilib qolishi, qorin bo&#8217;shlig&#8217;iga ko&#8217;p qon oqishi, o&#8217;tkir pankreatit va hokazolar)dan dalolat beradi. Qorinda Og&#8217;riqning kelib chiqish sababini faqat vrach aniqlaydi va tegishli davo tayinlaydi. Bemorning o&#8217;zi yoki atrofidagi kishilarning Og&#8217;riq sababini bilmay turib, o&#8217;z bilgicha davo qilishga urinishlari bemor ahvolini og&#8217;irlashtirib qo&#8217;yishi mumkin. Bolalardagi qorin og&#8217;rig&#8217;ini ota-onalar ko&#8217;pincha &#8220;ich buzilishi&#8221; deb o&#8217;ylashadi. O&#8217;z bilgicha og&#8217;riq qoldiruvchi dorilar, surgi ichish, klizma qilish qatiy man etiladi. Bu xil muolajalar kasalliklarni aniqlashda, diagnoz qo&#8217;yishda vrachni chalg&#8217;itishi mumkin. Umuman Og&#8217;riqning qamma turida ham vrachga ko&#8217;rinib, uning ko&#8217;rsatmalariga amal qilish tavsiya etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Og&#8217;riq \u2014 o&#8217;ta kuchli yoki yemiruvchi ta&#8217;sirlovchilarga javoban organizmda ro&#8217;y beradigan noxush fiziologik jarayon, organizmning himoyalanish reaktsiyasi. Og&#8217;riq butun organizm yoki organlar funktsiyasining buzilganligi haqida, kasallik to&#8217;g&#8217;risida ogohlantiradi, uni aniqlashga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ogriq-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-109272","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109272","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109272"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109272\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109288,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109272\/revisions\/109288"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109272"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109272"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109272"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}