{"id":110094,"date":"2023-10-06T09:06:19","date_gmt":"2023-10-06T06:06:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110094"},"modified":"2023-10-06T09:06:23","modified_gmt":"2023-10-06T06:06:23","slug":"osteoxondroz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osteoxondroz\/","title":{"rendered":"Osteoxondroz"},"content":{"rendered":"\n<p>Osteoxondroz (osteo&#8230; va Yunoncha chondros \u2014 Tog&#8217;ay) \u2014 umurtqalarni birlashtiruvchi Tog&#8217;ay-pay qismining degenerativ trofik va funktsional o&#8217;zgarishi natijasida kelib chikadigan kasallik. Odatda, umurtqa pog&#8217;onasining bo&#8217;yindan yoki beldan pastki, ko&#8217;krakdan yuqori qismlari zararlanadi. Moddalar almashinuvining buzilishi, turli shikastlanishlar, og&#8217;ir zo&#8217;riqishlar va boshqa sabab bo&#8217;lishi mumkin. Umurtqa pog&#8217;onasining faoliyati funktsional jihatdan faqat bog&#8217;lovchi Tog&#8217;ay-pay apparatlariga emas, balki ushlab turuvchi tana va umurtqa muskullari, qon hamda nerv tomirlari, orqa miya pardalariga ham bog&#8217;liq. Umurtqaning egiluvchanligi, elastikligi, harakatchanligi, jismoniy zo&#8217;riqishlarga chidamliligini umurtqalararo disklar ta&#8217;minlaydi. Bu diskni qoplab turgan Tog&#8217;ay va pay elementlari umurtqalarni bir-biriga bog&#8217;lab turadi va bir butun umurtqa ustunini hosil qiladi. Disk va uning atrofidagi pay-Tog&#8217;ay bog&#8217;lovchi elementlardagi o&#8217;zgarishlarga revmatizm, shikastlanishlar, immunitetning susayishi va irsiy omillar sabab bo&#8217;lishi mumkin. Osteoxondroz ko&#8217;proq bo&#8217;yin va bel disklarida uchraydi. Diskda kuzatiladigan degenerativ o&#8217;zgarishlar asosida murakkab biokimyoviy jarayonlar yotadi. Turli shikastlanishlar ta&#8217;sirida diskning asosiy moddasi depolimerizatsiyaga uchrab, hujayralarni jarohatlaydi va o&#8217;zgartiradi. Natijada asosiy modda nordon mukopolisaxaridlarning ko&#8217;payishiga olib keladi, u esa diskning Tog&#8217;ay va pay to&#8217;qimalarini asta-sekin yumshatib, fibroz halqalarda yoriqchalar hosil qiladi va diskning germetik holatini buzadi, distrofik va degenerativ jarayonlar rivojlanadi. Osteoxondroz 2 bosqichda o&#8217;tadi: 1) xondroz davri. Bunda umurtqalararo disk yadrosini o&#8217;rab turgan bog&#8217;lovchi fibroz halqa va boshqa elementlarda o&#8217;zgarish boshlanadi, lekin disk og&#8217;riqni sezmaganligi uchun bu davrda bemorda klinik belgilar kuzatilmaydi; 2) Osteoxondroz davri. Bunda boshlangan degenerativ o&#8217;zgarishlar disk va umurtqaning suyak qismiga o&#8217;tadi, chegaralangan &#8220;berkituvchi&#8221; plastinkalar yirtilib, germetikligi yo&#8217;qoladi; qon tomirlar va nerv tolalari disk ichiga o&#8217;tib, og&#8217;riq beradi. Distrofik jarayon disk atrofidagi umurtqa bo&#8217;g&#8217;imlarida, kalta-uzun paylarda ham rivojlana boradi va umurtqalar orasini toraytirib qo&#8217;yadi, umurtqa &#8220;o&#8217;tirib&#8221; qoladi. Kasallik belgilari degenerativ diskning joylashishiga bog&#8217;liq. Agar bo&#8217;yin sohasida bo&#8217;lsa, shu sohaga aloqador a&#8217;zolar faoliyatida o&#8217;zgarishlar, kasalliklar va sindromlar kuzatiladi. Bo&#8217;yin ostexondrozi ekstrakranial (tashqi nerv ildizlari sindromlari), intrakranial (ichki va tashqi shikastlanishlar, qon yetishmovchiligi), vertebral (vertebral yetishmovchilik) xillari bor. Ko&#8217;krak qismidagi Osteoxondroz belgilari, asosan, nerv ildizlarining sindromlari bilan ifodalanadi. Bel umurtqasi osteoxondrozi ko&#8217;proq uchraydi, chunki kishi biror bir meh-nat qilganda ma&#8217;lum bir jismoniy kuch talab etadi va bu o&#8217;z-o&#8217;zidan belni zo&#8217;riqtiradi. Bel Osteoxondrozining quyidagi turlari ajratiladi: 1) ildizli \u2014 reflektor sindrom (lyumbago, ishias va boshqalar); 2) umurtqa disk churrasi, unda turli kompression mielopatiyalar kuzatiladi; 3) disk atrofidagi ildiz qon tomir va bo&#8217;g&#8217;imlar bilan birga kuzatiladigan sindromlar; 4) chanoq suyaklari paylari va dumg&#8217;aza bilan birga uchraydigan sindromlar (sakroileit, sakralizatsiya, koktsigodiniya). Osteoxondrozning barcha xilida og&#8217;riq bo&#8217;ladi, bu kasallikning qaysi bosqichda ekanligiga bog&#8217;liq. Davo, asosan, konservativ, og&#8217;riq qoldiruvchi dorilar buyuriladi. Osteoxondrozning disk churrasi stabil falajni keltirib chiqarsa, operasiya qilinadi. Gulchehra Dadaxonova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Osteoxondroz (osteo&#8230; va Yunoncha chondros \u2014 Tog&#8217;ay) \u2014 umurtqalarni birlashtiruvchi Tog&#8217;ay-pay qismining degenerativ trofik va funktsional o&#8217;zgarishi natijasida kelib chikadigan kasallik. Odatda, umurtqa pog&#8217;onasining bo&#8217;yindan yoki beldan pastki, ko&#8217;krakdan yuqori &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osteoxondroz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110094","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110094","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110094"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110094\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110104,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110094\/revisions\/110104"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110094"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110094"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110094"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}