{"id":110326,"date":"2023-10-07T08:24:18","date_gmt":"2023-10-07T05:24:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110326"},"modified":"2023-10-07T08:24:22","modified_gmt":"2023-10-07T05:24:22","slug":"ovqatdan-zaharlanish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ovqatdan-zaharlanish\/","title":{"rendered":"Ovqatdan zaharlanish"},"content":{"rendered":"\n<p>Ovqatdan zaharlanish &#8211; mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari iste&#8217;mol qilinganda vujudga keladigan kasallik. Aksariyat birdan ko&#8217;pchilik kasallanadi, lekin bemorlardan sog&#8217;lom odamga yuqmaydi. Ko&#8217;pincha stafilokokklar, enterokokklar, ayrim ichak tayoqchalari, protey, tsitrobakter, iersiniya, klostridiya va boshqa mikroblar sabab bo&#8217;lishi mumkin. Quyidagi 2 holat Ovqatdan zaharlanish uchun umumiy hisoblanadi: 1) mikrob tushib ko&#8217;paygan ovqat mahsulotlarini iste&#8217;mol qilish oqibati; 2) bemor organizmiga mikrobning o&#8217;zi va uning toksini ta&#8217;siri. Ovqatdan zaharlanish yoz oylarida ko&#8217;p uchraydi. Kattalarga nisbatan bolalar, ayniqsa, 3 oylikdan 2 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalar ko&#8217;proq kasallanadi. Odam ko&#8217;proq urinib qolgan go&#8217;sht va uning mahsulotlari, sut mahsulotlari (ayniqsa, tort va pirojnoe), baliq, tovuq go&#8217;shtini iste&#8217;mol qilganda zaharlanishi mumkin. Stafilokokklar sabab bo&#8217;lgan hollarda infektsiya manbai odam hisoblanadi. Angina yoki turli yiringli kasalliklar: sachratqi, chipqon, hasmol va boshqa yiringli yaralar bo&#8217;lgan kishilardan mikrob tayyor mahsulotga o&#8217;tib, tez ko&#8217;payadi. Uni bilmay iste&#8217;mol qilgan kishi darhol zaharlanadi. Kasallikning yashirin davri 2-3 soatdan 3 kungacha. Kasallik to&#8217;satdan ko&#8217;ngil aynishi va qusish bilan boshlanadi, ich ketadi, qorinda tutash og&#8217;riq bo&#8217;ladi. Qisqa vaqt ichida bemor organizmi suvsizlanadi, u holsizlanib qoladi. Yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. Ayniqsa, klostridiyalar sababli ro&#8217;y beradigan zaharlanish og&#8217;ir kechadi. Kasallikka tashhis qo&#8217;yish uchun bemorning qusuq massasi, me&#8217;dani chayilgan suvi sterillangan bankaga yig&#8217;ilib laboratoriyaga yuboriladi. Zaharlanishga sababchi deb gumon qilingan ovqat mahsulotlari ham laboratoriyada tekshiriladi. Najasdan Myuller muhiti va tuzli eritmaga ekma olinadi. Tekshirishga olingan turli ekmalardan bir xil mikrob topilishi, o&#8217;sha kasallik sababchisi ekanidan dalolat beradi. Kasallikning 5-6-kunidan boshlab bemor qoni zardobi bilan ajratib olingan mikrob kulturasi aralashtirilib agglyusinatsiya reaktsiyasi qo&#8217;yiladi. Reaktsiyaning 1:40 nisbatda va undan yuqori suyultirishda ijobiy natija berishi ushbu mikrob kasallik sababchisi ekanidan darak beradi. Ovqatdan bo&#8217;ladigan toksikoinfektsiyalar va intoksikasiyalarni Ovqatdan zaharlanishdan farq qila bilish kerak. Davo kasallikning dastlabki alomatlari paydo bo&#8217;lganida tez yordam sifatida me&#8217;dani 2% li soda yoki nimrang kaliy permanganat eritmasi bilan chayish, ichakni tozalashdan iborat. Regidron, Bektit preparati eritmasini ichirib turish kasallik og&#8217;irlashishining oldini oladi. Og&#8217;irroq hollarda disol, atsesol, trisol kabi suklujklar tomir orqali tomchilab quyiladi. Zarurat bo&#8217;lganida yurak-tomir sistemasi faoliyatini yaxshilaydigan dorilar yuboriladi. Oziq-ovqat tayyorlash korxonalari xizmatchilari ish jarayonida shaxsiy gigiyenaga qat&#8217;iy rioya qilishlari, Emizikli onalar go&#8217;dakni emizishdan oldin qo&#8217;li va ko&#8217;kragini sovunlab yuvishi kerak. Yoz kunlari go&#8217;daklar uchun ovqat faqat bir marta iste&#8217;mol qilishga yetarli qilib tayyorlanishi lozim. Ovqatga ishlatiladigan idishlar avval yuvilib, so&#8217;ngra qaynatilishi, ustiga toza doka yopib qo&#8217;yilishi lozim. Ro&#8217;zg&#8217;orda ishlatiladigan tez buziladigan mahsulotlar sovitkichda saqlanishi shart. Oshpazlar sanepid-stantsiya xodimlari tomonidan belgilangan muddatlarda tibbiy ko&#8217;rik va laboratoriya tekshiruvidan o&#8217;tib turishlari kerak. Shonosir Shovahobov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ovqatdan zaharlanish &#8211; mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari iste&#8217;mol qilinganda vujudga keladigan kasallik. Aksariyat birdan ko&#8217;pchilik kasallanadi, lekin bemorlardan sog&#8217;lom odamga yuqmaydi. Ko&#8217;pincha stafilokokklar, enterokokklar, ayrim ichak tayoqchalari, protey, tsitrobakter, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ovqatdan-zaharlanish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110326","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110326","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110326"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110326\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110333,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110326\/revisions\/110333"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110326"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110326"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110326"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}