{"id":110165,"date":"2023-10-06T09:58:03","date_gmt":"2023-10-06T06:58:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110165"},"modified":"2023-10-06T09:58:06","modified_gmt":"2023-10-06T06:58:06","slug":"orol-dengizi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orol-dengizi\/","title":{"rendered":"Orol dengizi"},"content":{"rendered":"\n<p>Orol dengizi \u2014 O&#8217;rta Osiyodagi eng katta berk sho&#8217;r ko&#8217;l. Ma&#8217;muriy jihatdan Orol dengizining yarmidan ko&#8217;proq Janubiy-g&#8217;arbiy qismi O&#8217;zbekiston (Qoraqalpog&#8217;iston), shimoliy-Sharqiy qismi Qozog&#8217;iston hududida joylashgan. O&#8217;tgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan o&#8217;rtacha 68,0 ming km2 ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda to&#8217;rtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi yuqori ko&#8217;l va Afrikadagi Viktoriya ko&#8217;lidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi o&#8217;rinda edi. Dengiz shimoli-sharqdan Janubi-g&#8217;arbga cho&#8217;zilgan, uzunligi 428 kilometr, eng keng joyi 235 kilometr (45\u00b0 sh.k.) bo&#8217;lgan. Havzasining maydoni 690 ming km2, suvining hajmi 1000 km3, o&#8217;rtacha chuqurligi 16,5 metr atrofida o&#8217;zgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori pliosenda Yer po&#8217;stining egilgan yeridagi botiqda hosil bo&#8217;lgan. Tubining relefi (g&#8217;arbiy qismini qisobga olmaganda) tekis. Orol dengizida juda ko&#8217;p yarim Orol va qo&#8217;ltiqlar bo&#8217;lgan. Shimoliy qirg&#8217;oqlarida eng katta qo&#8217;ltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichig&#8217;anoq, Perovskiy, Janubiy-Sharqiy va Sharqiy qirg&#8217;oqlarida Tushbas, Ash-shibas, Oqsag&#8217;a, suluv va boshqalar, Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qo&#8217;ltiqlari, Qulonli va Mo&#8217;ynoq yirik yarim orollari bo&#8217;lgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh ko&#8217;tarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda Sariqamish va O&#8217;zbo&#8217;y orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland bo&#8217;lib, Janubiy va janubiy-sharqidagi bir necha ming km2 maydonli sohil suv ostida bo&#8217;lgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari g&#8217;arbiy qismida. Qoraqalpog&#8217;iston Ustyurta yonida chuqurligi 69 metrgacha yetgan. Ko&#8217;lning sayoz joylari uning Janub, Janubi-Sharqiy va Sharqiy qismlariga to&#8217;g&#8217;ri kelgan. Orol dengizi qirg&#8217;oklarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan ba&#8217;zi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shimol qirg&#8217;og&#8217;i baland, ayrim yerlari past, chuqur qo&#8217;ltiqlar bor. Sharqiy qirg&#8217;og&#8217;i past; qumli, juda ko&#8217;p mayda qo&#8217;ltiq va orollar bo&#8217;lgan. Janubiy qirg&#8217;og&#8217;i Amudaryo deltasidan hosil bo&#8217;lgan. G&#8217;arbiy qirg&#8217;og&#8217;i kam qirqilgan va Ustyurt chinkidan iborat. Orol dengizida 300 dan ortiq Orol bo&#8217;lgan. Ularning 80% dengizning Janubiy-Sharqiy qismida. Eng kattalari Ko&#8217;korol (273 km2), Vozrojdenie (216 km2) va Borsakelmas (133 km2) edi. Dengizga Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi. 60-yillargacha yiliga Amudaryo Orol dengiziga 38,6 km3, Sirdaryo esa 14,5 km3 suv olib borgan. Suv balansida yog&#8217;inlar ham muhim o&#8217;rin egallagan. Dengiz akvatoriyasiga yiliga 82-176 mm yog&#8217;in yog&#8217;adi. Atrofdan dengizga yiliga 5,5 km3 yer osti suvlari qo&#8217;shilib turgan. Dengiz cho&#8217;l zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 metr qalinlikdagi suv bug&#8217;lanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yog&#8217;in va yer osti suvlaridan ortiqdir. Shuning uchun iqlimiy o&#8217;zgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sathi yillar davomida o&#8217;zgarib turgan. Masalan, 1785 yildan dengizda suv sathi ko&#8217;tarila boshlagan bo&#8217;lsa, 1825 yildan pasaygan, 1835-50 yillarda yana ko&#8217;tarilgan, 1862 yil kamaygan. Ko&#8217;korol 1880 yilda yarim orolga aylanib qolgan. 1881 yil suv sathi pasaygan. 1885 yildan Orol dengizida suv sathi yana ko&#8217;tarila boshlagan. 1899 yilga kelib Ko&#8217;korol yarim oroli Orol bo&#8217;lib qolgan. 1919 yil dengiz maydoni 67300 km2, suv miqdori 1087 km3 bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa, 1935 yilga kelib maydoni 69670 km2, suvning miqdori 1153 km3 ga ko&#8217;paydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha o&#8217;zgargan. Orol dengizida suv sathining yil davomida o&#8217;zgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bog&#8217;liq. Bahorgi yomg&#8217;irdan ham dengiz sathi ko&#8217;tariladi. Suvi sathining yil davomida o&#8217;zgarish amplitudasi urtacha 25 santimetrga teng bo&#8217;lgan. Suvining sho&#8217;rligi o&#8217;rtacha 10\u2014 11 %&#8221;. Suvdagi tuzlarning ko&#8217;p qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy tarkibiga ko&#8217;ra, suvi Kaspiy dengizi suviga o&#8217;xshash. Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz 11 milliard tonnaga yaqin deb baholangan. Bu tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dengiz suvi, ayniqsa, Markaziy qismida juda tiniq. Suvi, xususan, qishda tiniq bo&#8217;ladi. Yoz oylarida ham 24 metr chuqurlikkacha dengizning tubi ko&#8217;rinadi. Suvining rangi ko&#8217;pgina qismida ko&#8217;k, qirg&#8217;oqlariga yaqini ko&#8217;kimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dekabr o&#8217;rtalaridan mart oxirigacha muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi temperaturasi 27\u00b0 ga yetadi. Chuqurlik ortishi bilan temperatura tez pasayadi. Yozda 1 metr chuqurlikda temperatura 8\u00b0ga o&#8217;zgaradi. Dengiz ustida havoning o\u2019rtacha temperaturasi yozda 24-26\u00b0, qishda -7\u00b0, \u2014 13,5\u00b0. Orol dengizi sazan, cho&#8217;rtan, so&#8217;v&#8217;yan, sudak, Oqchavoq, laqqa, Taran (leshch), pilmay Orol dengizining kosmosdan olingan surati (2002 yil). Dengizda navigasiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Mo&#8217;ynoqkabi yirik portlari faoliyat ko&#8217;rsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam bo&#8217;lgan. Aholi, asosan, baliqchilik bilan va, qisman, chorvachilik, ondatra urchitish va sabzavot-polizchilik bilan shug&#8217;ullangan. O&#8217;tgan asrning 90-yillarigacha dengizdan baliq ovlangan. Aralsk va Mo&#8217;ynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida ko&#8217;p sonli baliq ovlash xo&#8217;jaliklari faoliyat ko&#8217;rsatgan, Amudaryo deltasida, Avan posyolkasida (Ko&#8217;korol oroli), Bugun posyolkasida (Sharqiy sohil), uyali va Uzunqir orollarida baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan. Orol dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848-49 yillarda tadqiq etgan va xaritaga tushirgan. Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan bog&#8217;liqligidan, bu ikki daryo suvi sug\u2019orishga qancha ko&#8217;p sarflansa, dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, o&#8217;tgan asrning 60-yillaridan sug&#8217;oriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi natijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildan-yilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi jadal sur&#8217;atlarda pasaya boshladi. Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sig&#8217;imiga ta&#8217;siri Orol dengizida suv sathining pasayishi suv balansi elementlarining qiymatlariga ham keskin ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi: 1911-60 yillarda dengiz sathi o&#8217;rtacha 53,04 metrni tashkil etib (Boltik, sistemasida), daryolar dengizga quyadigan suv miqdori 56 km3, dengiz yuzasiga yog&#8217;gan atmosfera yog&#8217;inlari miqdori esa 9,1 km3 ga teng bo&#8217;lgan. Sarflanish, ya&#8217;ni chiqim esa, asosan, bug&#8217;lanishdan iborat bo&#8217;lib, shu davrda o&#8217;rtacha 66,1 km3 ni tashkil etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili 1 km3 dan, 1911-60 yillar davomida 50 km3 hajmdagi suvni yo&#8217;qotgan. Hozirgi kunda Orol dengizi 3 bo&#8217;lakka bo&#8217;lingan: birinchisi \u2014 kichik va sayoz shimol qismi (sho&#8217;rligi \u2014 8\u201413g\/l); ikkinchisi \u2014 nisbatan kattaroq maydonga ega bo&#8217;lgan va sayoz Sharqiy qismi (sho&#8217;rligi \u2014 69\u2014 72 g\/l); uchinchisi \u2014 eng chuqur hisoblangan g&#8217;arbiy qismi (sho&#8217;rligi \u2014 68-69 g\/l). Ad.: Berg L. S, Aralskoe more, SPb,1908; Shuls V. L., Mashrapov R., O&#8217;rta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969; Rafikov A. A.,Tetyu Yan G. F., Snijenie urovnya Aralskogo morya i izmenenie prirodnix usloviy nizovev Amudari , T., 1981; Glazove kiy A. F., Aralskiy krizis, M., 1990; Akramov 3., Rafikov A. A., Proshloe, nastoyatshee i budutshee Aralskogo morya, T., 1990; Xikmatov B. F., Izuchenie dinamiki elementov vodnogo balansa i mineralizasii Aralskogo-morya, dissertasiya na soiskanie akademicheskoy stepeni magistra gidrologii, T., 2003. Fazliddin Hikmatov Dauletboy Aytboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Orol dengizi \u2014 O&#8217;rta Osiyodagi eng katta berk sho&#8217;r ko&#8217;l. Ma&#8217;muriy jihatdan Orol dengizining yarmidan ko&#8217;proq Janubiy-g&#8217;arbiy qismi O&#8217;zbekiston (Qoraqalpog&#8217;iston), shimoliy-Sharqiy qismi Qozog&#8217;iston hududida joylashgan. O&#8217;tgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orol-dengizi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110165","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110165","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110165"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110165\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110166,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110165\/revisions\/110166"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110165"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110165"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110165"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}