{"id":110330,"date":"2023-10-07T08:24:28","date_gmt":"2023-10-07T05:24:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110330"},"modified":"2023-10-07T08:24:34","modified_gmt":"2023-10-07T05:24:34","slug":"ob-havoni-oldindan-aytish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ob-havoni-oldindan-aytish\/","title":{"rendered":"Ob-havoni oldindan aytish"},"content":{"rendered":"\n<p>Ob-havoni oldindan aytish \u2014 atmosferada sodir bo&#8217;layotgan jarayonlar rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olgan qolda ob-havoning kelajakdagi holati (ob-havo prognozi) haqida ilmiy asosda ma&#8217;lumot berish. Ob-havoni oldindan aytish muddatlari: o&#8217;ta qisqa muddatli (12 soatgacha), qisqa muddatli (1-2 sutka), o&#8217;rta muddatli (3-10 kungacha), uzaytirilgan o&#8217;rta muddatli (1 oygacha), oy, fasl prognozlariga bo&#8217;linadi. Ob-havo prognozi alohida joy, hudud, trassa, viloyat va respublika hududi uchun berilishi mumkin. Ob-havoni oldindan aytishda umumiy va maxsus maqsadlar ko&#8217;zda tutiladi. Umumiy ob-havo prognozida eng muhim meteorologik elementlar (temperatura, bosim, budut, yogin, shamol), shuningdek, tuman, chang yoki qor bo&#8217;ronlari, momaqaldiroq, dovul, o&#8217;simliklarni sovuq urishi, qor ko&#8217;chkilari, yaxmalak va boshqa meteorologik hodisalarning kelajakdagi o&#8217;zgarishlari haqida ma&#8217;lumotlar beriladi. Xalq xo&#8217;jaligining turli sohalari: masalan, bulutlarning pastki va yuqori chegaralari, yer sirtida va yuqori balandliklarda shamol tezligi va yo&#8217;nalishi (aviatsiya uchun); yog&#8217;in miqdori, havo temperaturasi, o&#8217;simliklarni sovuq urishi, qurg&#8217;oqchilik va hokazolar (qishloq xo\u2019jalik uchun); qor bo&#8217;roni, kuchli jala, uzoqni ko&#8217;rish masofasi (temir yo\u2019l transporti uchun) va boshqalar uchun maxsus prognozlar ham tuziladi. Sutkali Ob-havoni oldindan aytish o&#8217;tgan asrning 60-yillarida boshlandi. 20-asrning 30-yillarida atmosferaning yuqori qatlamlarini sistematik o&#8217;rganishga imkon beradigan radiozondningyaratilishi (sobiq SSSR da), atmosferada jarayonlarining fizik qonuniyatlarini chuqur o&#8217;rganish Ob-havoni oldindan aytish usullarining takomillashishiga olib keldi. Ob-havoni oldindan aytish uchun kerakli ma&#8217;lumotlar meteorologik stansiyalardan sutka davomida bir necha marta telegraf yoki radio orqali olinadi. Ob-havo byurolarida yer uchun sinoptik xarita va yuqori qatlamlar uchun barik topografiya xaritalari va boshqalar tuziladi. Shular yordamida yer sharining katta hududida ob-havo holati taxlil qilinib, barik sistemalar, tsiklonlar, antisiklonlar hamda havo massalari, atmosfera frontlarining siljish tezligi va yo&#8217;nalishi aniqlanadi. Bu ma&#8217;lumotlar hamda joyning mahalliy xususiyatlari (yer yuzasi landshafti, orografiyasi va hokazolar) punkt, trassa yoki anik, bir rayon uchun Ob-havoni oldindan aytishga imkon yaratadi. Uzoq muddatli Ob-havoni oldindan aytish muammosi qisqa muddatli prognozga nisbatan ancha murakkab. Katta miqiyosdagi atmosfera jarayonlarining bir necha kundan bir necha oygacha davrdagi tsirkulyasiyasi o&#8217;rganilib, ularning almashinish qonuniyatlari va kelajakda qanday bo&#8217;lishi aniqlanadi. Oylik prognozda o&#8217;rtacha oylik temperatura va yog&#8217;inlar miqdorining ko&#8217;p yillik me&#8217;yordan qancha farq qilishi yoki ishorasi qanday bo&#8217;lishi haqida fikr yuritiladi va oy davomida bo&#8217;ladigan o&#8217;zgarishlar haqida axborot beriladi. O&#8217;rta Osiyo mamlakatlari uchun oylik Ob-havoni oldindan aytishni Toshkentdagi gidrometeorologiya markazi amalga oshiradi. Tohir Muxtorov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ob-havoni oldindan aytish \u2014 atmosferada sodir bo&#8217;layotgan jarayonlar rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olgan qolda ob-havoning kelajakdagi holati (ob-havo prognozi) haqida ilmiy asosda ma&#8217;lumot berish. Ob-havoni oldindan aytish muddatlari: o&#8217;ta qisqa muddatli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ob-havoni-oldindan-aytish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110330","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110330","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110330"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110330\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110338,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110330\/revisions\/110338"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110330"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110330"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110330"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}