{"id":110140,"date":"2023-10-06T09:12:02","date_gmt":"2023-10-06T06:12:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110140"},"modified":"2023-10-06T09:12:08","modified_gmt":"2023-10-06T06:12:08","slug":"oqsil-kasalligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oqsil-kasalligi\/","title":{"rendered":"Oqsil kasalligi"},"content":{"rendered":"\n<p>Oqsil kasalligi, oqsim, yashchur \u2014 asosan, juft tuyoqli hayvonlarda shiddatli o&#8217;tadigan yuqumli kasallik. Hayvonlarning og&#8217;iz-burun, tuyoq va elin terisi epiteliylarida pufakchalar hosil bo&#8217;ladi. Oqsil kasalligi odamlarga ham yuqishi mumkin. Kasallangan hayvonlar suti kamayadi, ozib ketadi, bola tashlaydi: 50\u2014 70% o&#8217;ladi. Oqsil kasalligi Osiyo va Afrika mamlakatlarida ko&#8217;p uchraydi. Qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi \u2014 filtrlanuvchi virus; u 1897 yil Leffler va Frosh tomonidan aniqlangan. Hozirgi vaqtda immunologik xossalariga ko&#8217;ra, 7 xili va ko&#8217;pgina variantlari aniqdangan. O. xili \u2014 13, S xili \u2014 5, SAT-1\u20147, CAT-2 xili \u2014 3, SAT-3 xili -4 va Osiyo -1 xili esa 2 variantda mavjud. Viruslar tashqi muhit ta&#8217;siriga chidamli, ajralib tushgan teri epiteliylarida 67 kun, axlat va siydikda 39 kun, muzlagan go&#8217;shtda 680 kun, ko&#8217;lmak suvda 103 kun o&#8217;z xususiyatini saqlaydi. Sovuq uncha ta&#8217;sir qilmaydi, yuqori haroratda tez o&#8217;ladi, o&#8217;yuvchi ishqor va formaldegid kuchli ta&#8217;sir etadi. Kasallik hayvondan og&#8217;iz, jarohatlangan teri va shilimshiq pardalar orqali yuqadi hamda 2-3 oylik buzoqlar, qo&#8217;zilar va cho&#8217;chqa bolalarida, ko&#8217;pincha, og&#8217;ir, epizootik yoki panzootik ko&#8217;rinishda o&#8217;tadi. Virus organizmga tushib, teri epiteliysida rivojlanadi va shu joyni yallig&#8217;lantiradi; keyinchalik qonga o&#8217;tib, septisemiya avj oladi. Kasallikning tipik va xavfli (atipik) ko&#8217;rinishlari bor. Tipik ko&#8217;rinishda so&#8217;lak ajralishi kuchayadi, kavsh qaytarish susayadi va tana harorati 40,5\u201441,5\u00b0gacha ko&#8217;tariladi. Kasallikning 2-3 kuni og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;ining shilimshiq pardalarida, tuyoq oralig&#8217;i va elin terisi epiteliysida pufakchalar vujudga keladi. Keyinchalik ular yorilib, eroziyalar paydo bo&#8217;ladi, hayvon oqsaydi, tuyog&#8217;i tushishi mumkin. Mastitlar, endometritlar rivojlanadi. Yosh buzoqlarda shiddatli gastroenterit paydo bo&#8217;lib, ko&#8217;pincha, o&#8217;lim bilan tugaydi. Xavfli ko&#8217;rinish, ko&#8217;pincha, tipik ko&#8217;rinishning davomi bo&#8217;lib, tuzala boshlashning 7-10-kunida birdaniga hayvon holati og&#8217;irlashadi, yurak falaji natijasida 20-50% hayvon o&#8217;ladi. Kurash choralari: og&#8217;iz jarohatlari kaliy permanganat, furasillin eritmalari bilan chayib turiladi. Tuyoq jarohatlari formalin eritmasi, yod nastoykasi yoki kaliy permanganat-streptosid aralashmasi, elin jarohatlari esa antiseptik mazlar bilan davolanadi. Oldini olish: karantin e&#8217;lon qilinadi, faol va passiv immunizatsiya tashkil etiladi, kasal hayvonlar sog&#8217;lomlaridan ajratib davolanadi. Molxonalar har kuni dezinfektsiya qilinadi. Dezinfektsiya uchun 1% formaldegid eritmasi tavsiya etiladi. Go&#8217;ng biotermik yo&#8217;l bilan zararsizlantiriladi. Shunday hayvonlarning go&#8217;sht va sut mahsulotlarini qaynatib iste&#8217;mol qilish mumkin. Odamlar Oqsil kasalligi bilan juda kam kasallanadi. Ularga Oqsil kasalligi kasal hayvonlar orqali, xom sut iste&#8217;mol qilganda yuqishi mumkin. Muhsin Hasanov, Ermuhammad Toshpo&#8217;latov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oqsil kasalligi, oqsim, yashchur \u2014 asosan, juft tuyoqli hayvonlarda shiddatli o&#8217;tadigan yuqumli kasallik. Hayvonlarning og&#8217;iz-burun, tuyoq va elin terisi epiteliylarida pufakchalar hosil bo&#8217;ladi. Oqsil kasalligi odamlarga ham yuqishi mumkin. Kasallangan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oqsil-kasalligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110140","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110140","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110140"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110140\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110151,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110140\/revisions\/110151"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110140"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110140"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110140"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}