{"id":110268,"date":"2023-10-06T16:06:48","date_gmt":"2023-10-06T13:06:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110268"},"modified":"2023-10-06T16:06:51","modified_gmt":"2023-10-06T13:06:51","slug":"oripov-abdulla","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oripov-abdulla\/","title":{"rendered":"Oripov Abdulla"},"content":{"rendered":"\n<p>Oripov Abdulla (1941.21.3 \u2014 Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko&#8217;z qishlog&#8217;i) \u2014 shoir va jamoat arbobi. O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1990). O&#8217;zbekiston Qahramoni (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). &#8220;Yosh gvardiya&#8221; (1963\u2014 69), G&#8217;afur G&#8217;ulom nomidagi adabiyot va san&#8217;at nashriyotlarida muharrir (1969-74), &#8220;Sharq yulduzi&#8221; jurnalida adabiy xodim, bo&#8217;lim mudiri (1974-76), O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1976-82), mas&#8217;ul kotib (1985-88), Toshkent viloyat bo&#8217;limida mas&#8217;ul kotib (1982-83), &#8220;gulxan&#8221; jurnalida muharrir (1983-85), 1996 yildan O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, ayni vaqtda, O&#8217;zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi (1989 yildan). Oripovning &#8220;tilla baliqcha&#8221;, &#8220;men nechun sevaman O&#8217;zbekistonni&#8221; singari dastlabki she&#8217;rlari talabalik yillarida yozilgan va o&#8217;zbek she&#8217;riyatiga yangi, iste&#8217;dodli, o&#8217;ziga xos ovozga ega shoirning kirib kelayotganidan darak bergan. Ko&#8217;p o\u2019tmay, &#8220;mitti yulduz&#8221; (1965) ilk she&#8217;rlar to&#8217;plamining nashr etilishi she&#8217;riyat muxlislarida paydo bo&#8217;lgan shu dastlabki tasavvurning to&#8217;g&#8217;ri ekanligini tasdiqlagan. Shundan keyin shoirning &#8220;Ko&#8217;zlarim yo&#8217;lingda&#8221; (1966), &#8220;onajon&#8221; (1969), &#8220;Ruhim&#8221;, &#8220;O&#8217;zbekiston&#8221; (1971), &#8220;Xotirot&#8221;, &#8220;Yurtim shamoli&#8221; (1974), &#8220;yuzma-yuz&#8221;, &#8220;hayrat&#8221; (1979), &#8220;Najot qal&#8217;asi&#8221; (1981), &#8220;yillar armoni&#8221; (1983), &#8220;haj daftari&#8221;, &#8220;munojot&#8221; (1992), &#8220;Saylanma&#8221; (1996), &#8220;dunyo&#8221; (1999), &#8220;shoir yuragi&#8221; (2003) singari she&#8217;riy kitoblari nashr etilgan. Oripov o&#8217;zbek she&#8217;riyatiga o&#8217;tgan asrning 60-yillarida sobiq sovet jamiyatida esa boshlagan yangi shabadaning elchisi sifatida kirib keldi. U dastlabki she&#8217;rlaridan boshlab milliy she&#8217;riyatda yangi poetik tafakkurning qaror topishi yo&#8217;lida ijod qildi; turmushda paydo bo&#8217;la boshlagan yangicha karashlar, kishilarning ruhiy olamidagi yevrilishlar, fikr va xatti-harakat erkinligiga bo&#8217;lgan ehtiyoj Oripov she&#8217;rlarining g&#8217;oyaviy mundarijasini belgilab berdi. Oripovning dastlabki she&#8217;rlaridagi romantik kayfiyat asta-sekin o&#8217;z o&#8217;rnini falsafiy mushohadalarga bo&#8217;shatib, shoirning hayotda ro&#8217;y berayotgan voqea va qodisalarga munosabati faol tus oldi. Shu ma&#8217;noda &#8220;tilla baliqcha&#8221;, &#8220;Qo&#8217;riqxona&#8221;, &#8220;Genetika&#8221;, &#8220;Olomonga&#8221; kabi she&#8217;rlar Oripovning lirik she&#8217;riyat ufqlarini hayot muammolari tasviri hisobiga kengaytirib borayotganidan darak berdi. Xuddi shu narsa Oripovning doston janriga murojaat etishi va liro-epik tasvir imkoniyatlaridan samarali foydalanishiga sababchi bo&#8217;ldi. Oripov &#8220;Jannatga yo&#8217;l&#8221; (1978), &#8220;Hakim va ajal&#8221; (1980), &#8220;Ranjkom&#8221; (1988) kabi dostonlarida ma&#8217;naviyat masalalariga alohida e&#8217;tibor berib, kishilarning ruhiy olamidagi ayrim qusurlar bilan ilmiy-texnik taraqqiyot va tafakkurning parvozi o&#8217;rtasidagi ziddiyatni ochib tashladi. Umuman, Oripovning she&#8217;r va dostonlarida olg&#8217;a surilgan ma&#8217;naviy muammolar mustaqillik davrida, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etib, shoirning xuddi shu masalalar tasvirida o&#8217;z davriga nisbatan (ularning aksari 90-yillarga qadar yozilgan) ilg&#8217;orlab ketganini namoyish etdi. Oripov ijodida, bir tomondan, G&#8217;afur G&#8217;ulom lirikasiga xos falsafiylik ko&#8217;zga tashlansa, ikkinchi tomondan, Hamid Olimjon she&#8217;rlariga xos musiqiy ravonlik va badiiy soddalik aks etib turadi. Mazkur 2 manba Oripov she&#8217;rlarida o&#8217;zaro tutashgan holda orifona she&#8217;riyatning asosiy xususiyatlarini ifodalab keladi. Oripovning so&#8217;nggi yillar lirikasida tuyg&#8217;u va kechinmalar tasviri susaymagan holda yana bir muhim fazilat bor. Bu, Oripov she&#8217;rlariga liro-epik tasvir unsurlarining ko&#8217;plab kirib kelishidir. Oripov mustaqillik yillarida adabiyotning rang-barang tur va janrlarida ijod eta boshladi. Shu davrda tarixiy adolatning tiklanishi, o&#8217;tmishda yashagan sarkardalar va allomalar xotirasining e&#8217;zozlanishi Oripovning Amir Temurning O&#8217;rta Osiyo xalkdari tarixiy taqdirida o&#8217;ynagan buyuk rolini ko&#8217;rsatuvchi &#8220;Sohibqiron&#8221; she&#8217;riy dramasini (1998) yozishga ilhomlantirdi. Oripov bu asarida qariyb uch asr davomida hukm surgan qudratli Temuriylar saltanatining asoschisi va 15-asrda Sharqda Uyg&#8217;onish davrining boshlanishiga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sharoit yaratgan Amir Temur obrazini yorqin gavdalantirib berdi. Mazkur asar respublikaning barcha yirik teatrlari va qardosh mamlakatlar sahnalarida katta muvaffaqiyat bilan o&#8217;ynaldi. Oripov \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matnini yozgan (1992). U Navro&#8217;z va Mustaqillik bayramlarini o&#8217;tkazish bo&#8217;yicha yozilgan stsenariylarning aksariyati muallifi. Oripov Yozuvchilar uyushmasi raisi sifatida O&#8217;zbekistondagi hozirgi adabiy jarayonga rahbarlik qilmoqda. She&#8217;riyati Muhammad Yusuf kabi ko&#8217;plab yosh shoirlar ijodining shakllanishiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Dante &#8220;ilohiy komediya&#8221;sining &#8220;Do&#8217;zax&#8221; qismini, A. S. Pushkin, N. A. Nekrasov, T. G. Shevchenko, L. Ukrainka, R. Hamzatov, Q. Quliev va M. Bayjiev asarlarini o&#8217;zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. O&#8217;z navbatida, uning asarlari ham rus, ingliz, bolgar, turk, ukrain, turkman, Ozarbayjon kabi ko&#8217;plab xorijiy tillarga tarjima qilingan. 1990 yildan O&#8217;zbekiston Oliy Kengashi, 1995 yildan O&#8217;zbekiston Oliy Majlisi deputati. Oripov Kaliforniya (AQSh) fan, ta&#8217;lim, sanoat va san&#8217;at xalqaro akademiyasining haqiqiy a&#8217;zosi. Soka universiteti (Yaponiya) professor &#8220;O&#8217;zbekiston milliy entsiklopediyasi&#8221; Bosh tahrir hay&#8217;ati a&#8217;zosi (1997 yildan). Xamza nomidagi (1983) hamda Alisher Navoiy nomidagi (1992) O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari laureati. As: tanlangan asarlar [4-j.li], T., 2001. Ad.: Qo&#8217;shjonov M., Meli S, Abdulla Oripov, T., 2000. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oripov Abdulla (1941.21.3 \u2014 Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko&#8217;z qishlog&#8217;i) \u2014 shoir va jamoat arbobi. O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1990). O&#8217;zbekiston Qahramoni (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). &#8220;Yosh gvardiya&#8221; (1963\u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oripov-abdulla\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110268","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110268","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110268"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110268\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110275,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110268\/revisions\/110275"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110268"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110268"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110268"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}