{"id":11027,"date":"2021-11-18T20:32:27","date_gmt":"2021-11-18T17:32:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11027"},"modified":"2025-10-29T12:44:12","modified_gmt":"2025-10-29T09:44:12","slug":"astronomik-soatlar-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/astronomik-soatlar-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ASTRONOMIK SOATLAR haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ASTRONOMIK SOATLAR &#8211; astronomik kuzatishlarda qo&#8217;llaniladigan aniq va xatosiz yuradigan soatlar. Vaqtni katta aniqlik bilan bilish astronometriyada va amaliy astronomiyaning bir necha bo&#8217;limlarida juda zarur hisoblanadi. Qadim zamonlardan to 15-asrgacha astronomiya va boshqa ehtiyojlar uchun quyosh, qum va suv soatlaridan foydalanib kelingan. Mexanizmli soat astronomiyada birinchi marta 1484 yilda qo&#8217;llanilgan. 1647 yilda Gyuygens (Gollandiya) mayatnikli soatlarni ixtiro qilgandan so&#8217;ng ular astronomiyaga ham joriy etildi. Bunday soatlardan 20-asr o&#8217;rtalarigacha astronomik rasadxonalarda foydalanib kelindi. Dengizda suzish va aviatsion astronomiyada mayatnikli soatlardan foydalanib bo&#8217;lmaslik xronometrii ixtiro etishga olib keldi. Uning aniqligi mayatnikli soatlarnikidan kam. Eng ko&#8217;p tarqalgan mayatnikli Astronomik soatlar &#8220;Rifler&#8221;, &#8220;Short&#8221;, &#8220;Etalon&#8221; soatlarini ko&#8217;rsatish mumkin. 20-asr 40-50-yillarida astronomiyada kvars soatlari va keyinroq atom soatlari qo&#8217;llanila boshlandi. Mayatnikli soatlarda tebranish davrining o&#8217;zgarmas bo&#8217;lishini mayatnik bajarsa, kvars soatlarida kvarsdan tayyorlangan plastinkaning pezoelektrik tebranishi, atom yoki molekulyar soatlarda esa atomlarning molekuladagi harakati (masalan, azot atomining ammiak molekulasidagi davriy tebranishi) boshqaradi. Atom soatlarining anikligi 10~9 \u2014 10~ sekund. Atom soatlarining 00 soat 00 minut 00 sekundi joylardagi har bir sutkaning boshlanishiga aniq mos tushishi shart. Bu masala osmonda oddindan tanlab olingan bir necha o&#8217;n yulduzning joylardagi meridiandan o&#8217;tish vaqtini maxsus passaj asbobi yordamida aniqlab hal etiladi. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida yuqorida nomlari keltirilgan soatlarning har qaysisidan bor. Ulardan &#8220;o&#8217;z vazifasini bajarib&#8221; bo&#8217;lganlarining noyoblari mazkur institutda tashkil etilgan muzeyda saqlanmoqda. Abdusalom Latipov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASTRONOMIK SOATLAR &#8211; astronomik kuzatishlarda qo&#8217;llaniladigan aniq va xatosiz yuradigan soatlar. Vaqtni katta aniqlik bilan bilish astronometriyada va amaliy astronomiyaning bir necha bo&#8217;limlarida juda zarur hisoblanadi. Qadim zamonlardan to 15-asrgacha &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/astronomik-soatlar-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11027","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11027","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11027"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11027\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162569,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11027\/revisions\/162569"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11027"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11027"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11027"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}