{"id":109995,"date":"2023-10-05T14:46:18","date_gmt":"2023-10-05T11:46:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=109995"},"modified":"2023-10-05T14:46:21","modified_gmt":"2023-10-05T11:46:21","slug":"oqilovlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oqilovlar\/","title":{"rendered":"Oqilovlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Oqilovlar \u2014 20-asr O&#8217;zbekiston raqs san&#8217;atiga ulkan hissa qo&#8217;shgan san&#8217;atkorlar oilasi. Sulola boshlig&#8217;i raqqos, baletmeyster, o&#8217;zbek sahna raqsi asoschilaridan, O&#8217;zbekiston xalq artisti (1964) Isoxor Oqilov (1914.14.7, Samarqand \u2014 1988.25.9, Toshkent) \u2014 Samarqanddagi Musiqa va xoreografiya institutida (1928\u2014 29), o&#8217;zbek davlat musiqali teatri studiyasida (1929-32) ta&#8217;lim olgan. Katta teatrda malakasini oshirgan (1953 \u2014 54). 1932-36 yillar tojik va yahudiylar musiqali teatri (Samarqand, Buxoro) da, 1936 yildan M. Qoriyoqubov nomidagi o&#8217;zbek davlat filarmoniyasida ishlagan. &#8220;Charxi do&#8217;zon&#8221;, &#8220;katta uyin&#8221;, &#8220;Lazgi&#8221;, &#8220;Yakkaqars&#8221;, &#8220;ohangi Ko&#8217;histon&#8221; kabi raqslarni mahorat bilan ijro etgan. An&#8217;anaviy-mumtoz (&#8220;Sevgi taronasi&#8221;, &#8220;Munojot&#8221;, &#8220;tantana&#8221;, &#8220;Buxoro yulduzi&#8221; kabi), zamonaviy (&#8220;tong malikasi&#8221;, &#8220;Uch guzal&#8221;, &#8220;Shodiyona&#8221; va boshqalar) raqslarni sahnalashtirgan. &#8220;Shodlik&#8221;, &#8220;Guzal&#8221; ansambllarini tashkil etgan. Buxoro mumtoz raqsi an&#8217;analari, professional o&#8217;zbek raqsining rivoj topishida uning xizmatlari alohida. Ko&#8217;pgina filmlarga (&#8220;Maftuningman&#8221;, &#8220;amirlikning yemirilishi&#8221; va boshqalar) baletmeysterlik qilgan. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). G. Izmaylova, K Mirkarimova, H. Komilova, K. Yusupova, G. Mavaeva, D. Jabborova, Q. Do&#8217;stmuhamedova, M. Ahmedova, Q. Mo&#8217;minov va boshqalar uning shogirdlaridir. Isoxor Oqilovning rafiqasi O&#8217;zbekiston xalq artisti (1970) Margarita Oqilova (1920.20.1, Samarkand) \u2014 raqqosa. 1932-35 yillar Dushanbadagi Loxutiy nomidagi Davlat musiqali teatrida ishlab, shu teatr studiyasini tamomlagan. 1935-36 yillarda Samarqanddagi tojik va yahudiylar musiqali teatrida yakkaxon. 1936-60 yillarda o&#8217;zbek davlat filarmoniyasida ishlagan. &#8220;Zang o&#8217;yin&#8221;, &#8220;Guluzorim&#8221;, &#8220;Tanavor&#8221;, &#8220;dilxiroj&#8221;, &#8220;Buxorocha raqs&#8221; kabi raqslarni ijro etgan. 1960-89 yillar Toshkent to&#8217;qimachilar saroyi qoshidagi xalq raqs ansamblida Badiiy rahbar. Viloyat Oqilova (1937.12.10, Samarqand) \u2014 raqqosa, baletmeyster. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1989). Oqilovlar qizi. 1958-94 yillar filarmoniyada raqqosa, baletmeyster, 1994-96 yillar &#8220;Turkiston&#8221; saroyida, 1996 yildan O&#8217;zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma&#8217;rifiy aloqalar jamiyatida baletmeyster. &#8220;Zang&#8221;, &#8220;Larzon&#8221;, &#8220;Shodlik&#8221;, &#8220;Xorazm lazgisi&#8221;, &#8220;tojik go&#8217;zali&#8221;, &#8220;Pomir raqsi&#8221;, &#8220;Afg&#8217;oncha&#8221;, &#8220;Dilrabo&#8221;, &#8220;Shodiyona&#8221; kabi bir qancha raqslarni ko&#8217;tarinkilik, jo&#8217;shqinlik bilan ijro etgan. Baletmeyster sifatida &#8220;Chorzarb&#8221;, &#8220;Samandariy&#8221;, &#8220;Buxoro to&#8217;lqini&#8221;, &#8220;Tanavor 2&#8221;, &#8220;Afg&#8217;oncha&#8221;, &#8220;Tojikcha&#8221;, &#8220;surnay lazgisi&#8221; kabi raqslarni sahnalashtirgan. Raqqosa ijodi lirik jo&#8217;shqinligi, nafis, ravon ijrosi, oyoq, qo&#8217;l, bosh va tana harakatlarining umumiy ohangga bo&#8217;ysunishi, sho&#8217;xchanligi, plastik ifodaviylikning kuchliligi bilan ajralib turadi. &#8220;Zarafshon&#8221; ansamblining tashkilotchilaridan. R. Sultonova, F. Solihova, R. Abdulxayirova, N. Olimova, E. Norboyeva, X. Ixtiyorovalarga ustozlik qilgan. &#8220;El-yurt hurmati&#8221; ordeni bilan mukofotlangan (1998). Zulayho Oqilova (1945.12.3, Toshkent \u2014 2000.30.9, Moskva) \u2014 raqqosa, baletmeyster. Oqilovlar qizi. Navoiy teatrida M. Levievning &#8220;Suhayl va mehri&#8221;, D&#8217;Falyaning &#8220;Sevgi-sehrgar&#8221; baletlarini sahnalashtirgan. &#8220;Sharq miniatyuralari&#8221; (rejissyor L. Fayziyev) filmiga ham baletmeysterlik qilgan. Bir qancha o&#8217;zbek (&#8220;chexra&#8221;, &#8220;baliq va Baliqchi&#8221;, &#8220;tinchlikni asrang!&#8221;) va jahon xalqlari raqslarini mohirona ijro etgan. Lola Oqilova (1957.10.6, Toshkent) \u2014 raqqosa. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1990). Oqilovlar qizi. &#8220;Paripari&#8221;, &#8220;Tojik go&#8217;zali&#8221;, &#8220;baxt qushi&#8221;, &#8220;Farg&#8217;onacha&#8221;, &#8220;Xorazmcha&#8221;, &#8220;uchrashuv&#8221;, &#8220;larzon&#8221; va boshqa raqslari bilan tanilgan. Oqilovlarga bag&#8217;ishlangan &#8220;Oqilovlar raqsga tushadi&#8221; (&#8220;charxu du zonu&#8221;) va &#8220;quvonch&#8221; (rejissyor A. Yoqubov, 1980) filmlari suratga olingan. Gavhar Oqilova (1949.27.4, Toshkent) \u2014 dirijyor, Oqilovlar qizi. Yusuf Oqilov (1963.28.2, Toshkent) \u2014 kompozitor. Oqilovlar o&#8217;g&#8217;li. Mohina Ashirova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oqilovlar \u2014 20-asr O&#8217;zbekiston raqs san&#8217;atiga ulkan hissa qo&#8217;shgan san&#8217;atkorlar oilasi. Sulola boshlig&#8217;i raqqos, baletmeyster, o&#8217;zbek sahna raqsi asoschilaridan, O&#8217;zbekiston xalq artisti (1964) Isoxor Oqilov (1914.14.7, Samarqand \u2014 1988.25.9, Toshkent) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oqilovlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-109995","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109995","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=109995"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109995\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110001,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/109995\/revisions\/110001"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=109995"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=109995"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=109995"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}