{"id":109721,"date":"2023-10-04T15:00:02","date_gmt":"2023-10-04T12:00:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109721"},"modified":"2023-10-04T15:00:07","modified_gmt":"2023-10-04T12:00:07","slug":"ovqatlanish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ovqatlanish\/","title":{"rendered":"Ovqatlanish"},"content":{"rendered":"\n<p>Ovqatlanish \u2014 organizmning hayot faoliyatini ta&#8217;minlash, salomatlik va ish qobiliyatini saqlab turish uchun zarur oziq moddalarni o&#8217;zlashtirish jarayoni. Kishi rejim bilan to&#8217;g&#8217;ri ovqatlansa, kasalliklarga kamroq chalinib, ularni oson engadi. To&#8217;g&#8217;ri Ovqatlanish barvaqt qarib qolishning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega. Me&#8217;da-ichak, yurak-tomir kasalliklari va boshqa kasalliklarda alohida tuziladigan ratsion hamda Ovqatlanish rejimi davo shartlaridan hisoblanadi. Ovqat organizmning uyg&#8217;un ravishda rivojlanishi hamda bir me&#8217;yorda ishlab turishini ta&#8217;minlay oladigan bo&#8217;lishi kerak, buning uchun ovqat ratsionining mikdori va sifati, kishining kasb-kori, yoshi, jinsiga tegishli ehtiyojlarga monand kelishi lozim. Organizmning fiziologik ehtiyojlari turli shart-sharoitlarga bog&#8217;liq. Bularning ko&#8217;pchiligi doimo o&#8217;zgarib turadi. Shu sababli hayotning har bir fursati uchun aniq to&#8217;g&#8217;ri keladigan ovqat bo&#8217;lishi amalda mumkin emas. Biroq odamda maxsus regulyator (boshqaruv) mexanizmlar bo&#8217;lib, ular mazkur paytda o&#8217;ziga kerakli miqdordagi zarur oziq moddalarni yeyilgan ovqatdan ajratib oladi va o&#8217;zlashtiradi. Lekin organizmdagi moslashtiruvchi regulyator qobiliyatlarning ham ma&#8217;lum chegarasi bor; bolalar va keksalarda ular ancha cheklangan. Bundan tashqari, bir qancha oziq moddalar, mas, vitaminlar, almashtirib bo&#8217;lmaydigan aminokislotalarni odam organizmi moddalar almashinuvi jarayonida hosil qila (sintezlay) olmaydi. Bu moddalar organizmga ovqat bilan tayyor holda kirib turishi kerak, aks holda sifatsiz Ovqatlanish natijasida kasalliklar paydo bo&#8217;ladi. Ovqatlanish jarayonida organizm hayot faoliyati uchun muhim oziq moddalar (oqsil, yog&#8217;, uglevod, vitaminlar, mineral tuzlar)ni olib turadi. Bular esa o&#8217;zlashtirilishi jarayonida organizmning energiyaga bo&#8217;lgan ehtiyojini qondirib boradi. Biror xil oziq-ovqat mahsuloti organizmda o&#8217;zlashtirilganida ajralib chiqadigan energiya mikdori shu mahsulotning kaloriyasidir. Turli oziq moddalar va energiyaga bo&#8217;lgan ehtiyoj odamning yoshi, jinsi hamda mehnat tarziga qarab har xil bo&#8217;ladi. Mehnat faoliyati xarakterini hisobga olgan holda ovqat rasionini to&#8217;g&#8217;ri tuzish uchun ovqatlanish gigienasi sohasidagi mutaxassis olimlar katta yoshdagi kishilarning hammasini 4 guruhga bo&#8217;lishadi. Birinchi guruhga jismoniy kuch sarf qilmaydigan yoki kam jismoniy kuch sarflab ishlaydigan kishilar: aqliy mehnat xodimlari, ishda asabiga zo&#8217;r keladigan xodimlar; boshqarish pultlarining xodimlari: dispetcherlar, barcha xizmatchilar kiradi. Ikkinchi guruhga mexanizatsiyalashtirilgan korxona xodimlari va jismoniy zo&#8217;riqmasdan ishlovchi xodimlar: hamshiralar, sanitarkalar, sotuvchi, aloqachi, tikuvchi, avtomatlashtirilgan jarayonlarda band ishchilar va boshqalar kiradi. Uchinchi guruhga mehnat sharoitlari qisman mexanizatsiyalashtirilgan korxonalar va xizmat ko&#8217;rsatish sohasida ancha jismoniy kuch sarflab ishlaydigan xodimlar, stanokchi, to&#8217;quvchi, poyabzalchi, metro poezdi, avtobus, tramvay, trolleybuslarning haydovchilari, umumiy ovqatlanish korxonalari xodimlari (ma&#8217;muriy boshqarma apparatidan tashqari) va boshqalar kiradi. To&#8217;rtinchi guruhga yarim mexanizasiyalashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilmagan korxonalarda o&#8217;rtacha og&#8217;ir va og&#8217;ir mehnat qiladigan xodimlar: kon ishchilari, shaxtyorlar, yuk avtomobillari haydovchilari, metallurglar, temirchilar, qishloq xo\u2019jalik xodimlari va mexanizatorlar, yog&#8217;och tayyorlashda band bo&#8217;lgan ishchilar va boshqalar kiradi. Ovqat ratsionini to&#8217;g&#8217;ri tuzish uchun, albatta, oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini bilish lozim. Oqsillar ovqatning eng muhim tarkibiy qismidir. Ovqatda oqsillar etishmasa, organizm yukumli kasalliklarga ko&#8217;proq moyil bo&#8217;lib qoladi, qon yaratilishi susayadi, o&#8217;sib kelayotgan organizmning rivojlanishi sekinlashadi, nerv sistemasi, jigar va boshqa a&#8217;zolar faoliyati buziladi, og&#8217;ir kasalliklardan keyin hujayralarning tiklanishi qiyinlashadi, shuningdek, rasionda oqsillarning ortiqcha bo&#8217;lishi ham organizmga ziyon. Ovqatlanishning O&#8217;zbekistonda qabul qilingan fiziologik me&#8217;yorlarida rasiondagi umumiy kaloriyalarning 14% chasi oqsillar hisobiga qoplanadigan bo&#8217;lishi tavsiya etilgan. O&#8217;simlik mahsulotlari \u2014 don, dukkaklilar, kartoshka va boshqa organizmni oqsillar bilan ta&#8217;minlab turadigan qimmatli va muhim manbadir. Go&#8217;sht va balikda bo&#8217;ladigan azotli estraktiv moddalar ovqatlanishda juda muhim ahamiyatga ega. Go&#8217;sht va baliq sho&#8217;rvalarida ekstraktiv moddalar mavjudligi ko&#8217;proq hazm shiralari ishlanib chiqishi va ovqatning yaxshi hazm bo&#8217;lishiga yordam beradi. Uglevodlar. Normal hayot faoliyati uchun zarur energiyaning yarmidan ko&#8217;prog&#8217;ini odam organizmi uglevodlardan oladi. Ular, asosan, o&#8217;simliklardan oldinadigan mahsulotlarda bo&#8217;ladi. Uglevodlar non, yormalar, kartoshkada kraxmal va qand holida, qandolat mahsulotlari, shirin mevalarda esa qand holida ko&#8217;p uchraydi. Nerv sistemasi, muskullar, yurak, jigar va boshqa a&#8217;zolar faoliyatida uglevodlar muhim rol o&#8217;ynaydi. Yormalar, makaron yoki dukkaklilardan tayyorlangan, kartoshka yoki sabzavotlardan pishirilgan taom va garnirdan kuniga ikki mahal yeb turish, 400\u2014 500 gramm non va 90-100 gramm atrofida qand hamda shirinliklar iste&#8217;mol qilish katta yoshli odamning uglevodlarga bo&#8217;lgan sutkalik ehtiyojini bemalol krndiradi. O&#8217;simlik mahsulotlarida organizmni energiya bilan ta&#8217;minlab turadigan uglevodlar bilan birga oziq hisoblanmaydigan uglevod \u2014 kletchatkalar ham bo&#8217;ladi. Kletchatka taxminan 25% miqdorida o&#8217;zlashtirilib, ovqat ratsionida energiya manbai sifatida amaliy ahamiyati yo&#8217;q. Biroq u ichakning normal ishlashiga yordam beradi: ichak devorlariga ta&#8217;sir etib, ularni harakatga keltiradi \u2014 ichak peristaltikasini qo&#8217;zg&#8217;atadi. Kletchatkasi yo&#8217;q ovqat yeyilganda peristaltika susayib ich qotishi mumkin. Kishi har kuni sariq mag&#8217;iz bug&#8217;doy non, javdar non, sabzavotlardan tanovul qilib turishi kerak, ho&#8217;lligicha va xomligicha yeyiladigan sabzavot va mevalar juda foydali, shuningdek, ularda pectin moddalar ham bor. Bu moddalar uglevodlar toifasidan bo&#8217;lib, oziqdi qimmatga ega. Ularning ovqat hazm bo&#8217;lishidagi asosiy ahamiyati peristaltikani kuchaytirib, ichakning yaxshiroq bo&#8217;shalib turishiga yordam berishidir. Yog&#8217;lar organizmni energiya bilan ta&#8217;minlab turadigan tayyor yonilgi materialidir; ular organizm tomonidan oqsillar, ba&#8217;zi mineral tuzlar, shuningdek, yog&#8217;da eriydigan vitaminlarning normal o&#8217;zlashtirilib borishi uchun ham zarur. Ovqat ratsionida yog&#8217;lar bo&#8217;lishi taomning mazasini yaxshilaydi va ishtahani ochadi. Ovqat bilan birga qabul qilinadigan yog&#8217;lar organizmda qisman yog&#8217; zaxirasi hosil qilishga sarflanadi. Yog&#8217;larga bo&#8217;lgan ehtiyojning qondirilishi yog&#8217;ning turi va sifatiga bog&#8217;liq. Hayvon va o&#8217;simlik yog&#8217;lari bir-birining o&#8217;rnini bosa oladi. Ovqat rasionidagi yog&#8217;lar me&#8217;yori odamlarning yoshi, mehnat faoliyati va iqlimiy xususiyatlarga qarab belgilanadi. O&#8217;zbekiston aholisi uchun taklif etilgan ovqat me&#8217;yorlarida kaloriyalarning 30% ini yog&#8217;lar hisobiga qondirish ko&#8217;zda tutilgan. Sutkalik ovqat ratsionidagi yog&#8217;larni normalashda har 1000 kkal ga 35 gramm yog&#8217; mo&#8217;ljallanadi. Ovqat ratsioniga kiradigan yog&#8217;larning sifat tarkibi ma&#8217;lum ahamiyatga ega. Ovqatga har xil hayvon, parranda va baliqlar yog&#8217;i, shuningdek, o&#8217;simlik moyi qo&#8217;shish foydali. Kunlik ratsionda 70\u2014 85 grammcha hayvonlar yog&#8217;i (shulardan, 40 grammi tabiiy holda, qolgani har xil oziq-ovqat, tabiiy mahsulotlar tarkibida) bo&#8217;lishi lozim. Ovqat ratsioni tarkibiga ba&#8217;zi yog&#8217;simon moddalar \u2014 xolesterin va lesitin ham kiradi. Hayvonlar yog&#8217;i, tuxum sarig&#8217;i, baliq tuxumi (uvildiriq), miya, jigar, buyraklarda ko&#8217;p miqdorda bo&#8217;ladigan xolesterin organizmning hayot faoliyatida, xususan, nerv sistemasi faoliyatida katta rol o&#8217;ynaydi. Lesitin tarkibida fosfor va xolin borligi tufayli bu modda xolesterinning biologik antagonisti hisoblanadi. Lesitin o&#8217;sib kelayotgan organizmning rivojlanishi, kon yaratilishini stimullaydi, nerv sistemasi, jigar faoliyatiga foydali ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi, organizmning zaharli moddalarga ko&#8217;rsatadigan qarshiligini kuchaytirib, yog&#8217;larning singishini yaxshilaydi, aterosklerozning paydo bo&#8217;lishiga to&#8217;sqinlik qiladi. Grechixa yormasi, salat, bug&#8217;doy kepagi tarkibida talaygina lesitin bor. Qon va to&#8217;qimalarda normal miqdorda suyukdik saqlab turish uchun osh tuzi bo&#8217;lishi shart, u siydik ajralib chiqishiga, nerv sistemasi faoliyatiga, qon aylanishiga ta&#8217;sir qiladi, me&#8217;da bezlarida xlorid kislota hosil bo&#8217;lishida ishtirok etadi. Mineral tuzlar organizmdagi barcha to&#8217;qimalar tarkibiga kiradi va organizmning hayot faoliyati jarayonida to&#8217;xtovsiz sarflanib boradi. Odam xilma-xil ovkatlar iste&#8217;mol qilsa, organizmning mineral tuzlarga bo&#8217;lgan ehtiyoji to&#8217;la-to&#8217;kis qondirib boriladi. Bunday tuzlar orasida osh tuzi muhim o&#8217;rin tutadi. Qon va to&#8217;qimalarda normal miqdorda suyuqlik saqlab turish uchun osh tuzi bo&#8217;lishi shart, u siydik ajralib chiqishiga, nerv sistemasi faoliyatiga, qon aylanishiga ta&#8217;sir qiladi, me&#8217;da bezlarida xlorid kislota hosil bo&#8217;lishida ishtirok etadi. Suyak skeleti odam gavdasi og&#8217;irligining taxminan 1\/2\u20141\/3 qismini tashkil etadi, suyaklarning 2\/3 qismi esa mineral tuzlardan tashkil topgan. Odam organizmida bo&#8217;ladigan jami kaltsiyning 99% suyak to&#8217;qimasi tarkibiga kiradi: qolgan 1% kaltsiy moddalar almashinuviga taalluqli xil-ma-xil jarayonlarda ishtirok etadi. Kaltsiy tuzlari deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlarida bor, lekin odam organizmi ularni hamma mahsulotlardan ham o&#8217;zlashtirib olavermaydi. Organizmni zarur miqdorda kaltsiy tuzlari bilan ta&#8217;minlab turish uchun ovqat ratsioniga tarkibida organizmga yaxshi singadigan kaltsiy ko&#8217;p mahsulotlar: sut va sut mahsulotlari, pishloq, tuxum sarig&#8217;i va boshqalarni qo&#8217;shish kerak. Fosfor suyak to&#8217;qimasining hosil bo&#8217;lishida ishtirok etish bilan birga, butun organizmning hayot faoliyatida ham muhim o&#8217;rin tutadi. Nerv to&#8217;qimasi tarkibiga ko&#8217;pgina miqdorda fosfor kiradi, shuning uchun u nerv sistemasining normal ishlab turishida katta ahamiyatga ega. Deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlarida fosfor tuzlari bor, yong&#8217;oq, non, yormalar, go&#8217;sht, miya, jigar, baliq, tuxum, pishloq, sutda fosfor ko&#8217;p. Magniy tuzlari yurak-tomir sistemasining normal ishlab turishini ta&#8217;minlaydi. Bu tuzlar keksa kishilarga ayniqsa zarur, chunki organizmdan ortiqcha miqdor xolesterinni chiqarib tashlashga yordam beradi. Magniy tuzlari kepakda, Jaydar undan yopilgan nonda, grechixa, arpa yormalarida, dengiz balig&#8217;ida ko&#8217;p. Kaliy tuzlari yurak-tomir sistemasining normal ishlab turishini ta&#8217;minlashda ayniqsa muhim, chunki u siydik ajralishini kuchaytiradi. Yurak kasalliklari, gipertoniya kasalligi bilan og&#8217;rigan kishilarga qovoq, tarvuz, olma, bargak, mayiz yeb turish tavsiya etiladi, chunki ular tarkibida talaygina kaliy tuzlari bor. Organizmning temir va misga bo&#8217;lgan ehtiyoji juda kam, sutkasiga grammning mingdan bir ulushiga to&#8217;g&#8217;ri keladi, lekin bu elementlar kon yaratilishida muhim rol o&#8217;ynaydi; yodga bo&#8217;lgan ehtiyoj ham nihoyatda kam, lekin oziq- ovqat mahsulotlarida yod bo&#8217;lmasa, qalqonsimon bez faoliyati buzilib, endemik buqoq kasalligi vujudga keladi. Mikroelementlarga kiradigan kobalt tuzlarining qon yaratilishida roli katta; kobalt vitamin V2 tarkibiga kiradi. No&#8217;xat, lavlagi, kqizil smorodina, qulupnayda kobalt tuzlari ko&#8217;p bo&#8217;ladi. Suv oziq moddalarning organizmda sarflanishida energiya hosil qilmasa ham, lekin suvsiz hayot yo&#8217;q. Ovqat ratsionida zarur miqdorda suyuklik bo&#8217;lsa, ovqatning hajmi (og&#8217;irligi) kerakli darajaga etadi va to&#8217;yganlik hissi vujudga keladi. Suvga bo&#8217;lgan sutkalik ehtiyoj gavda og&#8217;irligining har 1 kilogramm vazniga 35-40 ml ni, ya&#8217;ni taxminan 2,5 l ni tashkil etadi. Shu normaning talaygina qismi (1 l ga yaqini) oziq-ovqat mahsulotlarida bo&#8217;ladi. Kishining suvga bo&#8217;lgan ehtiyoji iqlim sharoitlariga va jismoniy ishning og&#8217;ir-yengilligiga bog&#8217;liq. Vitaminlar ratsionning juda muhim va o&#8217;rnini bosib bo&#8217;lmaydigan tarkibiy qismidir. Ular organizmning normal hayot faoliyatini ta&#8217;minlab turadi, boshqa oziq moddalarning o&#8217;zlashtirilishi jarayonida ishtirok etadi; organizmning tashqi muhitdagi turli zararli ta&#8217;sirotlarga ko&#8217;rsatadigan qarshiligini kuchaytiradi, odamning mehnat qobiliyatini oshiradi. Ratsionda tarkibi xilma-xil oziq-ovqat mahsulotlarining bo&#8217;lishi va ovqatning to&#8217;g&#8217;ri pishirilishi vitaminlarni saqlab qolishga imkon beradi. Og&#8217;ir jismoniy mehnatda, homiladorlik davrida, shimoliy rayonlarda yashaganda vitaminlarga talab kuchayadi. Bunda vitamin preparatlari iste&#8217;mol qilib turish zarur. Ovqatning hazm bo&#8217;lishi mahsulotlar turi va ovqatning nechog&#8217;li xilma-xil bo&#8217;lishiga bog&#8217;liq. Hayvon mahsulotlari yaxshi hazm bo&#8217;ladi, bunda oqsillarning o&#8217;zlashtirilishi alohida ahamiyatga ega. Non, yormalar, sabzavot va mevalar oqsillariga qaraganda go&#8217;sht, baliq, tuxum va sut mahsulotlarining oqsillari yaxshi o&#8217;zlashtiriladi. To&#8217;g&#8217;ri ovqatlanishning eng muhim omili ovqatning xilma-xil bo&#8217;lishidir. Bir xil ovqat ko&#8217;ngilga urib, yaxshi singmaydi. Ovqat go&#8217;sht, non va yormalardan iborat bo&#8217;lsa, tarkibidagi oqsillarning o&#8217;rtacha 75% o&#8217;zlashtiriladi, agar ovqatga sabzavotlar qo&#8217;shilsa, oqsillarning o&#8217;zlashtirilishi 85-90% ga etadi. Masalliqlar to&#8217;g&#8217;ri pishirib maydalanganda oziq moddalar yaxshi hazm bo&#8217;ladi. Ovqatlanish rejimi kuniga necha mahal va qancha vaqt oralatib ovqatlanish, sutkalik ratsion kaloriyalarining ovqatlanish mahallariga taqsimlanishidan iborat. Kuniga 4 mahal ovqatlanish maqsadga muvofiq, chunki bunda hazm yo&#8217;li bir maromda ishlaydi va hazm shiralarining kuchi raso bo&#8217;lib, ovqat batamom qayta ishlanadi. Doim bir vaqtda ovqatlanganda me&#8217;da shirasi birmuncha aktiv ajraladi. Ovqatning normal hazm bo&#8217;lishida uning issiq- sovuqligi ham muhim ahamiyatga ega. Keksa kishilar ovqati. 60 va undan katta yoshdagi kishilarda moddalar almashinuvi jarayoni birmuncha susayadi. Ularda o&#8217;rta yashar kishilardagiga qaraganda ovqat kaloriyalari va qabul qilinadigan oqsillar, yog&#8217;lar hamda uglevodlarga bo&#8217;lgan ehtiyojning o&#8217;zgarib qolishi ham ana shundan. Kishi qariganda sergo&#8217;sht sho&#8217;rvalar, qaylalarni (ovqat hazm qilish, yurak-tomir, siydik ajratish sistemalari ishi uchun qulay sharoit yaratish hamda suv-tuz almashinuvini normallashtirish maqsadida), tarkibida xolesterin ko&#8217;p masalliklar (tuxum sarig&#8217;i, miya, jigar va boshqalar) hamda qiyin eriydigan yog&#8217;lar (qo&#8217;y yog&#8217;i va boshqalar)ni kam iste&#8217;mol qilishi yoki ovqatga ishlatmasligi kerak. Zarur miqdordagi hayvon oqsillari va yog&#8217;larni ko&#8217;proq sut mahsulotlari hisobiga olib turish mumkin. Sabzavot va mevalarni xomligicha yeb turish foydali. Osh tuzi miqdorini ham cheklash zarur. Qariganda ovqatlanish rejimini keskin o&#8217;zgartirmay, o&#8217;z vaqtida ovqat eb turish muhim. Ovqatni pishirishga ham e&#8217;tibor berish lozim. Qovurilgan, dudlangan, tuzlangan va sirkalangan taomlarni kam iste&#8217;mol qilish tavsiya etiladi. Homilador ayol va emizikli ona ovqati. Homiladorlik oqsillar, qisman yog&#8217;lar, kaltsiy, fosforga bo&#8217;lgan ehtiyoj ortadi. Homilador ayol bajarayotgan ishining xarakteriga va vazniga qarab sutkasiga 100\u2014 120 gramm, asosan, oson singadigan va to&#8217;la qimmatli oqsil qabul qilishi, shuning, taxminan 65 gramm hayvon oqsili bo&#8217;lishi, sut, tvorog, pishloq, baliq, go&#8217;sht (go&#8217;shtning yog&#8217;siz xilini qaynatib pi-shirilgan holda) iste&#8217;mol qilish lozim. Har kuni sut ichib turish homilador ayol organizmini zarur miqdordagi oqsil, kaltsiy va fosfor bilan ta&#8217;minlab boradi. Homilador ayol ovkati vitaminlarga ham boy bo&#8217;lishi kerak. Ular organizmi ko&#8217;proq temir moddasiga muhtoj bo&#8217;ladi. Jigar, tuxum sarig&#8217;i, osh-ko&#8217;klar, mevalar temirga ayniqsa boy. Homiladorlik davrida osh tuzini or-tiqcha iste&#8217;mol qilmaslik, semirishga moyil ayollar esa yog&#8217;, uglevodlarni kamroq iste&#8217;mol qilishi zarur. Emizikli ona homiladorlik davridagiga qaraganda birmuncha ko&#8217;proq ovqat yeyishi, ichiladigan sut miqdorini oshirish, tuxum, sariyog&#8217;, pishloq, sabzavot, mevalarni ko&#8217;proq yeb turishi lozim. Shifobaxsh-profilaktik ovqatlar. Ko&#8217;pgina korxona va muassasalarda shifobaxsh-profilaktik ovkatlar berish joriy etilgan. Ovkatlanishning bu usuli organizmni mustahkamlaydi, tashqi muhitning noxush omillariga bo&#8217;lgan qarshiligini oshiradi, moddalar almashinuvi normallashadi, sistemalar funktsiyasi yaxshilanadi; ishlab chiqarishdagi zararli chiqindilarning me&#8217;da-ichaklarda so&#8217;rilishi kamayadi, ularning organizmdan chiqib ketishi kuchayadi v hokazolar. Ana shu maqsadlarni ko&#8217;zda tutib maxsus ratsion tuzilgan. Shifobaxsh-profilaktik ovqatlar ishlab chiqarish korxonalarining oshxonalarida yoki ma&#8217;muriyat bilan kelishib, maxsus parhez taomlar oshxonalarida tayyorlanadi. Shahobiddin Bahriddinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ovqatlanish \u2014 organizmning hayot faoliyatini ta&#8217;minlash, salomatlik va ish qobiliyatini saqlab turish uchun zarur oziq moddalarni o&#8217;zlashtirish jarayoni. Kishi rejim bilan to&#8217;g&#8217;ri ovqatlansa, kasalliklarga kamroq chalinib, ularni oson engadi. To&#8217;g&#8217;ri &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ovqatlanish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-109721","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109721","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109721"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109721\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109731,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109721\/revisions\/109731"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109721"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109721"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109721"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}