{"id":109950,"date":"2023-10-05T10:31:19","date_gmt":"2023-10-05T07:31:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109950"},"modified":"2023-10-05T10:31:22","modified_gmt":"2023-10-05T07:31:22","slug":"odessa-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/odessa-viloyati\/","title":{"rendered":"Odessa viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Odessa viloyati \u2014 Ukrainadagi viloyat. 1932 yil 27 Fevralda tashkil etilgan. Ukrainaning Janubi-g&#8217;arbida joylashgan. Maydoni 33,3 ming km2. Aholisi 2566,8 ming kishi (1997), asosan Ukrainlar, shuningdek, rus, bolgar, moldavan, yaxudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 26 tumanga bo&#8217;lingan; 14 shahar, 26 shaharcha bor. Markazi \u2014 Odessa shahri. Odessa viloyatining katta qismi qora dengiz bo&#8217;yi pasttekisligida joylashgan. Viloyat shimoliy qismida Podoliya qirlarining etaklari bor. Foydali qazilmalari: granit, gneys, ohaktosh. Iqlimi mo&#8217;tadil kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi Janubda -2\u00b0, shimolda -5\u00b0, iyulniki shimoli-g&#8217;arbida 2G, Janubda 23\u00b0. Yillik yog&#8217;in 350-470 mm. Vegetatsiya davri 168-200 kun. Daryolari Kara dengiz havzasiga mansub. Asosiy Daryolari: Dunay, Dnestr (kuchurgan irmog&#8217;i bilan), Kodima va Savranka (Janubiy Bugning o&#8217;ng irmog&#8217;i). Dunay daryosining deltasi va Dnestr daryosining Ko&#8217;lob yerlari botqoqlangan. Yozda qurib qoladigan kichik daryo ham ko&#8217;p. Viloyatning yirik daryolari kema qatnovida, sug&#8217;orishda va gidro- energiya olishda katta xo&#8217;jalik ahamiyatiga ega. Dengiz sohiliga yaqin joylarda chuchuk va sho&#8217;r suvli ko&#8217;l ko&#8217;p. Tuprog&#8217;i, asosan, qoratuproq. Viloyat shimolda o&#8217;rmon (dub, qora qayin, shumtol, jo&#8217;ka) saqlanib qolgan. 25 ming gektardan ortiq o&#8217;rmon ihota daraxtzorlari bor. Kemiruvchilardan malla tovushqon, olaxurjun, yumronqoziq, qo&#8217;shoyoq, qushlardan qiron qora uchraydi. Daryolari baliqqa boy. Ondatra, qirg&#8217;ovul iqlimlashtirilgan. Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik. Qishloq xo\u2019jalik mashinalari (asosan, pluglar), programma bilan boshqariladigan stanoklar, texnologik va boshqa tarozilar, o&#8217;ziyurar va ko&#8217;tarma kranlar, kino va elektrotexnika apparaturasi, sovitkichlar, kimyo va poligrafiya sanoatlari uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Odessa, Izmail, Kiliyada kema ta&#8217;mirlash zavodlari bor. Oziq-ovqat sanoatida yalpi sanoat mahsulotining 60% dan ortig&#8217;ini Odessa beradi. Yengil sanoat korxonalari (to&#8217;qimachilik, jut, movut, ko&#8217;n, poyabzal, tikuvchilik va boshqalar), aksari Odessa, Tatarbunari, Balta, Belgorod-dnestrovskiy, Bolgrad shaharlarida joylashgan. Qurilish materiallari sanoatida temir-beton buyumlar, tsement, g&#8217;isht, cherepitsa, ruberoid, devor plitalari, ohak va hokazolar ishlab chiqariladi. Kimyo sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyoda ishlaydi va super-fosfat, linoleum, bo&#8217;yok,, plastmassa, polietilen plyonkalar ishlab chiqariladi. Tsellyuloza-qog&#8217;oz, qurilish materiallari sanoati ham rivojlangan. Qishloq xo\u2019jalik yalpi mahsulotining 61,8% dehqonchilikdan, 38,2% chorvachilikdan olinadi. Qishloq xo\u2019jaligida g&#8217;allachilik va sut-go&#8217;sht chorvachiligi yetakchi o&#8217;rinda. Tokchilik va bog&#8217;dorchilik ham rivojlangan. G&#8217;alladan tashqari texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot va poliz, yem-xashak ekinlari ekiladi. Qoramol, cho&#8217;chqa, ko&#8217;y va echki, parranda boqiladi. Temir yo&#8217;l uzunligi 1039 kilometr, avtomobil yo&#8217;llari 8,7 ming kilometr. Dunay daryosida yuk tashiladi. Aeroport bor. Odessa viloyati hududidan Shebelinka \u2014 Odessa magistral gaz quvurining bir qismi o&#8217;tadi. 16 oliy o&#8217;quv yurti, 8 ilmiy tadqiqot instituti, Odessa astronomiya rasadxonasi va boshqa ilmiy muassasalar bor. Ommaviy kutubxonalar, 7 muzey, 6 teatr, klublar mavjud. Telestudiya faoliyat ko&#8217;rsatadi. Odessa viloyati hududida balneologik, balchiq bilan davolaydigan va iqlimiy kurortlar joylashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Odessa viloyati \u2014 Ukrainadagi viloyat. 1932 yil 27 Fevralda tashkil etilgan. Ukrainaning Janubi-g&#8217;arbida joylashgan. Maydoni 33,3 ming km2. Aholisi 2566,8 ming kishi (1997), asosan Ukrainlar, shuningdek, rus, bolgar, moldavan, yaxudiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/odessa-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-109950","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109950","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109950"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109950\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":109956,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109950\/revisions\/109956"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109950"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109950"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109950"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}