{"id":110005,"date":"2023-10-05T14:47:56","date_gmt":"2023-10-05T11:47:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110005"},"modified":"2023-10-05T14:48:00","modified_gmt":"2023-10-05T11:48:00","slug":"oqtoba-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oqtoba-viloyati\/","title":{"rendered":"Oqto&#8217;ba viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Oqto&#8217;ba viloyati (1992 yilgacha Aktyubinsk viloyati) \u2014 Qozog&#8217;iston Respublikasidagi viloyat. 1932 yil 10 martda tashkil etilgan. Respublikaning g&#8217;arbiy qismida. Maydoni 300,6 ming km2. Aholisi 718,9 ming kishi (1999), asosan, qozoqlar, shuningdek, rus, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 54%. Oqto&#8217;ba viloyatida 13 ma&#8217;muriy tuman, 7 shahar, 4 shaharcha bor. Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Oqto&#8217;ba shahri. Oqto&#8217;ba viloyati g&#8217;arbda Kaspiybo&#8217;yi pasttekisligi, Janubda Ustyurt platosi, Janubi-Sharqda Turon pasttekisligi va shimolda Ural tog&#8217;larining Janub tarmoqlari oralig&#8217;ida. Viloyatning katta qismi tekislik (balandligi 100-200 metr); o&#8217;rta qismida Mug&#8217;ojar tog&#8217;lari (eng baland joyi 657 metr), g&#8217;arbiy qismida Ural yoni platosi, Janubi-Sharqda Orolbo&#8217;yi Qoraqumi, katta va kichik Bo&#8217;rsiq qumlari, shimoli-Sharqda To&#8217;rg&#8217;ay platosi bor. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, qishi esa sovuq. Yozda tez-tez garmsel va to&#8217;zon, qishda esa qor bo&#8217;ronlari bo&#8217;lib turadi. Oqto&#8217;ba viloyati shimoli-g&#8217;arbida iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 22,5\u00b0, Janubi-sharqida 25\u00b0, yanvarda shimoli-g&#8217;arbida -16\u00b0 va Janubi-sharqida -15,5\u00b0. Yiliga shimoli-g&#8217;arbida 300 mm ga yaqin, markazi va Janubda 125-200 mm yog&#8217;in yog&#8217;adi. Vegetatsiya davri shimoli-g&#8217;arbida 175 kun, Janubi- sharqida 190 kungacha. Daryolari Kaspiy dengizi va kichikroq ko&#8217;llarga quyiladi. Yirik daryolari \u2014 Emba, Uralning irmoklaridan \u2014 o&#8217;r, Ilek, shuningdek, Irg&#8217;iz, Uil, To&#8217;rg&#8217;ay va Sag&#8217;iz. Aksari daryolari kam-suv, yozda qurib qoladi. 150 ga yaqin, asosan, sho&#8217;r ko&#8217;llar bor. Viloyatning shimoli-g&#8217;arbida qoratuproq va kashtan tuproqlar, o&#8217;rta va shimoli-sharqida och kashtan va bo&#8217;z tuproqlar tarqalgan. Janubda sho&#8217;rxoklar ham uchraydi. Viloyatning shimoli-g&#8217;arbida xilma-xil dasht o&#8217;simliklari, Janubda esa chala cho&#8217;l va cho&#8217;l o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Yumronqoziq, qo&#8217;shoyoq, sichqon kabi kemiruvchilar ko&#8217;p. Yirtqich hayvonlardan bo&#8217;ri, qarsak tulki bor, jayran va sayg&#8217;oq saqlanib qolgan. Oqto&#8217;ba viloyatida yirik sanoat (asosan, konchilik, kimyo, mashinasozlik va qishloq xo\u2019jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi) va qishloq xo\u2019jalik (lalmikor dehqonchilik hamda yaylov qo&#8217;ychiligi) rivojlangan. Viloyat energetikasi asosan Qarag&#8217;anda ko&#8217;miriga asoslangan. Xromit, mis, nikel-kobalt rudalari, titan, oltin, shuningdek, fosforit (Oqto&#8217;ba fosforit havzasi), neft va tabiiy gaz boyliklari ko&#8217;p. Konchilik, kimyo, ferroqotishma va boshqa sanoat tarmoqlari rivojlangan. Konchilik sanoati korxonalari Mug&#8217;ojar tog&#8217;laridadir, viloyatning Markaziy va Janub qismida neft va gaz qazib olinadi. Oqto&#8217;ba shahrida ferroqotishma, xrom birikmalar, rentgen apparaturasi, qishloq xo\u2019jalik mashinasozligi, mexanika, avtomobil ta&#8217;mirlash zavodlari va yengil hamda oziq-ovqat sanoati korxonalari, kimyo kombinati bor. Yerning ko&#8217;p qismi yaylov va o&#8217;tloqlar. 1956-58 yillarda 1,6 million gektardan ortiq qo&#8217;riq va bo&#8217;z yerlar o&#8217;zlashtirilib, g&#8217;allachilik xo&#8217;jaliklari barpo etildi. G&#8217;alla, texnika ekinlari (asosan, kungaboqar), kartoshka, sabzavot va poliz, ozuqa ekinlari ekiladi. Qoramol, qo&#8217;y, echki, yilqi, tuya boqiladi. Viloyatning shimoli-g&#8217;arbida lalmikor g&#8217;allachilik (bahorgi bug&#8217;doy, arpa, tariq), go&#8217;sht-sut chorvachiligi, cho&#8217;chqachilik va parrandachilik rivojlangan. Viloyatning qurg&#8217;oqchil hududida yaylov chorvachiligi (go&#8217;sht-yog&#8217; va go&#8217;sht-jun) va dehqonchilik bilan shug&#8217;ullaniladi. Shalqar ko&#8217;lida baliq ovlanadi. Temir yo\u2019l uzunligi 1140 kilometr. Asosiy temir yo\u2019llari: Orenburg\u2014Oqto&#8217;ba\u2014 Toshkent va Aterov \u2014 Qandag&#8217;ach \u2014 Orsk. Havo yo&#8217;llari orolini Moskva, Olmaota va viloyatning boshqa tumanlari bilan bog&#8217;lab turadi. Oqto&#8217;ba viloyatidan Aterov \u2014 Orsk neft quvuri o&#8217;tadi. Oqto&#8217;ba viloyatida pedagogika va tibbiyot institutlari, kutubxonalar bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oqto&#8217;ba viloyati (1992 yilgacha Aktyubinsk viloyati) \u2014 Qozog&#8217;iston Respublikasidagi viloyat. 1932 yil 10 martda tashkil etilgan. Respublikaning g&#8217;arbiy qismida. Maydoni 300,6 ming km2. Aholisi 718,9 ming kishi (1999), asosan, qozoqlar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oqtoba-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110005","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110005","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110005"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110005\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110011,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110005\/revisions\/110011"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110005"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110005"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110005"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}