{"id":110139,"date":"2023-10-06T09:12:00","date_gmt":"2023-10-06T06:12:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110139"},"modified":"2023-10-06T09:12:07","modified_gmt":"2023-10-06T06:12:07","slug":"oqsaroy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oqsaroy\/","title":{"rendered":"Oqsaroy"},"content":{"rendered":"\n<p>Oqsaroy \u2014 Shahrisabzdagi me&#8217;moriy yodgorlik (1380-1404). Amir Temur qurdirgan. Shaharning shimoliy- sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Bir zamonlar muhtasham, xashamatli bo&#8217;lgan bu saroyning bizgacha yemirilib, xaroba holga kelgan ulkan peshtog&#8217;i, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. Oqsaroyning hozirgi ko&#8217;rinishi ham salobatli va go&#8217;zaldir. Bu salobatlilik va go&#8217;zallikka g&#8217;ishtlarning yaxlit bo&#8217;lib ko&#8217;rinishini ta&#8217;minlash \u2014 old va shimol devor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravog&#8217;ining eni 22,5 metr, balandligi 40 metr, umumiy balandligi 50 metrdan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan. Oqsaroyning avvalgi holati to&#8217;g&#8217;risida faqat yozma manbalarga qarab fikr yuritish mumkin. 20 yil davomida qurilgan bu bino to&#8217;g&#8217;risida Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha ma&#8217;lumot beradi: &#8220;Temur ishga yaroqli bo&#8217;lganlarning hammasini Xorazmdan Movarounnahrga ko&#8217;chirish uchun buyruq berdi&#8230; Xorazmlik ustalar baland va salobatli saroy qurishdi, hozir u Oqsaroy nomi bilan mashhur&#8221;. Kpavixo saroyni ko&#8217;zdan kechirganda (1404, 29 avgust) u hamon qurib bitkazilmagan, ba&#8217;zi joylarining koshinli naqshlari tugallanmagan edi. Shunga qaramay, juda hayratlanganligini, uning nihoyatda go&#8217;zalligini yozadi. Saroy qurilishida xorazmlik ustalar qatori, mahalliy va boshqa davlatlardan kelgan ustalar ham qatnashgan. Peshtog&#8217;idagi yozuvlar orasida eronlik Muhammad Yusuf Tabriziy nomi 2 marta takrorlangan. Yozma manbalarga ko&#8217;ra, Oqsaroy turar joy va jamoat binosi sifatida qurilib, xonalar hovli atrofida joylashgan. Bobur ma&#8217;lumotlariga ko&#8217;ra, hovli o&#8217;rtasida hovuz, to&#8217;rida gumbazli katta xona \u2014 devonxona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona, hashamatli ravoqli bostirmalar, ichki tomonida Haram va amirning xonasi joylashgan. Devonxona peshtog&#8217;ida Arslon va quyosh tasviri va Temur davlatining 3 halqa shaklidagi nishoni bo&#8217;lgan. Gumbaz ichi va yonlariga, burchaklardagi minoralarga koshin-g&#8217;ishtlardan qalqon shaklidagi girih naqshlar ishlangan. Bu naqshlar silliqlangan g&#8217;isht va Feruza rangli sirkor parchindan yozilgan kufiy xatlar zamini yo&#8217;g&#8217;on ko&#8217;k belboqqa o&#8217;xshash mujassamotni tashkil etgan. Oqsaroy devorlaridagi ranglar jilosi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi, kufiy, suls yozuvlari, koshinkori bezaklar, islimiy, girih naqshlarning o&#8217;zaro uyg&#8217;unligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bag&#8217;ishlagan. Ranglarning oy yorug&#8217;ida jilolanib- oqarib ko&#8217;rinishidan bino Oqsaroy deb nomlangan. Saroyning o&#8217;ziga xos xususiyatlaridan biri \u2014 tom tepasiga ishlangan hrvuzdir. Hovuzga suv Taxtaqoracha dovonidan qo&#8217;rg&#8217;oshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib pastga tushirilgan. 1707 yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon Oqsaroy peshtog&#8217;i ostida toj kiyib, taxtga o&#8217;tirganligi peshtoqning o&#8217;sha paytda butun ekanligidan darak beradi. 1973\u2014 75 yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994\u2014 96 yillarda konservasiya ishlari olib borilgan. Ad.: Mankovskaya L. Yu., Qashqadaryo vohasining arxitektura yodgorliklari, T., 1979.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oqsaroy \u2014 Shahrisabzdagi me&#8217;moriy yodgorlik (1380-1404). Amir Temur qurdirgan. Shaharning shimoliy- sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Bir zamonlar muhtasham, xashamatli bo&#8217;lgan bu saroyning bizgacha yemirilib, xaroba holga kelgan ulkan peshtog&#8217;i, ikki &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oqsaroy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110139","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110139","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110139"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110139\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110150,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110139\/revisions\/110150"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110139"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110139"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110139"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}