{"id":110241,"date":"2023-10-06T14:12:04","date_gmt":"2023-10-06T11:12:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110241"},"modified":"2023-10-06T14:12:08","modified_gmt":"2023-10-06T11:12:08","slug":"otliq-askarlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/otliq-askarlar\/","title":{"rendered":"Otliq askarlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Otliq askarlar \u2014 qadimgi dunyo mamlakatlarida vujudga kelgan qo&#8217;shin turi. Otliq askarlar paydo bo&#8217;lgunga qadar Misr, Xitoy, Hindiston va hokazolar yurtlarda otlar qo&#8217;shilgan 2 g&#8217;ildirakli jang aravalaridan foydalanilgan. Otliq askarlar alohida qo&#8217;shin turi sifatida ilk bor miloddan avvalgi 9-a.srda Ossuriya armiyasi tarkibida tashkil etiladi va so&#8217;ngra boshqa quldorlik davlatlariga tarqaladi. Miloddan avvalgi 6-asrdan e&#8217;tiboran Axomaniylar armiyasida Otliq askarlar qo&#8217;shinning asosiy turi bo&#8217;lib, qilich va nayza bilan qurollangan og&#8217;ir Otliq askarlar hamda kamon va o&#8217;q bilan ta&#8217;minlangan yengil Otliq askarlar mavjud bo&#8217;lgan. O&#8217;rta Osiyoda Otliq askarlar miloddan avvalgi 1-ming yillik 1-yarmidan mavjud bo&#8217;lib, saklar, massagetlar, sug&#8217;diylar, xorazmiylar qushinining asosini tashkil qilgan. Parfiya Otliq askarlari ham deyarli shunday qurilishga va qurollanishga ega bo&#8217;lgan. Yunon davlatlarida (Sparta, Afina) Otliq askarlarning mikdori ancha kamsonli edi. Miloddan avvalgi 4-asr 1-yarmida Fiva sarkardasi Epaminond birinchi bo&#8217;lib Otliq askarlarni piyoda askarlar bilan hamkorlikda jangga solgan. Miloddan avvalgi 4-asr 2-yarmida Makedoniyada muntazam Otliq askarlar yuzaga keladi va mustaqil qo&#8217;shin turi sanaladi. Aleksandr armiyasida Otliq askarlar yaxshi tayyorgarlik ko&#8217;rgan, jang maydonida erkin harakat qilish qobiliyatiga ega bo&#8217;lgan Zarbdor kuch tarzida og&#8217;ir, o&#8217;rta va yengil turlarga bo&#8217;lingan. Qadimgi Rim armiyasida Otliq askarlar qo&#8217;shimcha qo&#8217;shin turi hisoblangan. G&#8217;arbiy Yevropada 11 \u201412-asrlarda armiyaning asosiy Zarbdor qismini ritsarlardan tuzilgan Otliq askarlar tashkil qilgan. Suvoriy risar qilich, og&#8217;ir nayza, qalqon, dubulg&#8217;a va zirh bilan qurollangan. 12-asrning 2-yarmidan jangovar otlar ham maxsus zirh bilan ta&#8217;minlangan. Qadimgi Rus davlati (9-10-asrlar) qo&#8217;shinida Knyaz drujinalaridan tashkil qilingan Otliq askarlarning soni piyoda askarlarga nisbatan ancha kam bo&#8217;lgan. Turk-mo&#8217;g&#8217;ul davlatlari armiyasining asosini tashkil etuvchi Otliq askarlar o&#8217;zining tashkiliy hamda jangovar qobiliyati bilan alohida ajralib turgan. Hunlar davrida Otliq askarlarning soni 240 mingtaga yetgan. Turkiylar tomonidan jahon harbiy san&#8217;ati tarixida birinchi bo&#8217;lib suvoriylar safining joriy qilinishi (har bir otliq askar orasidagi masofa 20 metr, jangovar qatorlar soni 10 ta) otliq qo&#8217;shinning dushman ustidan to&#8217;la ustunligini ta&#8217;minlagan. Turk xokonligining (6-8-asrlar) sovutli muntazam Otliq askarlari nafaqat tekislikda, shuningdek, tog&#8217;lik hududlarda ham muvaffaqiyatli xarakat qilish qobiliyatiga ega bo&#8217;lib, ko&#8217;p vaqtlar davomida unga teng keladigan raqib topilmagan. Nayza bilan jang qilish san&#8217;atini mohirona egallagan turk otliqlari xitoylik piyoda nayzabozlar va Eronlik otliq o&#8217;qchilar (kamonkashlar) bilan bo&#8217;lgan muhorabalarda, aksar hollarda, zafar qozongan. Turk suvoriysi ko&#8217;krak qismida dumaloq qalqoni bo&#8217;lgan zirh bilan ta&#8217;minlangan, boshiga temir dubulg&#8217;a kiygan, qilich, shoxsimon yoy, to&#8217;qmoq va nayza bilan qurollangan. Og&#8217;ir qurolli Otliq askarlar zodagon hamda tajribali jangchilardan tashkil etilgan jangda hal qiluvchi rol o&#8217;ynagan. Tobe yurtlarning askarlaridan tuzilgan yengil Otliq askarlar, asosan, razvedka hamda ayg&#8217;oqchilik vazifalarini bajargan. Zarur paytlardagina jangga kirgan. Chingiziylar armiyasida yengil qurolli Otliq askarlarning mavqei baland bo&#8217;lgan. Mo&#8217;g&#8217;ul jangchilari otda yurish, kamon, qilich va arqon bilan muomala qilish san&#8217;atini mukammal egallagan. Ular janggohda ustalik bilan manyovr-harakat qilgan, soxta chekinish, pistirma qo&#8217;yish san&#8217;ati kabi taktik amaliyotlarni muntazam qo&#8217;llagan. Amir Temur armiyasining Zarbdor qismini yengil va og&#8217;ir qurollar bilan qurollangan Otliq askarlar tashkil etgan. Dubulg&#8217;a, sovut, qilich, yoy, sadoq, qalqon va nayza bilan ta&#8217;minlangan og&#8217;ir qurolli suvoriylar Sera jangchilardan tuzilgan, g&#8217;animning asosiy zarbasiga qarshi turgan, jang natijasi shularga bog&#8217;liq bo&#8217;lgan. Yoy, sadoq va qilich bilan qurollangan yengil Otliq askarlar, asosan, soqchilik va razvedkaga mo&#8217;ljallangan. O&#8217;ta zarur chog&#8217;dagina yov bilan jang qilish huquqiga ega bo&#8217;lgan. Yevropa mamlakatlari armiyasida o&#8217;t sochish qurolining rivojlanishi (14-asr) hamda piyodalar rolining oshib borishi bois (15-asr) Otliq askarlarning mavqei sekin kamaya boradi. 20-asrning 50-yillari o&#8217;rtalarida ommaviy qirg&#8217;in qurollarining rivojlanishi va armiyalarning to&#8217;liq motorlashtirilishi tufayli Otliq askarlar qo&#8217;shin turi sifatida barham topdi. Ad.h Dadaboev H., Amir Temurning harbiy mahorati, T., 1996. Hamiduma Dadaboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Otliq askarlar \u2014 qadimgi dunyo mamlakatlarida vujudga kelgan qo&#8217;shin turi. Otliq askarlar paydo bo&#8217;lgunga qadar Misr, Xitoy, Hindiston va hokazolar yurtlarda otlar qo&#8217;shilgan 2 g&#8217;ildirakli jang aravalaridan foydalanilgan. Otliq askarlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/otliq-askarlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110241","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110241","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110241"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110241\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110258,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110241\/revisions\/110258"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110241"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110241"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110241"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}